Quduqlardan olinayotgan neftlar xom neft hisoblanadi


Download 115.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi115.62 Kb.
#1484621
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4mvzu tasis(5)

3.1.2. Neftni turg‘unlashtirish
Òurg‘unlashtirish deganda, normal sharoitda gaz holatida
bo‘lgan neft tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratib olish,
ularni neft-kimyo sanoati korxonalariga qayta ishlash uchun
jo‘natish tushuniladi. Neft tarkibidagi yengil uglevodorod-
larni ajratishni separatsiya va rektifikatsiya usullari yordamida
amalga oshirish mumkin. Separatsiya usulida neft aralashmasi
bir yoki bir necha bor bug‘latiladi, bosimini kamaytirish
orqali undan yengil uglevodorodlar ajratib olinadi. Rekti-
fikatsiya usulida neftni bir yoki bir necha bor qizdirish va
sovitish orqali undan kerakli uglevodorod fraksiyasi ajratib
olinadi. Kon havzalarida neftni turg‘unlashtirish separatsiya
usulida, ya’ni neftni siquvchi nasos stansiyasi va neftni komp-
leks tayyorlash qurilmalari tarkibidagi separatorlarda amalga
oshiriladi.
Yuqori bosimdagi neft oqimi separatorga tushganda uning
bosimi kamayadi. Natijada yuqori bosimda suyuq holatda bo‘lgan
yengil uglevodorodlar gaz holatiga o‘tib, suyuq neftdan ajralishi
sodir bo‘ladi.


22
Òurg‘unlashtirilgan neft tarkibida qolgan yengil uglevodo-
rodlarning (S
1
-S
4
) miqdori 1,5¼2 foiz atrofida bo‘ladi. Ular
neftni qayta ishlash zavodidagi rektifikatsiya kolonnalarida ajratib
olinadi.
3.1.3. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi
Quduqlardan olinadigan neft qo‘shimchalar bilan birgalikda
kompleks tayyorlash qurilmalariga olib kelinadi va jo‘natishga tay-
yorlanadi (4- rasmga qarang).
Quduqlar (1) dan olingan «xomashyo» neft quvurlari orqali
o‘z bosimida hajm o‘lchovchi jihozlar (2) ga olib kelinadi. Bu
yerda ma’lum miqdorda yengil uglevodorodlarning ajralishi sodir
bo‘ladi. Keyin neft aralashtirilib, siquvchi nasos stansiyasi (3) ga
oqiziladi. Stansiyada separatorlar yordamida birinchi bosqich yengil
uglevodorod gazlarini ajratib olish jarayoni sodir bo‘ladi. Ajra-
tilgan gaz gazni qayta ishlash zavodi (4) ga yuboriladi. Gazdan
qisman tozalangan neft kompleks tayyorlash qurilmalari (5) ga
haydaladi. Bu yerda neftni ikkinchi va uchinchi bosqich gazdan
tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Bundan tashqari neftni suv-
4- rasm.

Download 115.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling