Quloq,tomoq,burun kasalliklarida qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar quloq kasalliklarining ibn sino bo‘yicha tasnifi
Download 75.5 Kb.
|
Quloq,tomoq,burun kasalliklarida qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karlikda
- Quloq og‘rig‘iga uning ichida joylashgan sovuq yoki sirtqi sovuq sabab bo‘lsa
Karlikning hamma turiga: Asal yoki qunduz qiri qo‘shilgan gazagut shirasi, ukrop yog‘i, echkining siydigi va o‘ti, ayniqsa uning galsan elimi bilan qo‘shilgani foyda qiladi.
Tiqilma sababli bo‘lgan karlikni davolashda: Nasha urug‘i donining shirasi va ho‘l Abu Jahl tarvuzining shirasi yaxshi foyda qiladi. Sovuq moddadan va sovuqlikdan bo‘lgan quloq og‘irligi, uning og‘riqlari, ellari, shang‘illashi va jaranglashining hammasini davolash uchun bo‘lgan va boshni tozalagandan keyin ishlatiladigan dorilarni biri quyidagi dorilar: Burakni sirka va asal bilan, qo‘y o‘tini esa zaytun yog‘i va sharob bilan, yoki achchiq bodom yog‘i yoki gandona suvi bilan qo‘shib, yoki xotin sutini quloqqa tomiziladi. Karlikda: CHayono‘t va gul qovog‘ining shirasi juda foydali. Quloq og‘rig‘ida: Binafsha yog‘ini kofur bilan aralashtirib ishlatish badan bo‘shatilishi sababli og‘riqni yaxshi to‘xtatadi. Issiqlikdan bo‘lgan va lo‘qillaydigan quloq og‘rig‘iga: Gul yog‘ini o‘ziga uch barobar keladigan sharob sirkasida to sirka ketib gul yog‘i qolguncha qaynatib, keyin quloqqa tomizi-ladi. Bu yog‘ juda foyda qiladi. Qo‘ypechak suvi va nashaning ho‘l urug‘idan olingan shira juda yaxshi foyda beradi. Quloq og‘rig‘iga uning ichida joylashgan sovuq yoki sirtqi sovuq sabab bo‘lsa: -gazako‘t yog‘i; -ukrop; -rum sunbuli; -dafna daraxti; -katta bobuna; -balzam daraxti; -kanakunjut yog‘lari; -sarimsoq solib qaynatib tindirilgan zaytun yog‘i yaxshi ta’sir qiladi. Quloq og‘rig‘iga el sabab bo‘lsa: -gazakut va amomni asal bilan qo‘shib; -gulsapsar yog‘iga qo‘shilgan bo‘yimodaron kabilarni tomizish foydali. Quloq og‘rig‘iga issiq va chuqurlashgan shish sabab bo‘lsa bunda: -qo‘ypechak shirasi -yanchilgan kunjut yog‘i foydali. Quloq shang‘illashi, jaranglashi va hushtak chalishiga uchragan hamma kishilar: Quyoshdan; Hammomdan; Qo‘pol harakatlardan; Qusishdan; Baqirib-chaqirishdan; To‘liqlikdan saqlanishlari va ichni yumshatishlari kerak. Sezgilar o‘tkir xis bo‘lib turganida: Sirka bilan qaynatilgan gul yog‘iga bir oz afyun qo‘shib yoki gul yog‘ini mingdevona yog‘ini aralashtirib tomizish lozim; YOki qunduz qiri bilan qo‘shib tuyilgan sassiqqalampir yog‘i bilan ishlatishni buyuradilar. Buyurilganlarning ichida eng yaxshisi mana bu: Sanavbar urug‘i va qunduz qirini olib sirkada ezib quloqqa tomizish juda yaxshi foyda qiladi. Sarsom kasalliklarga, ayniqsa, isitmalarga, keyin kelib chiqadigan shangillashlarga xos dorilar: Gul yog‘i yoki sirka bilan qo‘shilgan erman shirasi va gulsapsar yog‘i davoli. Kuchsizlikdan bir tiqilma yoki xiltdan bo‘lgan shang‘illashning hammasiga umumiy dori: Qalampirmunchoq va gandano urug‘i, mushk, samsak va gazakut suvi yoki sharob yaxshi ta’sir qiladi. Download 75.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling