Quddus muhammadiy ijodini o’rganish mundarija: Kirish I – bob. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda quddus muhammadiy ijodining ahamiyati


Quddus Muhammadiyning ijodini o’rganish


Download 360.34 Kb.
bet6/7
Sana04.01.2023
Hajmi360.34 Kb.
#1077804
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
К.Мухаммадий Мадина Абдухаликова

2.2. Quddus Muhammadiyning ijodini o’rganish
Quddus Muhammadiy butun umrini, ijodini kichkintoylarning katta adabiyotiga bag‘ishladi. Uning ijodi nihoyatda serqirra, mahsuldor, bolalar dunyosiga xos va mosdir.
She’r yo‘lin o‘rgatgan quyoshim, oyim,
Kunduzim, yulduzim, ilhomim, so‘zim,
Shu Vatan, shu xalqim, shu o‘gil-qizim,
She’rimning asosiy mavzui sizlar.
Asarim ovozi – parvozi sizlar,
O’zingiz ilhomim oltin o‘zagi,
O’zingiz she’rimning husn-bezagi,
Chunki siz men uchun, men-chi siz uchun...
Haqiqatan ham shoir she’rlarining mavzui bepayon Vatani, uning mehnatsevar xalqi, shirin “o‘g‘il-qizlari”dir, asarlarining ovozi ham, “parvozi” ham, “ilhomi”ning “oltin o‘zagi”, she’rining “husn – bezagi” ham shulardir.
Shoir o‘z asarlarida bolalarning yurak tuyg‘ularini, orzu va intilishlarini, o‘qishdagi yutuqlarini aks ettirish bilan birga, ulardagi kamchiliklarni qoralaydi, uni yo‘qotish yo‘llarini izlaydi, topadi, o‘z o‘quvchisiga talabchan o‘rtoq, qattiq qo‘l ustoz sifatida yo‘l ko‘rsatadi. Shoirni bolalarning hamma tomoni qiziqtiradi. U bolalarga nima xunigu nima chiroylik, nima yaxshi-yu, nima yomon, juda go‘zal nima-yu, juda qiziq nima ekanligi haqida yozadi.
Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olijon she’r o`qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi. Q.Muhammadiy zavq bilan “Sa’va sayrarkan” she’rini o`qiydi. Q.Muhammadiyning ijodiy qobiliyatini payqagan H.Olimjon she’r tugashi bilan uni yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she’r yozishini, qaerda ishlashini surishtirib, she’r ma’qul tushganini aytadi. So`ng bolalar uchun she’rlarning kamligi haqida to`xtalib, mana shunday ajoyib she’rlarni ko`proq yozishni t a’kidlaydi.




Xulosa
Quddus Muhammadiy ijodiga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona – Vatanga muhabbat, a’lo o`qish, xulq-odobda boshqalarga namuna bo`lishga da’vat etish, fan va texnikani o`rganish muammolari asosiy mavzulardan hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda u xalq og’zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom shoirdan ko`p narsalarni o`rganadi.
Shoirning birinchi she’rlar to`plami 1946-yilda “O`quvchiga esdalik” nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari bosilib chiqdi.
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir she’rni kundalik hayotdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizg’in yozdi, soz yozdi. Bolalarni o`qishga, hunar o`rganishga, odobli bo`lishga, mehnatga chaqirdi, qiziqtirdi, yordam berdi. Buni shoirnnig “O`quvchiga esdalik” she’rida ko`rish mumkin. Asarda maktab o`quvchisining ma’naviy qiyofasi va vazifalariga mufassal to`xtalib, o`qish, bilim o`rganish zarurligini ta’kidlaydi.

Download 360.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling