Quloq,tomoq,burun kasalliklarida qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar quloq kasalliklarining ibn sino bo‘yicha tasnifi


Quloqdan chirk chiqishi va unga kelib quyiladigan tiqilmani davolash


Download 75.5 Kb.
bet3/5
Sana18.12.2022
Hajmi75.5 Kb.
#1028698
1   2   3   4   5
Bog'liq
Quloq,tomoq,burun kasalliklarida qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar

Quloqdan chirk chiqishi va unga kelib quyiladigan tiqilmani davolash:
Tog‘ achchik bodom yog‘ini tomizish;
Quloqqa zok puflash;
YOvvoyi zira 1 misqol, irmon buraki 0,5 misqol va ularni qorishtiradigan oq anjir, bulardan pilik yasab ishlatiladi ;
Quloqqa yovvoyi zira va qichitqio‘t qilinadi;
Abu Jaxl tarvuzi bargining siqib olingan suvidan tayyorlab quloqqa tomiziladi – bu eng kuchli dori;
Zaytun, bobuna va rum sumbuli yog‘iga botirilgan pilik - kuchli pilik dorilar;
Indov va burakdan tayyorlangan pilik dori - yo‘q bo‘ladigan tiqilma uchun foydali.


Ibn Sino quloq sog‘ligini saqlashda nimalarni nazarda tutish kerakligini ta’kidlaydi:
-uni issiq, sovuq, shamollardan, yot jismlar kirishidan saqlash,
-suv va jonivorlarning kirishidan extiyot bo‘lish,
-shishlar, mayda chiqiqlar va yaralar paydo bo‘lishini kuzatib turish,
-uning kirini tozalab turish,
-har xaftada 1 marta quloqqa achchiq bodom yog‘i tomizish,
-sirkada eritilgan momiso shamchasidan tomizish zarur,
-me’dada hazm buzilishini oldini olib turish.
.


Burun kasalliklari.
Tumov va nazla qanday xastalik deb izoh berish mumkin

Hozirgi zamon nuqtai nazaridan «nazla» va «tumov»ning ikkalasi ham kataral seroz yallig‘lanishdan iborat bo‘lib, yallig‘lanish natijasida paydo bo‘ladigan seroz suyuqlikni qadimda «miyadan oqadigan modda» deb ataganlar. Bu ikkala kasallik bir-biriga hamkor va sherik xisoblanadi. Lekin ba’zilar tomoqqa oqadiganini nazla deb, burundan tushadiganini tumov deb ataydilar.


Tumov - suyuq, sho‘r, ketma-ket oqadigan va hid bilishga to‘sqinlik qiladigan narsaning burun yo‘lidan kelib, yuz a’zolarining old qismiga quyilishidir. Sovuqlikdan bo‘ladigan tumov issiqlikdan bo‘ladigan tumovdan ko‘ra ko‘proq uchraydi.
Nazla - tomoqqa, o‘pkaga, qizilo‘ngachga tushib, u erlarda yara hosil qiladi. Ko‘pincha u tufayli « it ishtahasi » (yutoqish) qo‘zg‘aladi. Ba’zan nazla asab orqali eng uzoq a’zoga o‘tadi. Nazla issiq, o‘tkir bo‘lsa, tomoq og‘riqlari, o‘pka yallig‘lanishi, zotiljam, sil kasalligi kelib chiqadi. Nazla sho‘r yoki nordon bo‘lsa me’da og‘riqlari, ich ketish, ichak shilinishi yuzaga keladi. Nazla moddadan, ya’ni burun nam shillig‘idan bo‘lsa, qulanj kasalligi yuzaga keladi.

Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling