Quddus muhammadiy ijodini o’rganish mundarija: Kirish I – bob. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda quddus muhammadiy ijodining ahamiyati
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga Quddus Muhammadiy ijodini o’rgatish usullari
Download 360.34 Kb.
|
К.Мухаммадий Мадина Абдухаликова
1.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga Quddus Muhammadiy ijodini o’rgatish usullari
Bugungi kun rivojlanish asri hisoblanadi. Bu rivojlanishlar bugungi kunda barcha sohani qamrab olmoqda. Xususan, ta’lim , adabiyot sohalari ham bundan mustasno emas. Bugungi kunda ta’lim va adabiyot ham alohida ahamyatga ega. Ayniqsa bolalar adabiyotiga ham e’tibor berilmoqda. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prizedenti Shavkat Mirziyoyev: ,,Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa , millat va xalq , butun insoniyat bezavol yashaydi” ¹ degan so’zlariga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bugungi kunda adabiyot orqali insonlarning fikrlash qobilyati va dunyoqarashlarini o’zgartirib yuborish mumkin. Chunki, adabiyot orqali insonlar qalbiga ta’sir ko’rsatish mumkin. Masalan, biror bir yaxshi qahramonlar uchun achinamiz, undagiog’riqlarni o’zimizda xis qilamiz. Adabiyot namunalarini ham shunga ko’ra guruhlarga bo’lishimiz mumkin. Bular bolalar adabiyoti va kattalar adabiyotidir. O’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’rgatish bugungi kunda muhim masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Adabiyot namunalari boshlang’ich sinf darsliklarida ham berilganligi xech birimizga sir emas. Ularni o’quvchilarga o’rgatish jarayonida biz turli usullardan foydalanishimiz zarur. Boshlang’ich sinf darsligidagi sh’erlari bilan o’quvchilar qalbidan joy olib kelayotgan adabiyotshunodlardan biri bu Quddus Muhammadiydir. O’quvchilarni Quddus Muhammadiy ijodi bilan tanishtirishdan oldin, shoir hayoti, ijod yo’li bilan tanishtirishimiz lozim. O’quvchilarga shoir ijodini o’rgatishda hayotimizda uchraydigan voqealar asosida bilim berishimiz kerak. Bunda biz turli usul va o’qitish metodlaridan foydalanamiz. ,,Metod” yunoncha ,,metodos” so’zidan olingan bo’lib ,,bilish” va ,,tadqiqot yo’li” , ,,ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi². Metod usullar majmuasi hisoblanadi. Malakali o’qituvchi har bir yangi ma’lumotni o’quvchilarga o’rgatishda to’g’ri usulni qo’llay olishi darkor. O’quvchilarni adibning ijodi bilan tanishtirishdan oldin, adibning hayoti va yuksalish davomida bosib o’tgan yo’li haqida o’quvchilarga dastlabki tushunchalarni berish muhim. Shunday ekan biz o’quvchilarga Quddus Muhammadiy she’rlarini o’rgatishdan oldin uning hayoti haqida aytib o’tishimiz zarur. O’quvchilar shoir she’rlaridan o’zlariga tegishli xulosani chiqarib olishlari uchun sahna ko’rinishlaridan, multimedialardan foydalanamiz. Masalan, buvisini ko’rish uchun non oljb borayotgan qizaloq multfilmdan foydalanishimiz mumkin. Yo’lda ketayotib yangi olgan tuflisi loy bo’lib qolmasligi uchun nonni boib o’tadi va chuqur quduq tubiga tushib qoladi. U yerda juda ham qiyinchiliklarga uchraydi. Shundan so’ng qilgan ishidan afsuslanadi. Bolalar ham ko’zlari orqali ko’rgan ma’lumotlarini xotiralarida ko’proq saqlab qoladilar. Bu she’rni o’rgatish jarayonida “Aqliy hujum” metodi ham samarali hisoblanadi. Download 360.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling