Quddus muhammadiy ijodini o’rganish mundarija: Kirish I – bob. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda quddus muhammadiy ijodining ahamiyati
Download 360.34 Kb.
|
К.Мухаммадий Мадина Абдухаликова
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, 2 ta bob, 4 ta qism, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I – BOB. SINFDAN TASHQARI MASHG’ULOTLARDA QUDDUS MUHAMMADIY IJODINING AHAMIYATI Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari Sinfdan tashqari o‘qish bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg‘otish, bog‘lanishli nutqni o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurlarni yuksaltirishga xizmat qiladi. Bolalar adabiyoti o‘quvchilarga jonajon o‘lka tabiatini, kishilarning mehnati, hayoti, ularning qilayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan qahramonliklari, bolalar hayotidan olingan voqelikni, bolalarning o‘yinlarini tushunishga o‘rgatadi. Ayni vaqtda tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Xalqimizning tarixi, uning urf odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari, barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda. Ertak o‘qigan bolalar qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo‘lishga intiladilar. Ertaklar yosh avlodni anashu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir. “Uch og‘ayni botirlar”, “Zumrad va Qimmat”, “Egri va To‘g‘ri” kabi bir qator ertaklar o‘quvchilarning sevimli ertaklaridir. O‘quvchilar bu ertaklardan kishi o‘z mehnatiga ishonib yashash kerakligigini, birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni o‘qituvchi yordamida tushinib yetadilar. O‘qituvchi bolalarning his-tuyg‘ularini o‘stiradigan kitoblarni o‘qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning go‘zal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, o‘tmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiradi. Ularda bilimga havas uyg‘otadi. 2-sinfda o‘quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o‘qituvchining yordami va topshirig‘i asosida mustaqil o‘qishga o‘tadilar. Ona-Vatan va ota-bobolar jasorati, o‘simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarini o‘qituvchi topib, tanlab o‘quvchilarga o‘qish uchun tavsiya qiladi. 3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari uchun kishilarninig hayoti yorqin tasvirlardan, ularning ma’naviy-ahloqiy turmush tazi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. Bu sinflarda o‘qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo‘lgan o‘quvchilar yoshiga mos kitoblarni to‘plashni davom ettiradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsagina, o‘quvchilarning dunyoqarashlarini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‘tadilar. Sinfdan tashqari o‘qish darslari, o‘qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish darslari boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan barcha predmet dasturlarining bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. O‘qish darslarida o‘tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o‘quvchini ijod qilishga undaydi. Boshlangʼich taʼlimda maʼnaviy-axloqiy tarbiya. Boshlangʼich taʼlimda bola hayotida yangi, qiziqarli va muhim davr boshlanadi. Chunki, bola maktabga kelgach yangi muhit, yangi tartib-qoida, yangi talablarga duch keladi. Bu davrda bolalar hali oʼyin faoliyatini toʼliq tark etmaganligini inobatga olib, oʼtiladigan dars mashgʼulotlarini qiziqarli qilib olib borish lozim. Bu davrga kelib bolaga tarbiyaviy taʼsir yoʼllari bir muncha aniq va tizimli ravishda boʼlib qoladi. Chunki endi xususan odobnoma darslari oʼtila boshlaydi, bundan tashqari boshqa fanlarda ham muntazam ravishda axloqiy tarbiya berib boriladi. Endi bolalar asta-sekin nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini, bunyodkorlik nima-yu, vayronkorlik nima, ijobiy va salbiy xislatlar qanday ekanligini, qanday fazilatlarga ega boʼlish lozim-u, qanday qusurlardan xoli boʼlish lozimligini anglay boshlaydilar. Bu davrda turli toʼgaraklarni uyushtirish ham oʼzining ijobiy natijalarini beradi. Bunda oʼqituvchining pedagogik mahorati, bilimi, umuman pedagogik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bola shaxsining kamol topishida doimiy ravishda muhitning taʼsiri sezilib turadi. Muhit – bu insonga taʼsir etuvchi tashqi voqeahodisalar yigʼindisi hisoblanadi. Shunday ekan, yuqoridagi uzluksiz tarbiya jarayonida muntazam ravishda tarbiyalanuvchida tashqi voqeahodisalar oʼzining ijobiy yoki salbiy taʼsirini oʼtkazib turadi. Buning uchun esa tarbiyalanuvchidagi oʼzgarishlarga ota-onalar va tarbiyachi, oʼqituvchilar doimiy ravishda eʼtiborli boʼlib, tashqi muhitning salbiy taʼsirini oldini olib, ijobiy taʼsirlarni rivojlantirishga harakat qilishi va erishishi lozim. Har bir sinfda sinfdan tashqari o‘qilgan barcha asarlarni o‘quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug‘at boyligini oshirishga yordam beradi. Shungdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o‘quvchilarning diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o‘sadi. Hatto sahnalashtirish o‘quvchini har tomonlama yo‘naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarda ilk tasavvurlarni o‘rgata boshlaydi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo‘min, Z.Diyor, A.Obidjon, Xudoyberdi To‘xtaboev kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muasssasi o‘quvchilar o‘rtasida turli mavzularda ijod ahli bo‘lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishlari kerak. Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo‘lishini, uni hurmat qilish, asrab-avaylashni o‘rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirish, yorqin obrazlar yaratish bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtradi. Ertaklar-yaxshilikka yetaklar deganlariday o‘quvchi ertaklar bilan tanishar ekan mard, jasur, vatanparvar, mehribon bo‘lishga, topishmoqlar o‘qir ekan, topog‘on, bilimdon, zukko bo‘lishga intiladi. Shu bilan bir qatorda sinfdan tashqari o‘qish darslarini samaradorligini o‘stirishda “Sinfdan tashqari o‘qish” burchagini yuritish juda katta ahamiyatga ega. “Sinfdan tashqari o‘qish” burchagi turlicha bezatilishi mumkin. Bu ishlar o‘quvchilarning mahoratiga va ijodkorligiga bog‘liqdir. “Sinfdan tashqari o‘qish burchagi” qanday bezatilmasin, u yerda topshiriq, rasm va shu kabilarni ishlab ilib qo‘yish uchun taxta yoki kitob javoni bo‘lishi shart. Darslar jarayonida o‘rgangan xalq maqollari, hikmatli so‘zlar, tez aytishlardan foydalanib o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantiish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga ega bo‘ladilar. Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. SHu jihatdan sinfdan tashqari o’qish (STO’) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga havasni orttiradi. STO’ning maqsadi o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. Bunday darslar 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o’tkazilib kelindi. Hozirgi dasturga ko’ra, bunday darslar 1-4-sinflarda 2 haftada bir marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi. Sinfdan tashqari o’qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi. O’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Sinfdan tashqari o’qish tanish bo’lmagan mualliflarning ham kitoblari muqovasi, titul varag’i, kirish so’zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o’qish darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi. Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, ularning bog’lanishli nutqini o’stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o’qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi. STO’ sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish STO’ uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’qigan asarni tushunishga o’rgatadi, lug’atni boyitadi. STO’ qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o’qish − hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir. Hozirgi paytda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sinfdan tashqari o’qishga mo’ljallangan “Kitobim-oftobim” nomli qo’llanmalar ham chop etilgan. Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari STO’ darslari o’quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o’qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o’qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo’linadi: 1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Unga darsning bir qismi − 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun “STO’ ma’lumoti” deb yuritiladi. 2. Boshlang’ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. 3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning o’qish malakalarni mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlari baholanadi. STO’ bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o’qib bersa, o’qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa, boshlang’ich bosqichda butun sinf o’quvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o’qishga topshirilishi, alьbomlar tayyorlanishi, kinofilm va diafilmlardan parchalar ko’rsatilishi, musiqiy daqiqalar o’tkazilish hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o’rash o’rgatiladi, “Ertaklar bayrami”, “Ifodali o’qish tanlovi”o’tkaziladi. Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo’lgan yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, ularning kitob hamda mustaqil o’qishni yaxshi ko’rishlariga erishish juda muhimdir. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari Metodikaning vazifalaridan biri STO’ uchun kitoblar tanlash, o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi: 1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi. 2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e’tiborga olinadi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar, asosan, hikoyalar, ertaklar, she’rlar, topishmoqlar, maqollarni o’qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi. 3. Kitobning o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi. 4. Kitob tanlashda o’quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o’qishi hisobga olinadi. 5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi. Umuman olganda, kitobni to’g’ri tanlash sinfdan tashqari o’qish muvaffaqiyatini ta’minlashning muhim shartidir. Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik qilish shakllari STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar shakllanadi. Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo’ladi. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi. SHularga qaramay, STO’ darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun ma’lum talablarga bo’ysunadi. Ular quyidagilardir: 1. Har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o’qigan va o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi o’zlari o’qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o’zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqpri vaqtda ham davom etishi mumkin). 2. Har bir darsda o’qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatish, sinfda ko’rgazma tashkil etish, o’quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasmlarni ko’rsatish yoki film namoyish etishdan iborat bo’lishi mumkin. 3. Har bir darsda o’quvchilarga asarni yaxlit holda o’qitish mumkin. Agar asar hajmi kattaroq bo’lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar o’zlari o’qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o’qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi. 1. Kitobni targ’ib qilish. STO’ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to’ldiriladi, ko’rgazmalar tashkil qilinadi. O’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi. 2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchilarning o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qilgan kitoblar hisobga olinadi. 3. STO’ yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko’riladi. Bir umr kichkintoylarning katta adabiyotini yaratish uchun samarali ijod qilgan otaxon shoirlardan biri Quddus Muhammadiyda shunday misralar bor: Egri shoxni bogʻbon ham Kesib tashlar koʻrgan dam. Shu sabab toʻgʻri oʻzar Egri esa ozar, toʻzar. Ha, kimki bola tarbiyasida xuddi bogʻbon kabi yoʻl tutadigan boʻlsa, uning farzandi kelajakda oʻqimishli, aqlli, hushli boʻladi. Zero, Quddus Muhammadiyning ham maqsad-murodi shunday. Otaxon shoirning har bir asaridan kichkintoylarni to^riso^z, oʻqimishli boʻlishga chorlovchi misralarni topish mumkin. Kichkintoylarning buyuk shoiri Quddus Muhammadiy 1907 yilda, Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Boʻlajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov savodli kishi edi. U dastlabki maʼlumotni otasidan oldi. 1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy avval amakisinikida, soʻngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q. Muhammadiyning birinchi sheʼri – “Chuvalachi” maydonga keladi va bu yerda chiqadigan “Quyosh” nomli devoriy gazetada eʼlon qilinadi. Shu ilk mashqlaridayoq boʻlajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish isteʼdodi hamda umumlashtirish mahorati yaqqol koʻrinadi. U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xoʻjalik texnikumiga oʻqishga kiradi. Bu yerda u bolalar uchun sheʼrlar yoza boshlaydi. Uning “Tong oʻyini”, “Paranji”, “Ahmad va asalari”, “Seleksiya stansiyasi” nomli sheʼrlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi. 1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika oʻqituvchisi boʻlib ishladi, shu bilan birga Oʻrta Osiyo davlat universitetining biologiya fakultetida oʻqiy boshladi. Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning gʻamxoʻrliklari Q. Muhammadiy qalbida bir umr oʻchmas iz qoldiradi. Bu yerdagi oʻzaro doʻstlik boʻlajak shoir qalbini togʻdek koʻtarib yuboradi. Quddus Muhammadiy Oybek, H. Olimjon, Gʻ. Gʻulomlarni oʻzi uchun ustoz deb bilgan, ulardan oʻrgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda boʻlgan. Ilk sheʼrlaridan biri “Tong oʻyini” orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu isteʼdodli bolalar shoirini hamisha qoʻllab-quvvatlab, ijodiga gʻamxoʻrlik qilib kelgan. Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira boʻladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon sheʼr oʻqish navbatini Quddus Muhammadiyga beradi. Q. Muhammadiy zavq bilan “Saʼva sayrarkan” sheʼrini oʻqiydi. Uning ijodiy qobiliyatini payqagan H. Olimjon sheʼr tugashi bilan yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri sheʼr yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, sheʼr maʼqul tushganini aytadi. Soʻng bolalar uchun sheʼrlarning kamligi haqida toʻxtalib, shunday ajoyib sheʼrlarni koʻproq yozishni taʼkidlaydi. Quddus Muhammadiy ijodiga xos boʻlgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, aʼlo oʻqish, xulq-odobda boshqalarga namuna boʻlishga daʼvat etish, fan va texnikani oʻrganish masalalari asosiy mavzulardan hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom Shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda u xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom Shoirdan koʻp narsalarni oʻrganadi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1946 yilda “Oʻquvchiga esdalik” nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari chop etiladi. Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir sheʼrni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizgʻin yozdi, soz yozdi. Bolalarni oʻqishga, hunar oʻrganishga, odobli boʻlishga, mehnatga chorlaydi, qiziqtirdi. Buni shoirning “Oʻquvchiga esdalik” sheʼrida koʻrish mumkin. Asarda maktab oʻquvchisining maʼnaviy qiyofasi va vazifalariga mufassal toʻxtalib, oʻqish, bilim oʻrganish zarurligini taʼkidlaydi: Boʻlay desang bogʻbon, Yo Vatanga posbon, Yo osmonda uchuvchi, Yo dengizda suzuvchi, Nimani qilsang tilak, Bariga oʻqish kerak. Sanʼatkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, bolani nimagadir chorlash, yaxshilik, aʼlo oʻqish, axloq-odobli boʻlishda boshqalarga oʻrnak koʻrsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon boʻlishdek ibratomuz maʼno va mazmun yotadi. Shoir oʻquvchi bolalar hayotining faqat eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan masalalarinigina qalamga oldi va ularni badiiy jihatdan yorqin va ifodali qilib tasvirlashga urindi. Bu esa u tomonidan ishlatilgan tasvirlash vositalarining naqadar oʻrinli va mazmundorligini tasdiqlaydi, obrazli ibora eng qisqa ifodali va mazmundor ibora ekanini isbotlaydi. Quddus Muhammadiy sofdil, aʼlochi oʻquvchi bolalarni samimiy sevadi, oʻz sheʼrlarida bunday bolalarni maqtaydi. “Aʼlochi Sodiq”, “Sinov”, “Mening orzum”, “Bizning uyda”, “Yasha, Omon!”, “Besh”, “Solijonning darsxonasi” va boshqa sheʼrlari aʼlochi oʻquvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shoir bu sheʼrlari orqali aʼlo oʻqish, tinmay mehnat qilish bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulogʻiga quyadi. Quddus Muhammadiy ijodining yana bir qirrasi satirik va yumoristik asarlari bilan bogʻliq. “Nomsiz erkatoylar haqida”, “Dum”, “Ahmadjonga uyat”, “Lapashang”, “Ravshanjonning qoʻli tilga kirdi” kabi koʻplab sheʼrlarida bolalar xarakteridagi yaramas odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. Ayniqsa, shoirning “Dum” sheʼri shu jihatdan eʼtiborlidir. Ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tayyorlamay “dum” bilan yuruvchi oʻquvchilar haqida nasr va nazmda yozilgan koʻpgina asarlarni bilamiz. Ammo Quddus Muhammadiy “dum” chilar ustidan kulish uchun mutlaqo yangi soʻz va qiyofa topgan. Sheʼr quvnoq misralardan tashkil topgan boʻlib, bolalarning ruhiga, pedagogik-ruhiy xususiyatiga mos tushadi: Bir maktabda gap mish-mish, Turgʻunning dumi bormish. Dum bilan yurish inson shaʼniga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas Turgʻunlarning bunday yaramas dumdan qutulib ketishi zarurligi asarning mantiqiy xulosasidir. Shoir ijodiga nazar tashlasak, mehnatga muhabbat mavzusi alohida oʻrin tutishini aytish mumkin. “Bobomning mehnati”, “GES qurilishi”, “Mirob”, “Bu binoni kim qurgan?”, “Etik”, “Madraim payvandchi”, “Mamajon shofyor” va boshqa shu kabi sheʼrlarda mehnat simfoniyasi jaranglab turadi. Bu yerda shuni ham taʼkidlab oʻtish zarurki, mehnat ahlini sevish, ularning bunyodkor faoliyatlarini qadrlash birinchi oʻrinda tasvirlanadi. “Etik” sheʼrining qahramoni Solijon degan bola. U hali kichkintoy boʻlishiga qaramasdan mushohadasi oʻtkir, odobli. U “Oʻrdak burunli kavkazcha etigiga gard yuqtirmaydi”. Shunga koʻra uni olifta bola ekan, deb oʻylash ham mumkin. Shoir Solijon bilan uning etigi orasidagi munozaraga diqqatni qaratadi. Etik oʻzining chiroyliligini koʻz-koʻz qilmoqchi boʻladi: Koʻp chiranma husningga, Rahmat deb qoʻy bir marta Seni tikkan ustangga. Solijonning “oʻrdak burunli kavkazcha”, etigini “puf-puflab” kiyib yurishi uning tikilishiga sarf qilingan mehnatni yaxshi bilishidan, eʼzozlashidan. Bolalar tabiatan olam sirlarini bilishga astoydil qiziqadilar. Shoirning “Dunyoda eng kuchli nima?” sheʼri ana shu qiziqishning badiiy ifodasi sifatida eʼtiborga loyiq. Shoir filni “togʻni ortsang koʻtaradi”, sherni “filni ham tikka yeydigan”, suvni “daryo, soy, irmoqlari, buloqlari koʻp”, sovuqni “daryolarni tosh qotirgan”, issiqni “qish, sovuqni qochirgan”, togʻlarni “togʻ-u toshni qulatar”, quyoshni “qarimaydi, uchmaydi” deb har xil mavjudot va hodisalarga xos eʼtiborli xususiyatlarni gʻoyat jonli, qiziqarli ifodalab, ularni bolalarning suhbati orqali sheʼriy ravishda ifodalaydi. Buni oʻqigan bola hodisalarning maʼnosi nimadaligini, ularning hayotdagi oʻrnini tushunib oladi. Bu bolaning fikrini, qobiliyatini, ongini, dunyo haqidagi tushunchasini oshiradi. Ayniqsa, yosh kitobxon dunyoda kuch-qudrat, aql-zakovatda insonga teng keladigan hech narsa yoʻq ekanligini bilib oladi: Oʻsha kuchli oʻzimiz, Borliqning egasimiz… Xotiringiz boʻlsin jam, Dunyoda kuchli odam! Maktab oʻquvchilari har yili necha ming tonnalab temirtersaklar yigʻib topshiradilar. Bu hol anʼanaga aylanib ketgan. Maktab oʻquvchilari bu ishga astoydil kirishib, “kim koʻp toʻplashadi” oʻynaydilar. Natijada musobaqalar qizib ketadi. Shoir temir-tersak yigʻish chogʻida oʻquvchilarning qizgʻin mehnatini, temir-tersaklarning xalq xoʻjaligidagi oʻrnini, ulardan nimalar tayyorlanishini “Temirlar oʻyini” sheʼrida ifodalaydi. Temirlar oʻyinini ifodalashda shoir bolalarbop vosita, ohang topgan. Sheʼrni oʻqir ekansiz, temir-tersaklarni jonlantirish asosida ularning har biriga oʻziga xos tasvir topishi va gʻoyani obrazli ifodalay olishini kuzatish mumkin: Temirlar jarang-juring, Oʻynashib diring-diring, Deyishar: “yuring-yuring”, Tushdilar qiziq – tansa, Sakrashar assa-assa. “Temirlar oʻyini”dagi “siniq pero”, “buzuq ruchka”, “eski chelak”, “choʻloq ketmon”, “zang bosgan mix”, “keraksiz kalit”, “uzuq zanjir”larning oʻz holiga achinishi, bolalar mehnati, tashabbusi tufayli ular ham xalq xoʻjaligini rivojlantirishda yaroqli boʻlishidan xushnudligi yanada aniq, jonli, loʻnda ifodalanadi: endi ular keraksiz boʻlib, har yerda sochilib yotmaydi. Zavodlarda eritilib, qayta quyilganidan soʻng mehnat qurollariga aylanadi, yana oʻz oʻrnini topadi. Shoir sheʼrning ikkinchi qismida maktab bolalari oʻzlari toʻplagan temir-tersaklarni zavodga topshirgach, undan nimalar boʻlishini tushuntirishga oʻtadi: …Elektr salqi simlar, Trolleybus, dizellar. Poyezd, vagon, poʻlat iz, Daryoni shart toʻsgan GES… Hattoki qisqich, chelak, Tegirmonda sim elak, Palovimiz kapgiri, Chovli, kastrul – bari. Quddus Muhammadiy sheʼrning qiziqarli, bolalarbop boʻlishi uchun jonlantirish usulidan ustalik bilan foydalanib, temir-tersaklar ahamiyatini ularning oʻzlari tilidan soʻzlatadi. Har qaysisiga xos va mos sifatlarni topadi. Deyishar: “Yuring, yuring”, “biz qachon boʻlamiz Z1L?”, “Traktorga vint boʻlib, paxta maydonin koʻray”, “Qurilishga boramiz”, “Temir mehnatkash doʻstim” kabi jonlantirishlar sheʼrning gʻoyaviy-badiiy tomondan yuksak boʻlishini taʼminlab, uning taʼsir kuchini oshirgan. Shoir sheʼrning yengil vaznda, ravon va ohangdor boʻlishi uchun yorqin qofiyadosh soʻzlar topa olgan: Siniq pero dikillab, Buzuq ruchka likillab… Temir ishin bilaman, Qayda koʻrsam ilaman, Maktabga topshiraman Zavodga oshiraman. Tabiat goʻzalligiga boʻlgan buyuk muhabbat shoirga hamisha hamrohdir. Maktabda muallimlik qilib yurgan paytida barg mavzusini oʻtar ekan “Bargjon” sheʼrini yozadi. Shu tariqa uning “Momaqaymoq”, “Qoqi oʻt”, “Bogʻimizda bir nok bor”, “Tut”, “Tolim gullaydi-yu nega meva tugmaydi?”, “Tok daraxti bir xil-u uzumi nega har xil?”, “Shaftoli doktor”, “Asalari va Ahmadjon” kabi sheʼrlari paydo boʻldi. Shu jihatdan shoirning Hamza nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor boʻlgan “Tabiat alifbosi” turkumiga kirgan beshta toʻplami eʼtiborlidir. Shoir bu toʻplamlarga kirgan sheʼrlarida tabiat hodisalari, narsa va buyumlar, koinot moʻjizalari haqida poyetik xulosalar chiqargan. Bu xulosalar gʻoyat bolalarbopdir. Chunonchi, zilzilani yerning gimnastika qilishi deb taʼriflasa, chuvalchangni “er traktori” deb ataydi, gilosning qizilligini kichkinaligidan uyalishidan degan xulosaga keladi. Xullas, tabiat mavzusidagi har bir sheʼrida shu tariqa bolalar xususiyati va tushunchasiga xos ibratli fikr ifoda etiladi. Quddus Muhammadiy yosh kitobxonlar qalbida tabiat va inson kuychisi sifatida har doim eʼzozli boʻlib qoladi. Download 360.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling