Qulay darslik
Download 64,08 Kb.
|
7-o'zbek qo'llanma
Registon o’quv markazi 90-962-43-00 7-Sinf O’zbekiston tarixini oson o’zlashtirish bo’yicha “QULAY DARSLIK” kitobidan namuna 32-§. AMIR TEMUR SALTANATIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA HARBIY TIZIM Saltanat boshqaruvi Sohibqiron Amir Temur o'z zamonasining talab-ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat boshqaruvini takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun berdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan bo'lsa-da, jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqalaming manfaatlarini ta'minlash nazarda tutilgan edi. Amir Temur saltanati tuzilishi: Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan: 1) dargoh va 2) vazirlik (devon)dan iborat bo’lgan. Dargohni - Oliy hukmdorning o'zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat — devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda – 1) harbiy vazir, 2) mulkchilik va soliq ishlari vaziri, 3) moliya vaziri faoliyat yuritgan. Bulardan tashqari 4) sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug'ullanuvchi yana uch vazir bo'lib, ular devonbegiga hisobot berib turgan. 1000 ta piyoda Tashqi va ichki favqulodda vaziyatlar uchun qo’shin 1000 ta otliq chopar tayyor tutilgan Har bir yomda 50-200 ta ot ulov ------------------------------------------------------------------------------------------------------- O’z yaqinlariga suyangan Sohibqiron davlat boshqaruvida islom qonun-qoidalariga asoslangan Qur’on va Hadisga samimiy munosabatda bo’lgan Payg’ambar avlodlari, shayxlarga hurmati cheksiz bo’lgan Davlatni kuchaytirishda ana shunday kishilarning yordamiga tayangan Amir Temur davlatida uluslar: Amir Temur davlati 4 ta ulusga bo’lingan Markaziy hukumatga itoat etganlar Ma’lum mustaqillik ega bo’lganlar Ulus hukmdorlarining alohida qo’shini va devonxonasi bo’lgan Xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turgan Oliy hukmdor harbiy yurishlarida o’z qo’shini bilan ishtirok etishi talab etilgan Suyurg’ol yerlar Amir Temur ulkan saltanat tasarrufidagi o’lkalarni 4 ta ulusga bo’lib, ularni o'g'illari, nabiralari va xizmat ko'rsatgan amirlarga suyurg'ol tarzida in'om qiladi.
Qo’shin tuzilishi Amir Temur davlat mustaqilligi va muhofaza yo'lidagi ichki va tashqi siyosatida asosan qo'shinga suyanar edi. Amir Temur qo’shiniga chrvador va o’troq aholini jalb qilingan. Askariy qismlarni viloyatlardan to'plash bilan tavochi mansabidagi amaldorlar shug'ullanar edi. Qo’shinda otliq va piyoda askarlar bo’lgan. Qo’shin son jihatdan aniq tashkil etilgan, qismlarga bo’lingan. Har bir qism bir-biridan kiyim-bosh, bayroq va tug’lari bilan farqlangan. Bunday farqlashinga sabab qo’shinda qulay bo’lishlik edi. Temur qo'shini 10 askariy birikmalar asosida tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi.
Sohibqiron Sharqda birinchilardan bo’lib qo’shinga o’tso’char qurol-to’pni olib kirgan. Tog’li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va bo’linmalar tashkil qilingan. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, Sohibqiron qo’shinida ayollardan iborat bo’limalar bo’lib, ular erkaklar bilan bir safda turib jang qilgan. Jangga kirish usuli Harbiy yurish paytida 1) oldinda xabarchilar, ular orqasidan 2) yasovul bo'linmasi, undan keyinroqda 3) manglay — avangard qism borardi. Manglay bilan qo'shinning asosiy qismlari oralig'ida esa 4) qo'mondonning qarorgohi va uning yon-atrofida zaxira (rezerv) qismlar joylashgan bo'lib, u «izofa» deb yuritilgan. Amir Temur qo'shinining asosiy jangovar qismlari: 1) markaz, 2) o'ng — burong'or va 3) so'l —juvong'or qanotlaridan iborat bo'lgan. Har bir qanotning oldida bittadan qo'shimcha qo'riqchi manglay — avangardi, yon tomonida esa bittadan qo'riqchi askariy qo'shilmalar - qanbullar bo'lar edi.
(O’ng qanot) Juvong’or (Chap qanot) Q a n b u l Q a n b u l Shu tariqa qo'shin 7 qism — qo'llardan iborat edi. Sharafiddin Ali Yazdiy qo'shinni yetti qo’lga — qismga bo'lib joylashtirish tartibini birinchi bo'lib Amir Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu qo'llar janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo'shin qo'mondoniga bo'ysungan. Amir Temur jang qilishning yangi harbiy uslublarini qo'llagan. Amir Temur jang qilishning yangi harbiy uslublarini qo’llagan. Xususan, jang vaqtida qo’shin qanotlarini dushman hujumidan himoya qilish va o’z vaqtida, dushman kuchlariga yon tomondan aylaib o’tib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism – qanbul joriy etilgan Amir Temurning harbiy yurishlari. Amir Temurning harbiy yurishlari amalga oshirishga yetarli sabablar bor edi. Ular: O’z davlatining chegaralarini mustahkamlash, Tashqi dushmandan himoyalanish, Karvon yo’llarini turli yo’lto’sarlardan tozalash, Xiyonatchi, sotqin, aldamchilarni jazolash, Bo’ysunmaganlarni itoat ettirish, O’zining siyosiy ta’sirini kengaytirish Amir Temur va To’xtamish Amir Temur yordamida To’xtamishxon Oltin O’rda taxtini egallaydi. Keyinchalik To'xtamish xoinlik yo'liga kiradi. U Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o'tadi. Natijada Amir Temur To'xtamishga qarshi 3 marta qo'shin tortishga majbur bo'ladi. So'nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida - Shimoliy Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo'yida sodir bo'ldi. Jangda Amir Temur qo'shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o'qqa tutish usulini qo'lladi. O'q va qilich zarbiga chiday olmagan To'xtamish qo'shinining safi buzilib, orqaga chekindi va tarqalib ketdi. To'xtamishxon sanoqligina askari bilan qochib changalzorga kirdi va ta'qib etib kelayotgan askarlardan bekindi. Rusiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiylarning ta'kidlashicha, Amir Temurning To'xtamish ustidan qozongan g'alabasi faqat O'rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. 1395-yil 15-aprelda Amir Temur va To’xtamishxon o’rtasida 3-jang Shimoliy Kavkazda Tarak daryosi bo’yida bo’lib o’tdi Amir Temur o'z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida - 1) Eron, 2) Ozarbayjon, 3) Iroq, 4) Shom (Suriya) ustiga 3 marta askar tortadi. Bu yurishlar tarixda - 3 yillik, 5 yillik va 7 yillik urushlar deb nom olgan. Amir Temur o’z ixtiyori bilan taslim bo’lib, moli omo to’lagan shaharlarga tegmagan, qo’shinlarni buday shaharlarga kiritmagan.
Keng ko'lamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni yaxshilash tarafdori bolgan. Boyazid - 1)qoraqo'yunlilar, 2)muzaffariylar, 3)jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo'llab-quvvatlagan. Buning natijasida bu ikki davlat o'rtasida to'qnashuv bo’lishi muqarrar bo'lib qoldi. Anqara jangi Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo'shinlari o'rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir bo'ladi. Bu jang tarixda «Anqara jangi» deb ataladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari turk qo'shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g'alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV, hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III tabriklab, unga o'z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg'onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo'shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to'satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. “Temur tuzuklari Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san'ati va davlatni boshqarish uslubiga bag'ishlangan maxsus asar yaratilib, u «Temur tuzuklari» nomi ostida shuhrat topadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalari faoliyatining tartibi — tutumi va vazifalari, vazir va qo'shin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan. Amir Temurning «... davlat ishlarining 9 ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan 1 ulushini qilich bilan amalga oshirdim», «Kuch — adolatdadur» degan so'zlari uning mamlakatni aql-zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik beradi. Shunday qilib, Sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarish va harbiy sohada o'ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan davlati bilan dunyoni lol qoldirdi. 7-Sinf O’zbekiston tarixini oson o’zlashtirish bo’yicha “QULAY DARSLIK” kitobi sizga mavzularni test va qulay o’rganishga yordam beradi Endi sizda mavzularni o’zlashtirishda muammo bo’lmaydi. Ushbu qo’llamaning to’liq variantini olishni xohlasangiz murojaat qiling Ilyosxo’ja Bekmirzayev Download 64,08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling