209
Disperslik – moddaning zarrachalarga parchalanish darajasi.
Dispers tizimlar – ikki yoki undan ortiq fazalar (jismlar) sonidan hosil
bo‗lgan tizim. Dispers tizimda fazalardan biri ikkinchi
fazaga mayda zarrachalar
ko‗rinishida tarqalgan. Dispers tizimlarga tutun, bulut, tog‗
jinslari, bo‗yoqlar
misol bo‗la oladi.
Dyuralyuminiy – bu alyuminiyning mis,
magniy va marganest bilan
qotishmasidir. Dyuralyuminiydan mahsulotlar qoliplash, prokatlash va bolg‗alash
kabi bosim usullari bilan tayyorlanadi.
Dinamik yuklama – vaqt bo‗yicha uning qiymati, yo‗nalishi va qo‗yilish
nuqtasining o‗zgarishini xarakterlovchi va konstruksiya
elementlarida inersiya
kuchlarini keltirib chiqaruvchi yuklama.
Drenaj - yerning zaxini tabiiy yoki sun‘iy qochirish, quritish; botqoqlikning
zaxini qochirish; shu maqsadda qurilgan zovurlar yoki quvurlar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: