Tez tibbiy yordamda qo’llaniladigan dori-darmonlar haqida


Download 25.92 Kb.
bet7/7
Sana24.03.2023
Hajmi25.92 Kb.
#1290434
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
@TezyordamUZB Дори воситалар руйхати.

Geparin 5.0 – fl. Antokoagulyantlar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Sun'iy qon aylanish tizimida, yirik qon tomirlarining trombozi va tromboemboliyalarida, miokard infarktining o`tkir davrida kеng ishlatiladi.
Moneliklar: O’smalar, gemoragik diatezlar, jigar va buyrak og’ir kasalliklari, anemiya, tomirlar o’tkazuvchanligi kuchayishi, leykozlar, qon oqishi bilan kechadigan yara kasalliklari vab.
Serukal (serukglan, Mеtoklopramid) 2.0 amp. Qusishga qarshi vositalar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Har qanday holat va kasalliklarda ko’ngil aynishi va qusishlarda ishlatiladi.
Furosemid 1 % 2.0 amp. Diuretiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Gipertonik kriz, qon aylanish doirasidagi qon dimlanishi, gipertenziya bilan o’tayotgan jigar sirrozi, o’tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, o’pka va miya shishuvi, barbituralar bilan zaharlanishlarda, eklampsiya.
Moneliklar: Homiladorlikning birinchi yarmi, gipokaliemiya, jigar komasi, buyrak yetishmovchiligining so’ngi pallasi, siydik yo’llarining mexanik tutilishi.
Kofein natriy benzoat 20 % 1.0 amp. Neyrotrop vositalar (MNSga ta’sir etuvchilar), analeptiklar, Psixostimulyatorlar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Uxlatuvchi, narkoz vositalari bilan zaharlanishda, yurak ishi zaiflashganda (kollaps, shok va boshqa holatlarda), stеnokardiya, nafas sustlashganda va hakozolarda.
Moneliklar: Qarilikda, ateloskleroz, gipertoniya, uyqusizlik, yurak, qon – tomir sistemasi organic kasalliklari, glaukoma.
Deksametazon 4 mg amp. (gormonal dori hisoblanadi)
Ishlatilishi: Addison kasalligi, yarim o’tkir tireodit, gipotireoz, tireotoksikoz, gematoblastozlar (leykoz, limfosarkoma va b.), allergik kasalliklar (bronxial astma, zardob kasalligi, dermatitlar), revmatizm, infeksion – allergic poliartrit, gipotoniya, allergiyalar, hayvonlar bilan jarohatlanganda, autoimmum gemolitik anemiyalar va boshqa ko’p xollarda keng ishlatiladi.
Moneliklar: Gipertoniya, Itsenko – Kushing sindromi og’ir hollarida, homiladorlik, o’tkir endokardit, psixozlar, nevrit, me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi, zaxm, silning aktiv xili, qandli diabet.
Prednizalon 25 mg amp. (gormonal dori hisoblanadi)
Ishlatilishi: Shoklar, buyrak usti bezi o’tkir yetishmovchiligi, gipotoniya, shuningdek deksametazon bilan bir xil kasalliklarda ishlatiladi.

Izoh: *ishorasi faqat venaga qilinadigan dorilar hisoblanadi, ularni mushak orasiga qilish man etiladi.


+ ishorasi faqat mushak orasiga qilinadigan dorilardir, ular venaga qilinmaydi.

Qolgan barcha vositalar vaziyatga, bemor ta’biriga, kasallik turiga qarab yo venaga, yoki mushak orasiga, teri ostiga, teri orasiga qilinishi mumkin.




OSIYO XALQARO UNIVERSITETI @oxu_medical
Download 25.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling