Qudasi Muhammadali Abduqunduzov, aktyor


Download 430.55 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi430.55 Kb.
#1028726
Bog'liq
Usmon Azim


Usmon Azim, asl ism-sharifi Azimov Usmonqul (1950.13.8, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg . Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir oʻrinbosari (1976-1989), Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib
Usmon Azim, asl ism-sharifi Azimov Usmonqul — Oʻzbekiston xalq shoiri, dramaturg. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir oʻrinbosari, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib.
Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib (1989-1990). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant, Prezidentning Davlat maslahatchisi (1991-1994). 2003-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida adabiy hodim
Ijodi
Ilk kitobi — „Insonni tushunish“ (1979). Shundan soʻng shoirning „Holat“ (1979), „Oqibat“ (1980), „Koʻzgu“ (1983), „Surat parchalari“ (1985), „Dars“ (1985), „Ikkinchi aprel“ (1987), „Baxshiyona“ (1989), „Gʻaroyib ajdarho“ (1990), „Uygʻonish azobi“ (1991), „Gʻussa“ (1994), „Uzun tun“ (1994), „Bor ekanda, yoʻq ekan“ (1995), „Saylanma“ (1995), „Kuz“ (2001) kabi sheʼriy va „Jodu“ (2003) nasriy toʻplamlari nashr etilgan.
Sheʼrlari ingliz, fransuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin, eston, litva, tojik, qozoq va qirgʻiz tillarida nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlariga musiqa bastalangan.
Usmon Azim Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1982). „Doʻstlik“ ordeni (1998) bilan mukofotlangan.
Oilasi
Qudasi — Muhammadali Abduqunduzov, aktyor.
Qizi — Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot kotibi
Sen, bu kunlar o’tmaydi, dema,
Umr — mangu: ketmaydi, dema,
Parizodim, bu dunyo — sayyod.
Qismat bizga yetmaydi, dema,
Hijron vayron etmaydi, dema —
Sen ketgan kun tugaydi hayot.
Lablaringda sassiz aytar dod
Es-hushidan ayri tabassum…
Qara, qanday chiroyli bu kun —
Tumanlaru bulutdan ozod!
Xuddi so’nggi nafasday aytgum:
— Ketma! Ketsang, tugaydi hayot!
Seni
ko’rmoq uchun
telbavor yuribman
ko’ngil taraflarda.
Yo’llaringga
qarab
qovjirab turibman
ko’ngil taraflarda.
Tosh dunyolaringdan
sen qachon kelasan
ko’ngil taraflarga?
Ko’ngilsizim,
hech ishing tushmaydimi
ko’ngil taraflarga?
Qush nimadir dedi yaproqqa —
Barg tushundi, tushunmadim men.
Faqat ko’rdim — tani titroqda.
Sezdim: holi — zilziladan keng.
Bog’ nimadir dedi tuproqqa —
Muhim bir gap… Anglamoq mahol.
Unga soya tashlab turmoqqa
Yana ruxsat so’rar. Ehtimol.
Ko’shiq aytdi maysaga ariq,
Bulut toqqa nimadir dedi.
Bu suhbatlar mag’zini yorib,
Dardlarini tushunsam edi!
Ari gulga ochdi dilini,
Yel daraxtni quchoqlab suydi…
She’r, kel! Sensiz dunyo tilini
Bir lahzada unutib qo’ydim.
Yulduzlar
sen uchun porlar ehtimol.
Sen uchun ehtimol
bahorlar kelar.
Ehtimol bu dunyo sen uchun
yaralgan…
Anov, taqdir esa —
Faqat sen uchun.
Nega u
tashlandiq uy kabi g’arib?
Nechun
taqdiringda
yashamayapsan?
Uni
birovlarga
nechun topshirding
Download 430.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling