Quddus Muhammadiy
Download 30.68 Kb.
|
Quddus Muhammadiy
Quddus MuhammadiyXX asr o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. O‘rta maktabdan keyin qishloq xo‘jaligi bilim yurtida, so‘ng O‘rta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi. Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib, ilk asarlari “Sharq haqiqati” gazetasi va “Er yuzi” jurnalida chop etiladi. Uning 1936–1937 yillarda yaratilgan “Sandal va pechka”, “O‘z-o‘zini tanqid” kabi dostonlarida odamlar fe’l-atvoridagi, xususan, bolalar xarakteridagi ayrim nuqsonlar beg‘araz hajv qilinadi. Quddus Muhammadiy 1941–1944 yillarda mashhur baxshi Islom shoirga kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Urushdan keyingi yillarda birinchi she’riy to‘plami “Sinov” (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan so‘ng, “O‘quvchiga esdalik” (1947), “She’r va ertaklar” (1947), “Orzu” (1948), “Bahor keldi” (1950), “Dunyoda eng kuchli nima?” (1951), “Qirq o‘g‘il va qiz” (1951), “Bizning do‘stlarimiz” (1952), “Sen tug‘ilgan kun” (1952), “Yangi uy” (1953), “Mehribon do‘stlar” (1953), “Qo‘ng‘izboy bilan Sichqonboy” (1955), “Tugmacha” (1956), “Tanlangan asarlar” (1957) kabi o‘ttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. To‘rt jilddan iborat “Tabiat alifbosi” kitobi, ayniqsa, “Ochil dasturxon” (1970) kabi xalq og‘zaki ijodi an’analari ruhidagi asarlari adibga katta shuhrat keltirdi. “Qanotli do‘stlar” nomli she’riy kitobi 1970 yilda Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1977 yilda Quddus Muhammadiy “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlandi. XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907-yil Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi. Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan. Ilk asarlari “Sharq haqiqati” gazetasi va “Yer yuzi” jurnalida chop etilgan. Uning 1936–1937-yillarda yozilgan “Sandal va pechka”, “Oʻz-oʻzini tanqid” kabi dostonlarida odamlar feʼl-atvoridagi, xususan, bolalar xarakteridagi ayrim nuqsonlar begʻaraz hajv qilinadi. Urushdan keyingi yillarda birinchi sheʼriy toʻplami “Sinov” (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan soʻng, “Oʻquvchiga esdalik” (1947), “Sheʼr va ertaklar” (1947), “Orzu” (1948), “Bahor keldi” (1950), “Dunyoda eng kuchli nima?” (1951), “Qirq oʻgʻil va qiz” (1951), “Bizning doʻstlarimiz” (1952), “Sen tugʻilgan kun” (1952), “Yangi uy” (1953), “Mehribon doʻstlar” (1953), “Qoʻngʻizboy bilan Sichqonboy” (1955), “Tugmacha” (1956), “Tanlangan asarlar” (1957) kabi oʻttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. Toʻrt jilddan iborat “Tabiat alifbosi” kitobi, ayniqsa, “Ochil dasturxon” (1970) kabi xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari ruhidagi asarlari adibga katta shuhrat keltirdi. “Qanotli doʻstlar” nomli sheʼriy kitobi 1970-yilda Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻldi. 1977-yilda Quddus Muhammadiy “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlandi. Quddus Muhammadiy mohir tarjimon sifatida ham samarali ijod qilgan. Uning mashhur rus shoirlari S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, K. Chukovskiy asarlaridan qilgan tarjimalari oʻzbek bolalar adabiyotining ravnaqiga muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Oʻzbekiston xalq shoiri Q. Muhammadiy bir umr bolalar kelajagi, ularning maʼnaviy kamoloti haqida oʻyladi. Ularning oʻqimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassislar boʻlishini orzu qildi: Boʻlay desang bogʻbon, Yo Vatanga posbon, Yo osmonda uchuvchi, Yo dengizda suzuvchi, Nimaki qilsang tilak, Bariga oʻqish kerak... Bu satrlar hamon uning yosh avlodga nasihati boʻlib jaranglamoqda. Download 30.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling