Qum litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik


Download 72.26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi72.26 Kb.
#225464
Bog'liq
Tuproq - Vikipediya



Tuproq

Tuproq(qum) — litosfera yuza

qavatlarining suv, havo va tirik

organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan

shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro

bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan

tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va

unumdor qatlami. T.ning nuragan tog

jinslaridan farq qiladigan eng muhim

xususiyati — unumdorligidir (qarang

Tuproq unumdorligi). T.ni oʻrganish va

uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash

hamda unumdorligini oshirish usullarini




ishlab chiqish singari masalalar bilan

tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. T.

hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq

ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami,

hududning relyefi va geologik yoshi

hamda odamning xoʻjalik faoliyati.

Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari

yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod,

havo harorati, mexanik kuchlar, suv va

unda erigan moddalar, havo,

mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar

(yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi

(nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib,

gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam

vaqt o'tishi bilan yangi xususiyat — nam

sigʻimi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan




bir oz miqdordagi oziq moddalarga ega

boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi

mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati

tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun

sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz

hayoti uchun zarur oziq moddalarni

oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud

boʻlgan oʻsimlikning bir qismi

mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib,

mineral moddalarga, qolgan qismi esa

murakkab biokimyoviy jarayonlar

natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi.

Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz

davom etadigan nurash sharoitida sodir

boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon

moddalar hamda organik qoldiqlar

taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer



poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak

qatlam — T. paydo boʻladi. Iqlim, tuproq

ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami,

hudud relyefi kabi omillarning T. hosil

boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha

boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda

oʻziga xos T. tiplari vujudga keladi. Mas.,

tayga zonasida chimli podzol T.,

dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda

esa sur tusli qoʻngʻir T.lar va b (qarang

Tuproq zonasi).

Odamning xoʻjalik faoliyati qam T. hosil

boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas.,

oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov

berish, uning meliorativ holatini

yaxshilash, organik oʻgʻit solish va




boshqa bilan tuproqqa bevosita taʼsir

koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri

mutanosiblikda olib borilganda T. hosil

boʻlish jarayonini va xususiyatlarini

maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.

T. qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik

tarkibiy qismlardan tashkil topgan.

Ularning bir-biriga nisbati turli T.lardagina

emas, balki bir T. tipining har xil

qatlamlarida ham turlicha. T. qattiq

qismini mineral moddalar tashkil qiladi.

Tabiiy joylanishda qattiq zarralar T.

massasining maʼlum qismini egallaydi,

qolgan qismini esa zarralar va ularning

agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik

hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar




(gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu

boʻshliqlarning umumiy yigʻindisi T.

gʻovakligi deyiladi. T. gʻovakligi kapillyar

va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli

T.ning mayda zarralari kapillyar

oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik

esa makrostruktura elementlari

oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng .

T.ning mineral qismidagi g'ovakligi 40—

60%, botqoqi va gleylangan Tlarda esa

27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik T.ning

solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq.

Kovaklarda T.ning suyuq qismini tashkil

qiluvchi, tarkibida erigan moddalar —

tuproq eritmasi boʻlgan tuproq nami

hamda T.ning gaz holatidagi qismini

tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. T.



tarkibidagi suv va havo miqdorining

nisbati atmosfera yogʻinlari, sugʻorish va

grunt suvlari hamda suvning sarflanishi,

yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib

ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari

orqali shimilishi va boshqa bilan bogʻliq

holda oʻzgarib turadi. Mana shu

sharoitlar tuproqning suv va havo rejimini

belgilaydi. T.dagi havo tarkibi atmosfera

havosidan (O220,96%, SO20,03%) farq

qiladi (tuproq hajmiga nisbatan %

hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot

miqdori deyarli teng .

T.ning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo

miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik



boʻlib, T. tuzilishi, strukturasi va suvga

chidamligiga bogʻliq.

T.ning solishtirma massasi maʼlum hajmli

T. qattiq qismi ogʻirligining 4° da olingan

xuddi shunday hajmdagi suv ogʻirligiga

boʻlgan nisbati bilan belgilanadi. T.

mineral qismlarining solishtirma massasi

mineralogik tarkib va undagi organik

moddalar tarkibiga bogʻliq (2,50— 2,80

g/sm3 gacha boʻladi). Krvushmasi

buzilmagan T. zichligi deb tabiiy

holatdagi 1 sm3 T. ogʻirligining gramm

hisobidagi vazniga aytiladi va T.ning

gʻovakligi va qattiq fazaning oʻrtacha

zichligi bilan belgilanadi. Unumdorlik

darajasini belgilovchi tuproqning




kimyoviy tarkibi, fizikkimyoviy,

fizikmexanik va boshqa xususiyatlari

maʼlum darajada undagi singdiruvchi

kompleks tabiati va tarkibiga bogʻliq.

Tuproqning ana shu singdiruvchi

kompleksi xususiyatlariga qarab yerlarni

yaxshilash tadbirlari belgilanadi.

T.ning tirik tarkibiy qismi tuproq

mikroorganizmlari (qarang Mikroflora),

umurtqasiz hayvonlarning koʻpgina

guruhlari — eng sodda hayvonlar,

chuvalchanglar, mollyuskalar, hasharotlar

vakillaridan hamda yerni oʻyuvchi

umurtqalilar (yumronqoziq, sichqon,

kalamush) va h.k.dan tashkil topgan.



Moddalarning tabiatda aylanishi hamda

qayta joylanishi asosida T. morfologiyasi,

tarkibi va xususiyatlari profil boʻylab

yuqoridan pastga tomon maʼlum

qonuniyatga binoan oʻzgarib boradi va

tuproq gorizontlarining navbat bilan

almashinishida namoyon boʻladi.

Shuning uchun bu jarayonlarni bilmay

turib insonning hayot kechirish muhitini

tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan T.

qoplamidan notoʻgʻri foydalanish tuproq

eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va

botqoqlanishiga olib keladi. T.ning

ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq

xoʻjaligi.da pestitsidlardan foydalanish

qoidalari joriy qilingan (yana q. Tuproq

tasnifi, 

Tu proq


unumdorligi

).



Prasolov L. I., Pochvi Turkestana, L.,

1925; Bahodirov M., Rasulov A.,

Tuproqshunoslik, T., 1975; Genusov A.

3 ., Pochvi i zemelnie resursi Sredney

Azii, T., 1983; Pochvi Uzbekistana, T.,

1984; Konobeyeva G. M., Pochvoʻ

Uzbekistana, ix rayonirovaniye i

kachestvennaya otsenka, T., 1985;

Azimboyev S, Tuproq va uning turlari,

T., 1986.

Joʻraqul Sashpyurov.

Adabiyot



Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Tuproq&oldid=2068218

" dan 

olindi 



  Soʻnggi tahrir 1 yil avval Dilnora Mukhtorova tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha



foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling