Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Sentrifugalash – markazdan qochirma kuch yordamida bir jinsli bo‗lmagan 
tizimlarni (masalan, suyuqlik – qattiq jism) ajratish. Suspenziyalarni ajratish
ifloslangan suyuqliklarni tindirish, qattiq zarrachalarining yirikligi bo‗yicha 
kukunlarni gidravlik tasniflash va boshqalar uchun qo‗llaniladi.
Cho„zish asbobi – to‗qimachilik korxonasining yigirish, pilta, pilik va 
boshqa mashinalarning asosiy ish organlaridan biri; pilik yoki piltaning qalinligini 
kamaytirishga xizmat qiladi; buning uchun pilik va pilta qovurg‗ali metal silindr va 
ularga bosib turadigan elastik qoplamali valiklar orasidan o‗tkaziladi; ayni vaqtda 
tolalar to‗g‗rilanadi va parallellashtiriladi. 
Cho„yan – bu tarkibida 2-6,7% uglerod bo‗lgan temir qotishmasidir. 
Cho‗yanda temir va ugleroddan tashqari kremniy, marganest, fosfor, oltingugurt va 
boshqa elementlarning aralashmalari bo‗lib, ular cho‗yanda boshlang‗ich 
materiallardan o‗tadi. Oltingugurt va fosfor zararli aralashmalar bo‗lib hisoblanadi.
Ekstraksiya (lat. Extrano – tortib olaman, chiqarib olaman) – tanlab olingan 
erituvchida ishlov berib, qattiq yoki suyuq aralashmalarni to‗liq yoki qisman 
ajratib olish usuli. Erituvchi miqdorini oshirish, aralashtirish, jarayonlarni teskari 
oqimli sxema bo‗yicha o‗tkazishda ekstraksiya samaradorligi oshadi. Toza 
farmatsevtika vositalarini, kimyoviy vositalarni olishda, shakar ishlab chiqarish va 
boshqalarda ektraksiyadan foydalaniladi. 
Ekssentrik (lotincha ex – tashqarida va sentrum – markaz) – mashinalar 
detali; aylanish o‗qi geometrik o‗qqa nisbatan ma‘lum masofaga siljigan stilindr 
yoki diskka ekssentrisitet deyiladi. Ba‘zan, ekssentrik mashinalarda kichik radiusli 
krivoship o‗rnini ham bosadi. 
Quyma – eritilgan metalni quyish orqali olinadigan tayyorlanma yoki 
detalning quyma shakli. Quymalar kulrang cho‗yandan, uglerodli va legirlangan 
po‗latlardan, rangli qotishmalardan tayyorlanadi. 


220 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling