Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4,07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rektifikatsiya
Prokatlash - prokatlanadigan quyma yoki tayyorlanmaning kesimini
kichraytirish va unga talab etilgan shaklni berish maqsadida prokatlash stanogining aylanuvchi valiklari orasida qisish yo‗li bilan metalga bosim ostida ishlov berish. Po„lat – bu uglerod bilan temirning qotishmasi bo‗lib, uning tarkibida 2% gacha uglerod mavjud. Temir va ugleroddan tashqari po‗lat tarkibida kremniy, marganest, oltingugurt, fosfor va boshqa elementlarning ham aralashmasi mavjud. Rezonans (lotincha reseno – aks sado beraman, javob beraman) – tizimga ta‘sir etuvchi tashqi kuch chastotasi ω ning xususiy tebranishlar chastotasi ω 0 dan birortasiga mos kelganda tizimning barqaror majburiy tebranishlari amplitudasi A ning keskin ortishi. Rektifikatsiya (lat. rektificatio – to‗g‗rilash, tuzatish) – bir necha komponentlardan tashkil topgan suyuq aralashmalarni ajratish usuli. Rektifikatsiya suyuqlikni bir necha marta bug‗latish va uning bug‗larini kondensastiyalashga yoki aralashmani bir marta bug‗latish so‗ngra komponentlarini ko‗p pog‗onali kondensatsiyalashga asoslangan. Rektifikatsiya kimyo sanoatida, spirt olishda, neftni qayta ishlash sanoatida (masalan, suyuq eritmalarni ajratib olish uchun), 215 shuningdek suyuqlantirilgan gazlarni ajratish uchun qo‗llaniladi. Silumin – alyuminiyning kremniy bilan qotishmasidir. Siluminlar yuqori quyish xossalariga, ya‘ni kam cho‗kish, yaxshi suyuq oquvchanlik va alyuminiyga nisbatan yuqori mustahkamlikka ega. Biroq bu xossalarni olish uchun qotishmalarni qotishma massasidan 0,1% miqdorda metal natriysi bilan modifikatsiyalash zarur. Sinxronlash (yunoncha seychrons – bir vaqtli) – ikki yoki undan ortiq jarayonni sinxronlikka keltirish; ya‘ni jarayonning bir xil yoki mos elementlarini faza bo‗yicha o‗zgartirmay siljitib yoki bir vaqtda o‗tishiga keltirish. Davriy jarayonlarni sinxronlash o‗zaro muvofiqlikka keltirib, masalan, ularning davr (chastota) larini tenglab yoki karralikka keltirib va ularning boshlang‗ich fazalari o‗rtasida doimiy moslikni o‗rnatib erishiladi. Download 4,07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling