Tez tibbiy yordamda qo’llaniladigan dori-darmonlar haqida


Download 25.92 Kb.
bet1/7
Sana24.03.2023
Hajmi25.92 Kb.
#1290434
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
@TezyordamUZB Дори воситалар руйхати.


@OXU_Medical


Tez tibbiy yordamda qo’llaniladigan dori-darmonlar haqida
M A ` L U M O T
Morfin 1% 1.0 amp. Narkotik analgetiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Asosan jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin kuchli og’riq bilan kechadigan shikastlanishlar, miokard infarkti, kuchli jarohatlanishlarda, buyrak o’t-tosh kasalliklari hurujida, o’tkir pankreatitda, endoartritda (qorason), xavfli o’smalarda ishlatiladi.
Moneliklar: 2 – yoshgacha bo’lgan bolalarga va 60 – yoshdan oshgan qariyalarga, xomiladorlik, bronxial astma, insult, bosh miya shikastlanishlar, o’tkir nafas yetishmovchiligi, o’tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi va nimjonlikda umuman berilmaydi.
Omnopon 1% 1.0 amp ishlatilishi va nojo’ya ta’siri morfin bilan bir xil.
Fentanil 0.005 % 2.0 amp Narkotik analgetiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi:Asosan kuchli og`riqlar bilan kеchadigan xolatlarda (miokard infarkti, xavfli o`smalar, og`ir jaroxatlanish, shikastlanish va b.), shokni oldini olish va uni bartaraf etish va boshqa maqsadlarda anеstеziologiyada, travmatologiyada va b. tibbiyot yo`nalishlarida ishlatiladi (1-2 ml 0, 25 % dropеridol, 1-2 ml + 0, 005 % fеntanil mushaklar orasiga yuboriladi).
Nojo`ya ta'siri: so`lak ajralishi, bronxlar torayishi va bradikardiyani bartaraf etish maqsadida 0, 1 % atropinning 1 ml eritmasi yuboriladi.
Moneliklar: Akusherlik operatsiyalari, nafas markazlarining susayishi, bronxial astma, narkomaniya.
Natriy oksibutirat 20.0 % 10.0 ml amp. Neyrotrop vositalarining noingalyatsion narkoz moddalar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Anеstеziologiyada noingalyatsion modda sifatida еngil, uzoq davom etmaydigan amaliyotlarda hamda narkozni boshlanishini ta'minlash maqsadida, bazis narkoz uchun jarroxlikda, akushеrlik va ginеkologiyada, bolalar va qariyalarda jarroxlik muolajalarini bajarishda ishlatiladi.Shuningdek miya shishi, shokda qo’llaniladi.
Moneliklar Gipokaliemiya, xomiladorlik gipokaliemiya va gipertenziv sindrom bilan o’tayotgan toksikozlarda, miasteniya

Download 25.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling