208
Mustahkamligi, plastikligi,
korroziyabardoshligi, antifriksion xossalari va
boshqalar qimmatli sifatlari yuqori bo‗lgan turli bronzalar texnikaning ko‗p
sohalarida ishlatiladi.
Valsovka (juvalash) – 1) shatunlar,
gayka kaliti, qaychilar, ombirlar va
boshqalar
uchun tayyorlanma, prokat olish uchun bolg‗alash juvalarida bosim
ostida metallarga ishlov berish. O‗xshash tayyorlanmani shtamplashdan ko‗ra
valstovkalashning unumdorligi yuqori. 2) Quvurlarni yumaloqlash uchun asbob;
markaziy konus bilan quvur devorlariga qistiriladigan
bir necha roliklar bilan
ta‘minlangan.
Germetizatsiya (idishlarni mustahkam jipslash bilan shug‗ullangan olim
Germes nomiga atalgan) – mashinalar, apparatlar, inshootlarning yoki suyuqlik va
gazlar uchun sig‗imlarning devorlari va birikmalarini o‗tkazmasligini ta‘minlash.
G. usullariga birikmalarni payvandlash va kavsharlash, gaz o‗tkazmaydigan quyma
detallarni, maxsus vakuumli materiallarni, germetiklarni qo‗llash va boshqalar
misol bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: