Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig„ish bazasi
- Kalibrlangan po„lat
Drenaj nasosi - istalgan sig‗imlar yoki rezervuarlardan, shaxtalardan,
kanalizatsiya tizimidan suvlarni chiqarib tashlash uchun qo‗llaniladi. Zarbiy shovqin – ba‘zi texnologik jarayonlarda, masalan, kesish presslarida ishlagan paytda paydo bo‗ladi. Yig„ish bazasi – haqiqatda mahsulotning boshqa detallari mo‗ljallanadigan sirtlar, chiziqlar yoki nuqtalarning to‗plami. Kalibrlash – shakli va o‗lchamlari aniqligini oshirish uchun, shuningdek kesib ishlov berilgandan so‗ng sifatini oshirish uchun teshiklarga ishlov berish; po‗lat sharikka bosim berish orqali amalga oshiriladi. Kalibrlangan po„lat – ma‘lum qisishlar bilan sovuqlayin sudrab cho‗zilgan (kiryalangan), issiqlayin jo‗valangan po‗lat. Kalibrlangan po‗lat shaklining aniq o‗lchamlari, silliq sirti, yuqori mexanik xossalari bilan farqlanadi. Odatda doiraviy, ba‘zida esa kvadrat, oltiburchakli va boshqa ko‗rinishdagi kesimlarga ega bo‗lib, 6–15 metr uzunlikka ega. Kondensat (lat. condensatus – zichlashtirilgan, quyuqlashtirilgan) – bug‗ning kondensatsiyalashgan mahsuloti, ya‘ni sovitish natijasida uning gazsimon holatdan suyuq holatga o‗tishi. 210 Kondensatsiya (lat. condenso – zichlayman, quyuqlashtiraman) – moddaning gazsimon holatdan suyuq yoki kristall holatiga o‗tishi. Konstruktorlik bazasi – konstruktorning hisobi bo‗yicha ularga nisbatan mahsulotning boshqa detallari mo‗ljallanadigan sirtlar, chiziqlar va nuqtalarning to‗plami. Koromislo – richagli mexanizm zvenosi; qo‗zg‗almas o‗q atrofida faqat to‗liqmas burila oladigan ikki yelkali richag. Korroziya (lotincha corrodo – kemiraman). Metallarda korroziya – metallarning tashqi muhit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy ta‘sirlashuvi natijasida yemirilishi. Korroziya quyidagicha sinflanadi: Korrozion yemirilishning geometrik xarakteri bo‗yicha (masalan, sirt ostidan, kristallararo, u yer – bu yeridan); metalning muhit bilan ta‘sirlashuv xarakteri bo‗yicha – elektr toki o‗tkazmaydigan muhitlarda boradigan elektrokimyoviy; korrozion muhit xili bo‗yicha (masalan, atmosferada, gazda); metal korrozion muhit ta‘siri bilan bir vaqtda uchraydigan qo‗shimcha ta‘sir xarakteri bo‗yicha (masalan, kuchlanish ostidagi korroziya, ishqalanishdagi korroziya, kontakt korroziya va boshqalar). Korroziya natijasida buyumlar o‗z xossalarini materialning to‗la yemirilishiga qadar yo‗qotadi. Korroziyaning oldini olish uchun metalga korroziyabardosh komponentlar qo‗shiladi (zanglamaydigan, korroziyabardosh maxsus po‗latlar shunday olinadi), metal sirtiga boshqa metallar asosidagi himoya qoplamalari beriladi (xromlash, nikellash va boshqalar), buyumlar bo‗yaladi va boshqalar. Krivoship – krivoshipli mexanizmning qo‗zg‗almas o‗q atrofida to‗liq (360 0 ) aylanadigan zvenosi. Silindrik chiqiq-shipga ega; shipning o‗qi krivoshipning aylanish o‗qiga nisbatan o‗zgarmas yoki rostlanuvchan masofalarga siljigan bo‗ladi. Krivoship tirsakli val ko‗rinishida tayyorlanadi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling