Qurbongeldiyev ortiqning optika fanidan


Kristall panjara tugunlari o`rni takrorlanishining doimiy xarakterga ega ekanligi, ya`ni uzoq tartibning o`rinliligi kristall jismlarga xos bo`lgan xususiyatdir


Download 0.7 Mb.
bet6/20
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1551061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Qurbongeldiyev Ortiq

Kristall panjara tugunlari o`rni takrorlanishining doimiy xarakterga ega ekanligi, ya`ni uzoq tartibning o`rinliligi kristall jismlarga xos bo`lgan xususiyatdir.


Qattiq jismlarning bir turi kristall jismlar hisoblanadi. Kristall jismlarning eng xarakterli tomoni shundaki, ularni tashkil etuvchi zarralar aniq geometrik shaklda joylashishidir. Masalan, osh tuzi NaCl kristallari kub shaklida, kvars kristallari prizma ko`rinishiga ega. Kristall jismlarning asosiy xarakterli alomati unda anizotropiyaning mavjud bo`lishidir. Anizotropiya deb bir jinsli jismni fizik xossalarini turli yo`nalishlarda har xil bo`lishiga aytiladi. Kristall jismlarda issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti, yorug`likning tarqalish tezligi, elastiklik moduli, issiqlikdan kengayish koeffitsienti va boshqa fizik xossalari turli yo`nalishlarda har xil bo`ladi. Kristall jismlarning asosiy alomati, unda zarralarning (atom, molekula yoki ion), ma`lum bir tartibda joylashishidir. Kristallarning muvozanat holati uchun uch o`lchami bo`yicha zarralarning davriy takrorlanib joylashishiga kristall panjara deyiladi. Zarralar o`rtasidagi o`rtacha masofani o`lchashda va kristall jismlarni ma`lum panjara tuzilishiga ega ekanligini aniqlashda rentgenogrammalardan foydalaniladi. Kristall jismlarda zarralarning muayyan tartibli joylashishi jismning butun hajmiga tegishli bo`lib, buni uzoq tartib deb yuritiladi. Amorf jismlarda zarralarning bunday tartibli joylashishi faqat qo`shni atomlarigagina xos bo`ladi, buni yaqin tartib deb yuritiladi. Amorf jismlar o`zining issiqlik xossalariga ko`ra kristall jismlardan keskin farq qiladi. Amorf jismlarga kristall qattiq jismlarga berilgani kabi issiqlik berilsa, u issiqlik ta`sir etgan qismi suyuq holatga aylanib, qolgan qismi qattiq holatda turaveradi. Uning harorati ikkala holatda tamomila farqli bo`ladi.


1.3 Kristallarning optik xususiyatlari.
Kristallooptika (kristallar va optika) — optika va kristallografiyaning chegaradosh sohasi; yorugʻlikning kristallarda tarqalishi qonunlarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi. Nurning ikkilamchi sinishi, yorugʻlikning qutblanishi, qutblanish tekisligining aylanishi, pleoxroizm va boshqa kristallarda tekshiriladigan muhim hodisalar hisoblanadi. X.Gyuygens va O.Frenel yorugʻlikning toʻlqin nazariyasiga asoslanib, kristalloptikaning asosiy qonunlarini ishlab chiqishgan. Makroskopik elektrodinamika hozirgi zamon nazariy kristallooptikaning asosini tashkil etadi. Kristalldan oʻtayotgan yorugʻlik qutblanadi, yaʼni yorugʻlik nuri tarqalishiga tik tekislikda yotuvchi faqat bir yoʻnalishda tebranadi. Kristallning turli yoʻnalishlarida yorugʻlik nurining sinish koʻrsatkichlari har xil boʻladi. Kristallning har bir yoʻnalishiga mos keluvchi qutblangan yorugʻlik nurining sinish koʻrsatkichi p miqdorlarining geometik shakli kristallning optik xossalarini toʻla ifodalaydi va buni optik indikatrisa deyiladi. Umumiy holda u ellipsoida sirtidan iboratdir. Koordinatalari O nuqtadan boshlanadigan toʻgʻri burchakli dekart sistemasida joylashgan ellipsoidning bosh oʻklaridagi p ning qiymatlarini kristallning bosh sindirish koʻrsatkichi, O nuqtasidan oʻtib, ellipsoidning aylanma kesimiga tik toʻgʻri chiziqni esa optik oʻqi deyiladi. Bosh sindirish koʻrsatkichlarining qiymatiga qarab optik izotrop va bir oʻqli hamda ikki oʻqli anizotrop kristallarga boʻlinadi. Umumiy holda anizotrop kristallarda yorugʻlik turlicha tezlikka ega boʻlgan ikkita toʻlqin koʻrinishida tarqaladi. Yorugʻlik optik oʻqlar boʻylab tarqalgandagina bu toʻlqinlarning tarqalishi mos keladi.
Kub shaklidagi kristallar optik izotrop boʻlib, bitta sindirish koʻrsatkichiga ega boʻlsa, boshqa turdagi kristallar optik jihatdan anizotrop hisoblanadi, yaʼni bu kristallarda optik xususiyatlari va yorugʻlik nurlarining qutblanishi kristall yoʻnalishlari boʻyicha nurlarning tarqalishiga qarab turlicha boʻladi. Geksagonal, trigonal va boshqa signoniyaga kiruvchi ikkinchi tartibdan yuqori bitta simmetriya oʻqli kristallarning optik indikatrisasi aylanma ellipsoid shaklida boʻladi. Bunday kristallarda nurning ikkita sindirish koʻrsatkichi kuzatiladi. Agar kristall rang (tartib)li boʻlib, kub shaklida (optik izotrop) boʻlmasa, uning rangi oʻtayotgan nur tebranishining yoʻnalishiga qarab oʻzgaradi. Kristall bir optik oʻqli boʻlsa, ikkita asosiy rangga, uch oʻqli boʻlsa, uchta asosiy. rangga ega boʻladi. Pleoxroizm deb ataladigan bu hodisa kristallni oʻrganishga yordam beradi.
Kristalooptikada kristall xossalarini aniqlash uchun optik doimiylari: nurning ikkilamchi sinishidagi kristallning sindirish koʻrsatkichlari, optik oʻqlar orasidagi burchaklar, optik indikatrisa holatini aniqlash usullari ishlab chiqilgan.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling