Quddus muhammadiy ijodini o’rganish mundarija: Kirish I – bob. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda quddus muhammadiy ijodining ahamiyati


Download 360.34 Kb.
bet5/7
Sana04.01.2023
Hajmi360.34 Kb.
#1077804
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
К.Мухаммадий Мадина Абдухаликова

Undan olov – dud chiqib,
Abgor bo`pti bu safar.
Qosh, pari kuyib kеtti,
Tashqari g`iz-g`iz sovuq.
Chumchuqcha qip yalang`och,
Egnida par to`ni yo`q.
Kuygan a’zo-badani,
Achishardi jizzilab.

Shundagina u o`z nojo`ya hatti-harakti haqida o`ylashga majbur bo`libdi:


Ko`pchilikning qadri ko`p,
Chumchuqchaga bilindi.
Yolqizlik yomon ekan,
Boshiga tushib bildi.
Xatosin tushunibdi.
Dildirab, o`lay dеb turganida Musicha xola yana joniga oro kiribdi.Ota-ona urug`i bundan xabar topib, Musicha xolaga uni asrab olgani uchun minnatdorchilik bildirib, “gap uqmas o`jar bola”sini o`z inlariga olib kеtishibdi: Chumchuqcha esa: – Ayrilmayman sizlardan,Ta’zirimni xo`p edim, – dеya tavba qilib, ko`pchilikdan uzr so`rabdi. O`shandan bеri u jamoasidan ayrilmay, birga yurib, birga ishlarkan…
“Qo`ng`izvoy bilan Sichqonvoy” Q.Muhammadiy ijodiyotidagi shoh asar bo`lib, 1940 yilda yozilgan va dastlab “Mushtum” jurnalida “Qo`ng`iz bikach bilan Sichqonvoy” nomi ostida o`sha yili bosilib chiqqan. Shoir uni yana qayta ishlov bеrib, takomillashtirib 1955 yilda hozirgi nomi bilan e’lon qildi. Shundan bеri bu asar shoirning 1957 yil bosilgan “Tanlangan asarlar” va 1977 yilda “Tabiat alifbеsi” ning uchinchi kitobi bo`lmish “Taniqli do`stlar”da qayta-qayta nashr etildi. Binobarin, bu asar o`zbеk bolalar epik poeziyasi taraqqiyotida ayricha salmoqqa ega bo`lib, X.Olimjon, Mirtеmir va S.Jo`ralar o`tgan asrning 30 – yillarida qaror toptirgan shе’riy ertaknavislik an’anasi hosilasi sifatida yuzaga kеldi. Bor ekanda, yo`q ekan, Och ekanda, to`q ekan.
Ha, kimki bola tarbiyasida xuddi bogʻbon kabi yoʻl tutadigan boʻlsa, uning farzandi kelajakda oʻqimishli, aqlli, hushli boʻladi. Zero, Quddus Muhammadiyning ham maqsad-murodi shunday. Otaxon shoirning har bir asaridan kichkintoylarni to^riso^z, oʻqimishli boʻlishga chorlovchi misralarni topish mumkin.
Quddus Muhammadiy sofdil, aʼlochi oʻquvchi bolalarni samimiy sevadi, oʻz sheʼrlarida bunday bolalarni maqtaydi. “Aʼlochi Sodiq”, “Sinov”, “Mening orzum”, “Bizning uyda”, “Yasha, Omon!”, “Besh”, “Solijonning darsxonasi” va boshqa sheʼrlari aʼlochi oʻquvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shoir bu sheʼrlari orqali aʼlo oʻqish, tinmay mehnat qilish bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulogʻiga quyadi.
Quddus Muhammadiy ijodining yana bir qirrasi satirik va yumoristik asarlari bilan bogʻliq. “Nomsiz erkatoylar haqida”, “Dum”, “Ahmadjonga uyat”, “Lapashang”, “Ravshanjonning qoʻli tilga kirdi” kabi koʻplab sheʼrlarida bolalar xarakteridagi yaramas odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. Ayniqsa, shoirning “Dum” sheʼri shu jihatdan eʼtiborlidir. Ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tayyorlamay “dum” bilan yuruvchi oʻquvchilar haqida nasr va nazmda yozilgan koʻpgina asarlarni bilamiz. Ammo Quddus Muhammadiy “dum” chilar ustidan kulish uchun mutlaqo yangi soʻz va qiyofa topgan.
Dum bilan yurish inson shaʼniga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas Turgʻunlarning bunday yaramas dumdan qutulib ketishi zarurligi asarning mantiqiy xulosasidir.
Shoir ijodiga nazar tashlasak, mehnatga muhabbat mavzusi alohida oʻrin tutishini aytish mumkin. “Bobomning mehnati”, “GES qurilishi”, “Mirob”, “Bu binoni kim qurgan?”, “Etik”, “Madraim payvandchi”, “Mamajon shofyor” va boshqa shu kabi sheʼrlarda mehnat simfoniyasi jaranglab turadi. Bu yerda shuni ham taʼkidlab oʻtish zarurki, mehnat ahlini sevish, ularning bunyodkor faoliyatlarini qadrlash birinchi oʻrinda tasvirlanadi.
“Etik” sheʼrining qahramoni Solijon degan bola. U hali kichkintoy boʻlishiga qaramasdan mushohadasi oʻtkir, odobli. U “Oʻrdak burunli kavkazcha etigiga gard yuqtirmaydi”. Shunga koʻra uni olifta bola ekan, deb oʻylash ham mumkin.
Shoir Solijon bilan uning etigi orasidagi munozaraga diqqatni qaratadi. Etik oʻzining chiroyliligini koʻz-koʻz qilmoqchi boʻladi:
Solijonning “oʻrdak burunli kavkazcha”, etigini “puf-puflab” kiyib yurishi uning tikilishiga sarf qilingan mehnatni yaxshi bilishidan, eʼzozlashidan.
Bolalar tabiatan olam sirlarini bilishga astoydil qiziqadilar. Shoirning “Dunyoda eng kuchli nima?” sheʼri ana shu qiziqishning badiiy ifodasi sifatida eʼtiborga loyiq. Shoir filni “togʻni ortsang koʻtaradi”, sherni “filni ham tikka yeydigan”, suvni “daryo, soy, irmoqlari, buloqlari koʻp”, sovuqni “daryolarni tosh qotirgan”, issiqni “qish, sovuqni qochirgan”, togʻlarni “togʻ-u toshni qulatar”, quyoshni “qarimaydi, uchmaydi” deb har xil mavjudot va hodisalarga xos eʼtiborli xususiyatlarni gʻoyat jonli, qiziqarli ifodalab, ularni bolalarning suhbati orqali sheʼriy ravishda ifodalaydi.
Buni oʻqigan bola hodisalarning maʼnosi nimadaligini, ularning hayotdagi oʻrnini tushunib oladi. Bu bolaning fikrini, qobiliyatini, ongini, dunyo haqidagi tushunchasini oshiradi. Ayniqsa, yosh kitobxon dunyoda kuch-qudrat, aql-zakovatda insonga teng keladigan hech narsa yoʻq ekanligini bilib oladi: Dum bilan yurish inson shaʼniga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas Turgʻunlarning bunday yaramas dumdan qutulib ketishi zarurligi asarning mantiqiy xulosasidir.

Download 360.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling