Quddus muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati


Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olijon she’r o`qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi. Q.Muhammadiy zavq bilan “Sa’va sayrarkan” she’rini o`qiydi


Download 0.87 Mb.
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1731864
1   2
Bog'liq
QUDDUS MUHAMMADIYNING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI

Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olijon she’r o`qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi. Q.Muhammadiy zavq bilan “Sa’va sayrarkan” she’rini o`qiydi.

  • Q.Muhammadiyning ijodiy qobiliyatini payqagan H.Olimjon she’r tugashi bilan uni yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she’r yozishini, qaerda ishlashini surishtirib, she’r ma’qul tushganini aytadi. So`ng bolalar uchun she’rlarning kamligi haqida to`xtalib, mana shunday ajoyib she’rlarni ko`proq yozishni ta’kidlaydi.
  • Quddus Muhammadiy ijodiga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona – Vatanga muhabbat, a’lo o`qish, xulq-odobda boshqalarga namuna bo`lishga da’vat etish, fan va texnikani o`rganish muammolari asosiy mavzulardan hisoblanadi.
  • Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda u xalq og’zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom shoirdan ko`p narsalarni o`rganadi.
  • Shoirning birinchi she’rlar to`plami 1946-yilda “O`quvchiga esdalik” nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari bosilib chiqdi.
  • Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir she’rni kundalik hayotdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizg’in yozdi, soz yozdi. Bolalarni o`qishga, hunar o`rganishga, odobli bo`lishga, mehnatga chaqirdi, qiziqtirdi, yordam berdi. Buni shoirnnig “O`quvchiga esdalik” she’rida ko`rish mumkin.

Asarda maktab o`quvchisining ma’naviy qiyofasi va vazifalariga mufassal to`xtalib, o`qish, bilim o`rganish zarurligini ta’kidlaydi:


San’atkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, da’vatkorlik, bolani nimagadir chorlash, yaxshilik, a’lo o`qish, axloq-odobli bo`lishda boshqalarga o`rnak ko`rsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon bo`lishdek ibratomuz ma’no va mazmun yotadi.
Shoir o`quvchi bolalar hayotining faqat eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan masalalarinigina qalamga oldi va ularni badiiy jihatdan yorqin va ifodali qilib tasvirlashga urindi. Bu esa u tomonidan ishlatilgan tasvirlash vositalarining naqadar o`rinli va mazmundorligini tasdiqlaydi, obrazli ibora eng qisqa ifodali va mazmundor ibora ekanini isbotlaydi.
  • Quddus Muhammadiy sofdil, a’lochi o`quvchi bolalarni samimiy sevadi, o`z she’rlarida bunday bolalarni maqtaydi. “A’lochi Sodiq”, “Sinov”, “Mening orzuim”, “Bizning uyda”, “Yasha, Omon!”, “Besh”, “Solijonning darsxonasi” va boshqa she’rlari a’lochi o`quvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shoir bu she’rlari orqali a’lo o`qish, tinmay mehnat qilish bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulog’iga quyadi.

Quddus Muhammadiy ijodining yana bir muhim qirrasi satirik va yumoristik asarlari bilan bog’liq. “Nomsiz erkatoylar haqida”, “Dum”, “Ahmadjonga uyat”, “Lapashang”, “Ravshanjonning qo`li tilga kirdi” kabi ko`plab she’rlarida bolalar xarakteridagi yaramas odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. Ayniqsa, shoirning “Dum” she’ri shu jihatdan xarakterlidir. Ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tayyorlamay «dum» bilan yuruvchi o`quvchilar haqida nasr va nazmda yozilgan ko`pgina asarlarni bilamiz. Q.Muhammadiy «dum»chilar ustidan kulish uchun mutlaqo yangi so`z va obraz topgan.


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling