Maydalagichlar turlari va qisqacha ta’rifi
Maydalagichlar konstruksiyasi va maydalash prinsipi bo‘yicha jag‘li, konusli, valkali, bolg‘ali turlarga bo‘linadi.
Erkin tebranadigan jag‘li maydalagichlarda material ikkita jag‘ orasiga tushib eziladi, ulardan bittasi siljimaydigan, ikkinchisi siljiydigan-tebranadigan. Tebranadigan jag‘ harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan o‘qga sharnir osib qo‘yilgan va damaki-damaki siljimaydigan jag‘ga yaqinlashadi va uzoqlashadi.
Maydalanadigan material (shag‘al) ikki jag‘ orasiga yuqoridan tushadi. Maydalangan maxsulot siljiydigan jag‘ orqaga qaytganda maydalagichdan pastga tushadi.
Maydalangan maxsulotda parchalar maksimal yirikligi jag‘lar orasidagi chiqish joyidagi tirqish eni bilan ifodalanadi.
Rasm -4.3. Jag‘li maydalagich
Konusli maydalagich uzining tipovoy o‘lchamlari tartibi bo‘yicha yirik, o‘rtacha va mayda maydalash turlariga bo‘linadi.
Konusli maydalagichning asosiy maydalash harakati – ezish b’zida parchalash. Materialni maydalash uzluksiz davom etadi, bu esa jag‘li maydalagichga nisbatan materialni maydalash kamerasida ko‘proq vaqt bo‘lishini ta’minlaydi.
Rasm -4.4. Konusli maydalagich
Rotorli maydalagich
Rotorli maydalagich yumshoq materiallarni maydalashga mo‘ljallangan.
Rotorli maydalagich shuningdek kam abraziv (charxlash, silliqlash asboblari uchun ishlatiladigan mayda donador qattiq materiallar) materiallarni maydalash uchun ishlatiladi.
Qattiq jinslarni rotorli maydalagichda maydalash samarasizdir, chunki maydalash elementlari tezda ishdan chiqadi.
Rotorli maydalagichlarning afzalliklari:
ishlab chiqarish quvvati yuqoriligi (yuqori samarador);
konstruksiyasi soddaligi; selektiv maydalash imkoniyati ( mustahkamligi bo‘yicha yumshoqroq zarralar yaxshi maydalanadi).
Rasm -4.5. Rotorli maydalagich
Do'stlaringiz bilan baham: |