Qum ishlab chiqarish texnologiyasi
SHag‘alni yuvish va boyitish
Download 1.01 Mb.
|
1-amaliy ish (2)
SHag‘alni yuvish va boyitish.
SHag‘alni gidromexanizatsiyalashgan qazib olishda yuvish ishlari, changsimon, gilsimon va loysimon bo‘laklarni olib tashlash birgalikda bajariladi. Konlarni quruq usulda qayta ishlashda olingan shag‘al elash jarayonida suv bilan yuviladi. Biroq ko‘p hollarda shag‘alda tozalash qiyin bo‘lgan gilli qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi, ularni tozalashda nafaqat suvda yuviladi, balki maxsus mashinalarda mexanik ta’sir ko‘rsatiladi. Rasm-3.5. SHag‘al yuvuvchi skrubber-butardaning sxemasi: 1-ortish novi; 2-tishli po‘lat baraban; 3-panjara qism(butarda); 4-suvni uzatish. Masalan, skrubber-butarda (rasm-3.5) yirik shag‘allar barabanning aylanishida qayta ishlanadi, bunda baraban ichi tishli po‘lat list bilan qoplanadi, natijada dona yuzasidagi gil plyonkasi olib tashlanadi. K-12 va K-14 markali shag‘al yuvgichlarda yirikligi 40mm gacha bo‘lgan materiallar tozalanadi va uning mahsuldorligi 70-100 m3/soat ni tashkil etadi. Yuvish davomiyligi 2-3 min, suv sarfi esa 2,5-3 m3/tonna. Hozirgi vaqtda truba shaklidagi ishchi organli titratib-yuvuvchi mashinadan samarali foydalanilmoqda. Titratib-yuvuvchi mashina yirikligi 20-120mm yiriklikdagi materiallarni yuvishda ishlatiladi, bunda o‘rtacha va qiyin yuviladigan qo‘shimchalar 10-12% ni tashkil etishi kerak. Titratib-yuvuvchi mashinaning mahsuldorligi 30-70 m3/soat, suv sarfi esa 40100m3/soat ni tashkil etadi. Bunday mashina sxemasi rasm-3.6 da keltirilgan. Rasm3.6. Titratib-yuvuvchi mashina: 1-qoplangan tarnov; 2-suvni jo‘natish; 3-prujinali osma; 4- titratgich; 5shag‘alni ortish Rasm-3.7. Shag‘al donalarining elastikligi bo‘yicha ajratish mashinasi: 1yuqori sifatli shag‘alni boyitish; 2-keyingi sinf; 3-past sifatli shag‘al; 4-elastik plita; 5-qayta ajratishga jo‘natish; 6-ta’minlovchi; 7- sarflanuvchi shag‘al. SHag‘alni yuvish qoplangan qiya joylashtirilgan tarnovlarda bajariladi. Tarnovda titratish natijasida shag‘al bo‘sh holatga keladi, vint shaklidagi harakatlanishi sababli, to‘kish qismiga joylashadi. Donalar o‘zaro ishqalanishi va suv qo‘shilishida gilli qo‘shimchalardan tozalanadi. SHag‘alni va chaqiq toshni boyitish jarayoni bir qancha usullarda bajarish mumkin: elastiklik xususiyati, dona zichligi va boshqa. SHag‘alni elastikligi bo‘yicha ajratishning eng oddiy va keng tarqalgan usuli rasm-3.7 da keltirilgan. SHag‘al donalari ta’minlovchi yordamida kichik qavatlarga taqsimlanadi va pastga uloqtiriladi. Qiya po‘lat plitaga ma’lum balandlikdan tushayotgan shag‘al donalari o‘zining elastiklik kuchi ta’sirida turli burchak ostida otiladi, bunda donalar turlicha tezlik va traektoriyaga ega bo‘ladi. O‘ta mustahkam va elastik shag‘al donalari uzoqroqqa otilsa, nisbatan bo‘shlari-yaqinroqqa va alohida bunkerda yig‘iladi. Bu holatda, donalarning harakat tezligi ularning elastikligi bilan birga dona shakli va yirikligiga bog‘liq. Biroq bo‘sh donalarning boyitilgan shag‘al bunkeriga tushishi ehtimoli kam. Sanoat tajribasidan ma’lumki boyitishning bunday usuli etarlicha samara beradi. Alohida donalarni turli ishqalanishi bo‘yicha boyitish, boyitilgan materialning tabiiy (rasm-4.8) burchagi bo‘yicha amalga oshiriladi. Donalarning qiya yuzasi bo‘yicha harakatlanishi tezligi asosida ma’lum bunkerga tushadi. Baraban tipidagi separator po‘lat silindrdan iborat bo‘lib, material oqimiga qarshi aylanadi (rasm-4.9). Boyitiliayotgan material yo‘naltiruvchi varonka bo‘yicha barabanga uzatiladi. Nisbatan mustahkam donalar bir tomonga tushsa, nisbatan bo‘sh donalar esa boshqa tomonga tushadi. Rasm-3.8. Shag‘alni (chaqiq toshni) Rasm-3.9. Baraban tipidagi donalari harakati tezligi bo‘yicha separator ajratish
suv Shag‘al donalarini zichligi bo‘yicha ajratish, gravitatsion ham deb ataluvchi usul shunga asoslanganki, bunda mustahkam donalar nisbatan zich bo‘ladi, bo‘shlari esa nisbatan g‘ovak, engil bo‘ladi. Gravitatsion usulda shag‘alni og‘ir muhitda cho‘ktirish va boyitish mumkin. Cho‘ktirish muhiti quyidagilardan iborat. Agar bir jinsli bo‘lmagan materialni teztez titratib turilsa qavatlanish yuzaga keladi, ya’ni og‘ir donalar pastga cho‘kadi, engillari esa yuqoriga chiqadi (rasm-3.10, a). Agar aralashma bir xil yiriklikdagi og‘ir va engil donalardan (rasm-5.10. a) tashkil topsa, u holda ko‘p martali titratishda qavatlanish chizig‘i balandlik o‘rtasida (rasm-3.10, b) hosil bo‘ladi. Sanoatda shag‘alni cho‘ktirish suvli muhitda bajariladi. SHag‘al cho‘ktirish mashinalari qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas panjarali bo‘ladi. Qo‘zg‘almas panjarali shag‘al cho‘ktirish mashinasining sxemasi (rasm- 3.12) da keltirilgan. Bunda porshen yoki diafragmani harakatlanishi suv pulsatsiyasida yuzaga keladi. Boyitilayotgan material qavati chiquvchi suv oqimida ko‘p marta titratiladi va tindiriladi. Material to‘la qavatlangandan so‘ng qavatlar alohida ajratiladi. Rasm-3.12. Qo‘zg‘aluvchan panjarali shag‘al(chaqiq tosh)ni cho‘ktiruvchi mashina: 1-yuklash tarnovi; 2-panjara; 3-yuvilgan qoldiq(shlam); 4-og‘ir fraksiya; 5-engil fraksiya; 6-tarmog‘. Rasm-3.13. To‘ldiruvchilarni og‘ir muhitda ajratuvchi separator: 1-suspenziyani uzatish; 2-cho‘kgan fraksiya; 3-baraban; 4-suzib chiqgan fraksiya. Shag‘alni boyitish xuddi shunday qo‘zg‘aluvchan panjarali cho‘ktiruvchi mashina (rasm-5.13) da ham bajariladi, faqat bu holatda suvning va boyitilayotgan materialning nisbiy harakatlanishi krivoship-shatun mexanizmi yordamida panjaraning pulsatsiyasi orqali bajariladi. Og‘ir muhitda shag‘alni ajratish yanada samarali hisoblanadi. U quyidagilardan iborat. Agar donalari zichligi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmagan materialni zichligi boyitilayotgan materialning engil donalari zichligidan katta va og‘ir donalari zichligidan kichik suyuqlikka joylashtirilsa, u holda engil (nisbatan bo‘sh) donalar yuzaga suzib chiqadi, og‘irlari esa cho‘kadi. Ajratuvchi muhit sifatida suv va magnetit kukuni (ρ = 4,9-5,2 g/sm3), ferrosilitsiy (ρ = 6,3 g/sm3) yoki boshqa og‘ir materiallar suspenziyasi ishlatiladi. Bu materiallar o‘ta mayin tuyilgan bo‘lishi shart. SHag‘alni og‘ir muhitda boyitishda rasm-6.13 da keltirilgan separatorlar ishlatiladi. Separatorga solingan shag‘al donalari barabanning aylanishida uning spiraliga joylashadi. Suspenziyaga cho‘kgan donalar elevator yordamida tarnovda uzatiladi. Suspenziya to‘xtovsiz barabanga kelib tushadi va suzib chiqgan donalar bilan oqib chiqadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling