TAQDIMOTI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI
3-BOSQICH 21-06- GURUH TALABASI
ABDURAIMOVA OYXUMORNING
TAYYORLAGAN
REJA: - 1.Shoirning hayoti va ijodiy faoliyati. 2. She`rlardagi musiqiylikning kichik kitobxon uchun o`qimishliligini ta`minlashi. 3.Q.Muhammadiy she`riyatida tabiatga munosabat. 4. She`rlarda poetik obrazning o`rni hamda ahamiyati.
- Quddus Muhammadiy butun umrini, ijodini kichkintoylarning katta adabiyotiga bag`ishladi. Uning ijodi nihoyatda serqirra, mahsuldor, bolalar dunyosiga xos va mosdir.
Haqiqatan ham shoir she’rlarining mavzui bepayon Vatani, uning mehnatsevar xalqi, shirin “o`g’il-qizlari”dir, asarlarining ovozi ham, “parvozi” ham, “ilhomi”ning “oltin o`zagi”, she’rining “husn – bezagi” ham shulardir. - She’r yo`lin o`rgatgan quyoshim, oyim,
- Kunduzim, yulduzim, ilhomim, so`zim,
- Shu Vatan, shu xalqim, shu o`gil-qizim,
- She’rimning asosiy mavzui sizlar.
- Asarim ovozi – parvozi sizlar,
- O`zingiz ilhomim oltin o`zagi,
- O`zingiz she’rimning husn-bezagi,
- Chunki siz men uchun, men-chi siz uchun...
- Shoir o`z asarlarida bolalarning yurak tuyg`ularini, orzu va intilishlarini, o`qishdagi yutuqlarini aks ettirish bilan birga, ulardagi kamchiliklarni qoralaydi, uni yo`qotish yo`llarini izlaydi, topadi, o`z o`quvchisiga talabchan o`rtoq, qattiq qo`l ustoz sifatida yo`l ko`rsatadi.
- Shoirni bolalarning hamma tomoni qiziqtiradi. U bolalarga nima xunigu nima chiroylik, nima yaxshi-yu, nima yomon, juda go`zal nima-yu, juda qiziq nima ekanligi haqida yozadi. U o`z she’rlari bilan bolalarda estetik didni o`stirishga, go`zallik haqida tasavvur hosil qilishga harakat qiladi.
- To`qson yillik umrini bolalarga she’r, qo`shiq, doston, doston – ertak yaratishga qaratgan Quddus Muhammadiy 1907-yilda Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Bo`lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov ancha savodli kishi edi. Shu sababli u dastlabki ma’lumotni otasidan oldi.
- 1925-yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy avval amakisinikida, so`ngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q.Muhammadiyning birinchi she’ri “Chuvalachi” maydonga keladi va bu erda chiqadigan «Quyosh» nomli devoriy gazetada bosilib chiqadi.
- Shu ilk mashqlaridayoq bo`lajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish talanti hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko`rinadi.
- U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo`jalik texnikumiga o`qishga kiradi. Bu yerda bolalar uchun she’rlar yoza boshlaydi. Uning “Tong o`yini”, “Paranji”, “Ahmad va asalari”, “Selektsiya stantsiyasi” nomli she’rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi.
1931-yildan Q.Muhammadiy maktabda botanika o`qituvchisi bo`lib ishlaydi, shu bilan birga O`rta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakul’tetida o`qiy boshlaydi.
Bolalar uyi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning g’amxo`rliklari Q.Muhammadiy qalbida bir umr o`chmas iz qoldiradi. Bu yerdagi o`zaro do`stlik bo`lajak shoir qalbini tog’dek ko`tarib yuboradi.
Quddus Muhammadiy Oybek, O`.Olimjon, G`.G`ulomlarni o`zi uchun ustoz deb bilgan, ulardan o`rgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda bo`lgan. Ilk she’rlaridan biri “Tong o`yini” orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste’dodli bolalar shoirini hamisha qo`llab-quvvatlab, ijodiga g’amxo`rlik qilib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |