Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Statik 
mustahkamlik 
– materialning shaklini buzmagan yoki 
o‗zgartirmagan holda statik yuklamalar ta‘siriga qarshilik ko‗rsatish qobiliyati. 
Statik yuklama – qiymati, yo‗nalishi va qo‗yilish nuqtasi juda kam 
o‗zgaradigan yuklama. Hisoblashda ular vaqtdan bog‗liq bo‗lmagan holda qabul 
qilinadi va shuning uchun bunday yuklamalar tashlab yuboriladi va inersiya 
kuchlari bilan shartlanadi. Mashinaning xususiy og‗irligini statik yuklamaga misol 
qilib ko‗rsatish mumkin. 
Statik shovqin – 16 dan 20000 Gst gacha diapazonda kuch va chastotasi 
bo‗yicha turli xildagi tovushlarning tartibsiz harakati.
Suspenziya (lat. suspendo – osaman) – suyuq va qattiq fazalardan iborat 
dispers tizim bo‗lib, unda mayda qattiq zarrachalar suyuqlikda muallaq 
(aralashmagan) turadi (m., loyqa suv). Qog‗oz, rezina, bo‗yoq va boshqalarni 
ishlab chiqarishda suspenziya muhim rol o‗ynaydi. 
Tanda – to‗quvchilikda gazlama bo‗yicha ketadigan parallel iplar, gazlama 
to‗qish jarayonida tanda iplari odatda o‗zlariga tik joylashgan arqoq iplari bilan 
o‗riladi. 
Taxometr (yunoncha taych – jadallik, tezkor va metr) – mashina va 
mexanizmlar detallarining aylanish chastotasi (burchak tezligi)ni o‗lchaydigan 


216 
asbob. Taxometrning magnit, vibrastion, integrallovchi soat, stroboskopik, 
integrallovchi elektron, magnit indukstion, magnit elektrik, chastota impulsli, 
ferrodinamik, elektron-hisoblovchi (raqamli), pnevmatik va boshqa xillari bor. 
Taxometrning o‗lchash chegaralari 0 dan 1000000 ayl

min gacha. Ish diapazoni 
chegarasida ruxsat etiladigan xatolik ±0,05 dan ±4% gacha. 
Tebranishlar chastotasi – davriy tebranishlarning miqdoriy tavsifnomasi 
bo‗lib, tebranishlar sikli sonining ularni amalga oshishi vaqtiga nisbati bilan 
aniqlanadi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling