213
jinslari, ma‘danlar va boshqa geologik jismlar minerallardan tashkil topgan. 2500
dan ortiq tabiiy mineral turlari mavjud. M: silikatlar, oksillar, gidroksillar, fosfatlar
va h.k.
Mineral moylar – neftni qayta ishlash, yoqilg‗i
slanetslar, qazilma
ko‗mirlarning suyuq moyli mahsuloti.
Nutromer – buyumlarning ichki chiziqli o‗lchamlari o‗lchanadigan asbob.
Konstruksiyasiga ko‗ra mikrometrik va indikatorli bo‗ladi. O‗lchash chegarasi 0,2
mm dan 10 m gacha.
Oquvchanlik – materialning elastik holatdan plastik holatga o‗tishidir.
Oquvchanlik chegarasi – deformatsiyalanishning elastik va plastik zonalari
orasidagi chegarani belgilaydi va plastik materiallar mustahkamligini baholashning
asosiy tavsifnomasi bo‗lib hisoblanadi.
Pilik mashinasi (rovnichnaya mashina) – yigiruv korxonalarida pilik
tayyorlovchi mashina. Pilik mashinasining asosiy qismi – cho‗zuvchi
asbob va
pishitish-kalavalash mexanizmidan iborat. Pilik mashinasida olingan pilik ip
olishda asosiy xom ashyo hisoblanadi.
Pilta (lenta) (nemischa linte, lotincha linteus – polotnodan, zig‗irdan
qilingan) – yigiruv
korxonalaridagi yarimfabrikat; piltada yarimfabrikatlar ozmi-
ko‗pmi to‗g‗rilangan, tekislangan va parallel joylashgan bo‗ladi. Pilta titish, pilta,
tarash mashinalarida olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: