Qum piyozi, jag’-jag, sassiq kovrakning(efemer va efemeroid o’simliklar) botanik tavsifi Reja
Download 268.49 Kb.
|
1 Qum piyozi, jag’-jag, sassiq kovrakning(efemer va efemeroid o’simliklar) botanik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- K i m y o v i y t a r k i b i .
Jagʻ-jagʻ, oddiy jagʻ-jagʻ, ochambiti (Capsella bursa-pastoris (L.) Medik.) — karamdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. 6 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1 turi — C. bursa-pastoris uchraydi. Tukli, baʼzan tuksiz poyasi oddiy yoki shoxlangan, boʻyi 10—50 sm. Tupbargdagi barglari bandli, oddiy, koʻpchiligi patsimon. Gullari mayda, siyrak shingilga toʻplangan. Tojbargi oq. Mevasi teskari yuraksimon uchburchak shaklli yoki ponasimon qoʻzoq. Bir oʻsimlik 70 minggacha yashovchan urugʻ beradi. Oʻsimlik erta baxorda una boshlaydi va kech kuzgacha rivojlanishi davom etadi. Maysalari yer betida toʻpbarg hosil qiladi. J.-j. qor ostida qishlab, erta bahorda yana rivojlanishni davom ettiradi. Hamma yerda tarqalgan. Koʻpgina ekinzorlarda, begona oʻt sifatida oʻsadi. Shuningdek, yoʻl yoqalari, ariq boʻylarida oʻsadi.
Kurash choralari: kuzgi shudgor, ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish, qator oralarini kultivatsiya qilish. Boronalashdan avval treflanning (4—6 kg/ga) suvli emulsiyasini purkash va tezda borona qilish. Shuningdek, kotoran (1,0—1,6 kg/ga), kotofor (0,8—1,3 kg/ga), prometrin (1,3— 2,5 kg/ga) sepiladi.[1] Mahsulot kuchsiz, o‘ziga xos hidli boiib, mazasi achchiq. XI DF ga ko‘ra, mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 10%, 10% li xlorid kislotada verimaydigan kuli 2%, organik aralashmalar 2% va mineral aralashmalar 1% dan oshiq bolmasligi kerak. Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 1 mm boigan elakdan o‘tadigan maydalangan qismlar 2% dan, ildizidan ajratilmagan poyalar yoki ayrim holdagi ildizlar, sarg‘aygan barglar va zamburug' bilan zararlangan o‘simlik bo‘laklari 3%, qirqilgan mahsulot uchun: teshigining diametri 7 mm li elakdan o‘tmaydigan yirik qismlar 10% dan, teshigining diametri 0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan maydalangan qismlar 10% dan oshiq bolmasligi lozim. 70% li spirtda yeruvchi ekstrakg moddalar miqdori 10% dan kam bo‘lmasligi kerak. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida gissopin glikozidi, bursa kislota, 0,12% askorbin kislota, vitamin K1, olma, limon, vino, fumar kislotalar, xolin, atsetilxolin, tiramin, inozit, flavonoidlar (uiosmin va boshqalar), saponinlar, oshlovchi hamda boshqa birikmalar bo‘ladi. Ishlatilishi. Jag‘-jag‘ o‘simliginingpreparatlari tuqqandan keyin va bachadon kasalliklarida qon oqishini to‘xtatish uchun hamda bachadon zaiflashganda uni tonusiovchi vosita sifatida ishlatiladi. Download 268.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling