Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Abraziv materiallar, abrazivlar–metallar, qotishmalar, tog‗ jinslari, shisha, 
qimmatbaho toshlar va boshqalarga ishlov berish uchun qo‗llaniladigan qattiq tog‗ 
jinslari va minerallar (tabiiy va sun‘iy). Tabiiy abraziv materiallar – olmos, korund, 
granatlar, kvars va boshqalar; sun‘iy – elektrokorund, karbokorund, bor karbidi va 
boshqalar. Abraziv kesish asboblarini tayyorlash, yuqori otashbardor mahsulotlar 
va boshqalarni ishlab chiqarish uchun qo‗llaniladi. 
Absorbsiya (lat. absorbeo - yutaman) – gaz aralashmasidan moddalarning 
suyuqlik bilan yutilishi. Adsorbsiyadan farqli ravishda absorbsiya yutgichning 
(absorbentning) butun hajmida sodir bo‗ladi.
Avtomat (yunoncha automatos – o‗zi harakatlanuvchi) – energiya, 
materiallar va axborotlarni olish, o‗zgartirish, uzatish va taqsimlash (foydalanish) 
jarayonlaridagi barcha operatsiyalarni berilgan dastur bo‗yicha odam ishtirokisiz 
bajaradigan qurilma (yoki qurilmalar majmui). 
Avtomatik boshqarish – obyektni boshqarish jarayoni; bunda berilgan 
boshqarish maqsadiga erishishni ta‘minlaydigan operatsiyalarni odam ishtirokisiz 
ishlaydigan tizim avvaldan berilgan algoritmga muvofiq bajaradi. Avtomatik 
boshqaruv avtomatik boshqarish tizimlarida qo‗llaniladi. 
Agregat (lotincha aggerego – ulayman) 1) mashinaning to‗la o‗zaro 
almashinadigan va texnologik jarayonda ma‘lum vazifani bajaradigan yiriklashgan, 


207 
birxillashtirilgan elementi (masalan, elektr yuritma, nasos); 2) birgalikda 
ishlaydigan bir qancha mashinalarning mexanik birikmasi. 
Adgeziya (lat. adhaesio – jipslashish, birikish, yopishish) – har xil jinsli 
qattiq yoki suyuq jismlar (fazalar) ning tegishib turgan sirtlari bilan jipslashishi, 
birikishi. Adgeziya molekulalararo ta‘sirlar bilan shartlanadi. 
Adsorbsiya (lat. ad – ga va sorbeo – yutaman) – eritma yoki gazlardan 
moddalarni qattiq jism sirtiga yutilishi. Adsorbsiyalanadigan moddaga adsorbat
adsorbsiya kechadigan jismga esa adsorbent deb aytiladi. Adsorbsiya suv va gazni 
tozalash (masalan, protivogazda havoni), gazlamalarni bo‗yash va boshqa 
jarayonlar uchun qo‗llaniladi. 
Alyuminiy – kumush rang – oq metall bo‗lib, yengil va bolg‗alanuvchan, 
korroziyaga chidamlidir. Alyuminiy yuqori elektr o‗tkazuvchanlikka va issiqlik 
o‗tkazuvchanlikka ega. Mashina detallarini tayyorlash uchun asosan uning 
qotishmalari bo‗lgan dyuralyuminiy va siluminlardan foydalaniladi.
Arqoq - to‗qimachilikda gazlamaning ko‗ndalang iplari; odatda 
gazlamaning bo‗ylama iplari (tanda)ga perpendikulyar joylashib, ular bilan 
o‗rilishadi. Ba‘zi gazlamalarda arqoq tandaga nisbatan ma‘lum burchak ostida 
joylashishi mumkin. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling