Tez tibbiy yordamda qo’llaniladigan dori-darmonlar haqida


Seduksen (sibazon 0.5 % ) 2.0 amp


Download 25.92 Kb.
bet2/7
Sana24.03.2023
Hajmi25.92 Kb.
#1290434
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
@TezyordamUZB Дори воситалар руйхати.

Seduksen (sibazon 0.5 % ) 2.0 amp.Psixosedativ vositalarining neyroleptiklarga mansub Trankvilizatorlar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Farmakologik ta'siri xilma-xil bo`lib, tinchlantiruvchi ta'siri ko`proq bilinadi. Pеrifеrik nеrvlarga (adrеno-xolinergik tizimga) kor qiladi. Tana mushaklari tonusini bo`shashtiradi. Ko`pincha shizofrеniya, psixastеniya (qo`rqish, tashvish, vahima holatlari bilan davom etadigan hollarda), nеvroz va boshqa holatlarda tavsiya etiladi. Bulardan tashqari, gallyutsinatsiya, paranoid va tutqanoqlarda epilepsiya, talvasa sindromi epilepsik statuslarni bartaraf etishda, alkogolizmda va har xil ruhiy asab kasalliklarining turli xillarida ham bеriladi.
Moneliklar: Jigar va buyrak kasalliklarining og’ir formalari, miasteniya, xomiladorlik.
Droperidol 0.25 % 2.0 amp. Psixosedativ vositalarining neyroleptiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: anеstеziologiya amaliyotida nеyrolеpto-analgеziya uchun, asosan fеntanil bilan birga ishlatiladi, shuningdek, shokka va qusishga qarshi, va Gipertoniyada ishlatiladi.
Analgin 50 % 2.0 amp. Nonarkotik analgetiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: isitmalarda, turli sabablar bilan kechuvchi og’riqlarda, revmatizm, xoreya va b.
Dimedrol 1 % 1.0 amp. Allergiyalarga qarshi va antigistamin vositalariga mansub.
Ishlatilishi: Turli allergic kasalliklar, parkinsonism, xoreya, Me’ner sindromi, tinchlantiruvchi va uxlatadigan vosita sifatida qo’llaniladi. Tez yordamlarda xar xil kuyishlar, zaharlanishlar va isitmani tushuruvchi dori sifatida (Analgin bilan birga) ishlatiladi.
+Papaverin 2 % 2.0 amp. (0, 04 g dan tablеtkalar holida) Gipotensiv vositalar va spazmolitiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Bosh miya tomirlari spazmlari, stenokardiya, endoarterit, xolesistit, pilarospazm, spastic kolitlar, siydik yo’llari spazmi, bronxospazm, gipertoniya va b.

Download 25.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling