Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Friksion uzatma
- Xrapovikli mexanizm
Texnologiya (yunoncha techno – san‘at, mahorat, udalash va ... logiya) –
ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xom ashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o‗zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmui; xom ashyo, material va yarim fabrikatlarga mos ishlab chiqarish qurollari ta‘sir etish usullari haqidagi fan. Har bir ishlab chiqarish tarmoqlari uchun alohida texnologiya ishlab chiqiladi (mashinasozlik texnologiyasi, asbobsozlik texnologiyasi, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat texnologiyasi va boshqalar). Urchuq (veretino) – patron, naycha, g‗altak va boshqalar kiydiriladigan aylanuvchi sterjen; piltani, kalava ip va iplarni pishitish hamda ma‘lum o‗lcham va shaklda o‗ramlar hosil qilishga mo‗ljallangan pilta, yigirish, yigirish-pishitish, pishitish va o‗rash mashinalarining asosiy ish organlari. Faza (grek. phases – paydo bo‗lish) 1) tebranish va to‗lqinlar nazariyasida – vaqtning har bir vaziyatida tebranish jarayonining holatini aniqlovchi kattalik. 2) termodinamikada – geterogen termodinamik tizimning barcha qismlari to‗plami bo‗lib, u bo‗linma sirtlari bilan cheklangan va tashqi kuch maydoni ta‘sir etmaganda o‗zining barcha nuqtalarida bir xil fizik xossalari bilan xarakterlanadi. Masalan, gazlar aralashmasi yoki eritma bitta fazadan, muz-suv-suv bug‗i esa uchta fazadan tashkil topgan. 3) elektrotexnikada - ko‗p fazali zanjir tarkibiga kiruvchi elektrik zanjirlardan biri. Friksion uzatma – vallarga o‗rnatilib, bir-biriga siqiladigan disk, silindr yoki konuslar orasida hosil bo‗ladigan ishqalanish kuchi yordamida bir valdan boshqasiga aylanma harakat uzatadigan mexanik uzatma. Friksion uzatma pog‗onasiz o‗zatmalar, friksion presslar va friksion bolg‗alarda ishlatiladi. Xrapovikli mexanizm – richagning qaytar-aylanma harakatini oraliq mexanizm yordamida xrapovik (tishli) g‗ildirakning faqat bir tomonga uzlukli 218 aylanma harakatiga aylantiradigan tishli mexanizm. Xrapovikli mexanizm ushlab turadigan qurilma (masalan, yuk ko‗tarish mashinalarida) sifatida yoki to‗xtab- to‗xtab bitta yo‗nalishda davriy aylanma harakat olishda (masalan, avtomatik liniyalardagi surish mexanizmlari) ishlatiladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling