Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Prokatlash - prokatlanadigan quyma yoki tayyorlanmaning kesimini 
kichraytirish va unga talab etilgan shaklni berish maqsadida prokatlash stanogining 
aylanuvchi valiklari orasida qisish yo‗li bilan metalga bosim ostida ishlov berish. 
Po„lat – bu uglerod bilan temirning qotishmasi bo‗lib, uning tarkibida 2% 
gacha uglerod mavjud. Temir va ugleroddan tashqari po‗lat tarkibida kremniy, 
marganest, oltingugurt, fosfor va boshqa elementlarning ham aralashmasi mavjud. 
Rezonans (lotincha reseno – aks sado beraman, javob beraman) – tizimga 
ta‘sir etuvchi tashqi kuch chastotasi ω ning xususiy tebranishlar chastotasi ω
0
dan 
birortasiga mos kelganda tizimning barqaror majburiy tebranishlari amplitudasi A 
ning keskin ortishi. 
Rektifikatsiya (lat. rektificatio – to‗g‗rilash, tuzatish) – bir necha 
komponentlardan tashkil topgan suyuq aralashmalarni ajratish usuli. Rektifikatsiya 
suyuqlikni bir necha marta bug‗latish va uning bug‗larini kondensastiyalashga yoki 
aralashmani bir marta bug‗latish so‗ngra komponentlarini ko‗p pog‗onali 
kondensatsiyalashga asoslangan. Rektifikatsiya kimyo sanoatida, spirt olishda
neftni qayta ishlash sanoatida (masalan, suyuq eritmalarni ajratib olish uchun), 


215 
shuningdek suyuqlantirilgan gazlarni ajratish uchun qo‗llaniladi.
Silumin – alyuminiyning kremniy bilan qotishmasidir. Siluminlar yuqori 
quyish xossalariga, ya‘ni kam cho‗kish, yaxshi suyuq oquvchanlik va alyuminiyga 
nisbatan yuqori mustahkamlikka ega. Biroq bu xossalarni olish uchun 
qotishmalarni qotishma massasidan 0,1% miqdorda metal natriysi bilan 
modifikatsiyalash zarur.
Sinxronlash (yunoncha seychrons – bir vaqtli) – ikki yoki undan ortiq 
jarayonni sinxronlikka keltirish; ya‘ni jarayonning bir xil yoki mos elementlarini 
faza bo‗yicha o‗zgartirmay siljitib yoki bir vaqtda o‗tishiga keltirish. Davriy 
jarayonlarni sinxronlash o‗zaro muvofiqlikka keltirib, masalan, ularning davr 
(chastota) larini tenglab yoki karralikka keltirib va ularning boshlang‗ich fazalari 
o‗rtasida doimiy moslikni o‗rnatib erishiladi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling