Qumli cho‘l tuproqlarda shamol eroziyasini g‘O‘za hosildorligiga ta’siri turdaliyev Avazbek Turdaliyevich
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
qumli-cho-l-tuproqlarda-shamol-eroziyasini-g-o-za-hosildorligiga-ta-siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq tadqiqotlari uslubiyati.
Tadqiqot ob’ekti. Markaziy Farg‘ona qum barxanlari asosan, cho‘l yerlarimizga to‘g‘ri
keladi. Farg‘ona vodiysi g‘arbdan Tojikiston respublikasi Xo‘jand viloyati, shimoldan Qirg‘iziston respublikasi Osh viloyati bilan chegaradosh. Markaziy Farg‘onaning cho‘l yerlari o‘tloqi va qumli tuproqlardan iborat bo‘lib, bizning tajriba o‘tkazgan maydonimiz Farg‘ona viloyati Yozyovon tumaniga to‘g‘ri keladi. Yozyovon tumani 1952 yilda tashkil topgan bo‘lib, viloyatning Toshloq, Qo‘shtepa, Oltiariq, Buvayda tumanlari, Namangan viloyatining Mingbuloq, Pop tumalari, Andijon viloyatining Ulug‘nor, Bo‘z tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,41 ming km 2 . Yozyovon tumani asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bo‘lib, yetakchi tarmog‘i paxtachilikdir. Shuningdek, Yozyovon tumani fermer va shaxsiy xo‘jaliklarida 15,6 ming qoramol, 18,6 ming qo‘y va echki, 270 dan ziyod yilqi, 10,5 ming parranda, 600 ga yaqni asalari uyasi bor. Pillachilik yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari esa, tumandan Farg‘ona – Namangan, Qo‘qon – Andijon avtomobil yo‘llari o‘tgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, tuman kelajakda viloyatda barcha soxalar bo‘yicha asosiy tumanlardan biriga aylanadi. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 191 Xo‘jalik yerlarining ko‘p qismi qarib 30 % yerlari qum yerlardan iborat. Unga chegaradosh fermer xo‘jaligi yerlari ham qumli maydonlarni tashkil qiladi. Sharoitdan kelib chiqqan umumiy maydoni 85 gektariga paxta ekiladi, 35 gektariga bug‘doy ekilgan. Tuproq tadqiqotlari uslubiyati. Sug‘oriladigan yerlarni sifatini, agrokimyoviy va boshqa xossalarini aniqlash uchun izlanishlarimizda tuproqni dalada tadqiq etishni Dokuchayev usuli, tuproq-tartibot usuli, tuproqni fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy va boshqa xossalarini o‘rganishda maxsus o‘ziga xos tahlil usullari va uslubiyatlardan foydalanildi. Tuproqlarni tadqiq qilishda yuqorida ko‘rsatilgan uslubiyatlardan foydalanib, dalada 4 ta asosiy kesma qazildi va mos ravishda tuproq namunalari olindi hamda ularga morfologik izoh yozildi. Bundan tashqari, o‘rganilayotgan maydonda tuproq ayirmalarini aniqlash va chegaralarini o‘tkazish uchun yarim chuqur va chuqurchalar qazib morfologik belgilari o‘rganildi. Qazilgan tuproq kesmalarida genetik qatlamlar ajratilib, har bir ajratilgan qatlamlardan tahlil uchun 500-700 g atrofida tuproq namunalari olindi. Olib kelingan tuproq namunalaridan tuproqning meхanik tarkibi, gumus miqdori, azot, fosfor va kaliy miqdorlari, suvli so‘rim tarkibi va boshqa ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tuproq va suv namunalarining kimyoviy tahlili, tuproq gumusi, singdirilgan kationlari tarkibi, yalpi va harakatchan azot, fosfor, kaliy miqdorlarini aniqlashda umum qabul qilingan O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (SoyuzNIXI, 1973) uslubiyatidan hamda “Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых районах” nomli qo‘llanmasidan foydalanildi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling