Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Mexanik shovqin – mashinalarning massalari muvozanatlashmagan alohida 
uzel va detallarning harakati natijasida paydo bo‗ladi.
Metalning toliqishi – ko‗p martalab (davriy) deformatsiyalanishi natijasida 
metal holatining o‗zgarishi bo‗lib, uning yemirilishini tezlashtiradi. Toliqishga 
qarshilik chidamlilik chegarasi bilan xarakterlanadi. 
Mineral (franst. mineral – ma‘dan, ruda) – fizik xossalari va tarkibi 
bo‗yicha bir jinslilarga yaqin bo‗lgan tabiiy jism, kimyoviy birikma bo‗lib, yer 
qobig‗ida sodir bo‗ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo‗ladi. Tog‗ 


213 
jinslari, ma‘danlar va boshqa geologik jismlar minerallardan tashkil topgan. 2500 
dan ortiq tabiiy mineral turlari mavjud. M: silikatlar, oksillar, gidroksillar, fosfatlar 
va h.k. 
Mineral moylar – neftni qayta ishlash, yoqilg‗i slanetslar, qazilma 
ko‗mirlarning suyuq moyli mahsuloti. 
Nutromer – buyumlarning ichki chiziqli o‗lchamlari o‗lchanadigan asbob. 
Konstruksiyasiga ko‗ra mikrometrik va indikatorli bo‗ladi. O‗lchash chegarasi 0,2 
mm dan 10 m gacha. 
Oquvchanlik – materialning elastik holatdan plastik holatga o‗tishidir. 
Oquvchanlik chegarasi – deformatsiyalanishning elastik va plastik zonalari 
orasidagi chegarani belgilaydi va plastik materiallar mustahkamligini baholashning 
asosiy tavsifnomasi bo‗lib hisoblanadi. 
Pilik mashinasi (rovnichnaya mashina) – yigiruv korxonalarida pilik 
tayyorlovchi mashina. Pilik mashinasining asosiy qismi – cho‗zuvchi asbob va 
pishitish-kalavalash mexanizmidan iborat. Pilik mashinasida olingan pilik ip 
olishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. 
Pilta (lenta) (nemischa linte, lotincha linteus – polotnodan, zig‗irdan 
qilingan) – yigiruv korxonalaridagi yarimfabrikat; piltada yarimfabrikatlar ozmi-
ko‗pmi to‗g‗rilangan, tekislangan va parallel joylashgan bo‗ladi. Pilta titish, pilta, 
tarash mashinalarida olinadi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling