Quduqlardan olinayotgan neftlar xom neft hisoblanadi


Gaz tarkibidagi suyuq kondensatni ajratish


Download 115.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi115.62 Kb.
#1484621
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4mvzu tasis(5)

3.2.2. Gaz tarkibidagi suyuq kondensatni ajratish
Gaz va kondensatni ajratish past haroratli separatorlarda amalga
oshiriladi. Bunda gaz va kondensat aralashmasining bosimi mak-
simal kondensat ajralish bosimigacha ko‘tariladi va keyin separa-
torga kirgiziladi. U yerda aralashmaning bosimi kamayadi va haro-
rat pasayadi. Natijada bug‘ holatda bo‘lgan kondensatning gazdan
ajralishi sodir bo‘ladi. Quyida uning umumiy texnologik chizmasi
va jarayoni aks ettirilgan.
Quduqlar (1) dan olingan gazlar drossel shaybasi (2) orqali
tomchi ajratuvchi past haroratli tik separator (3) ga keladi. Drossel


25
shaybasida gaz-kondensat aralashmasining bosimi maksimal
kondensat ajralishi bosimigacha ko‘tariladi va aralashmaning ha-
rorati kamaytiriladi. Natijada separator (3) da gaz va konden-
satning ajralishi sodir bo‘ladi. Ajralgan gaz gaz sovitgichi (5) ga
keladi, u yerda harorati kamaytiriladi. Keyin gaz bosimni moslab
turuvchi shtutser (6) ga keladi, bosimi maksimal kondensat ajra-
lish bosimigacha ko‘tariladi va tik separator (7) ga haydaladi. Òik
separatorda gaz va kondensatning batamom ajralish jarayoni sodir
bo‘ladi. Ajralgan kondensat kondensat quvuriga, gaz esa sovit-
kich (5) orqali keyingi tozalash jarayoniga uzatiladi.
3.2.3. Gazni quritish
Gazni quritish absorbsiya va adsorbsiya usullari yordamida ab-
sorber va adsorber qurilmalarida amalga oshiriladi. Namlikni yu-
tuvchi moddalar sifatida tegishlicha absorbent va adsorbentlardan
foydalaniladi. Absorbent sifatida dietilenglikol (DEG)ning (97
foizli) eritmasidan foydalaniladi.
Absorberning pastki qismidan nam gaz kiritiladi, yuqori qis-
midan esa DEG eritmasi yomg‘ir kabi yog‘diriladi. Natijada DEG
5- rasm.
Past haroratli separatsiya qurilmasining umumiy texnologik chiz-
masi:
1– gaz quduqlari; 2–drossel shaybasi; 3–tik separator;4– kondensat
yig‘uvchi idish; 5gaz sovitgich6– bosimni moslab turuvchi shtutser;
7
– tik separator, 8– yotiq past haroratli separator.


26
gaz tarkibidagi namlikni yutib, absorberning pastki qismiga
yig‘iladi va u yerdan desorber qurilmasiga oqiziladi. Desorberda
suvli DEG aralashmasi qizdirilib, suvdan bug‘latib tozalanadi.
Quritilgan DEG eritmasi yana absorberning yuqori qismidan
yog‘diriladi va h.k. Quritilgan gaz esa absorberning yuqorisidan
keyingi tozalash jarayoniga uzatiladi (6- rasmga qarang).
6- rasm. Gazni absorbent yordamida quritishning umumiy chizmasi:
1
– absorber; 2– desorber; 3– aralashmani oqizuvchi quvur.

Download 115.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling