Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Drenaj nasosi - istalgan sig‗imlar yoki rezervuarlardan, shaxtalardan, 
kanalizatsiya tizimidan suvlarni chiqarib tashlash uchun qo‗llaniladi. 
Zarbiy shovqin – ba‘zi texnologik jarayonlarda, masalan, kesish presslarida 
ishlagan paytda paydo bo‗ladi. 
Yig„ish bazasi – haqiqatda mahsulotning boshqa detallari mo‗ljallanadigan 
sirtlar, chiziqlar yoki nuqtalarning to‗plami.
Kalibrlash – shakli va o‗lchamlari aniqligini oshirish uchun, shuningdek 
kesib ishlov berilgandan so‗ng sifatini oshirish uchun teshiklarga ishlov berish; 
po‗lat sharikka bosim berish orqali amalga oshiriladi. 
Kalibrlangan po„lat – ma‘lum qisishlar bilan sovuqlayin sudrab cho‗zilgan 
(kiryalangan), issiqlayin jo‗valangan po‗lat. Kalibrlangan po‗lat shaklining aniq 
o‗lchamlari, silliq sirti, yuqori mexanik xossalari bilan farqlanadi. Odatda doiraviy, 
ba‘zida esa kvadrat, oltiburchakli va boshqa ko‗rinishdagi kesimlarga ega bo‗lib, 
6–15 metr uzunlikka ega. 
Kondensat (lat. condensatus – zichlashtirilgan, quyuqlashtirilgan) – 
bug‗ning kondensatsiyalashgan mahsuloti, ya‘ni sovitish natijasida uning gazsimon 
holatdan suyuq holatga o‗tishi. 


210 
Kondensatsiya (lat. condenso – zichlayman, quyuqlashtiraman) – 
moddaning gazsimon holatdan suyuq yoki kristall holatiga o‗tishi. 
Konstruktorlik bazasi – konstruktorning hisobi bo‗yicha ularga nisbatan 
mahsulotning boshqa detallari mo‗ljallanadigan sirtlar, chiziqlar va nuqtalarning 
to‗plami.
Koromislorichagli mexanizm zvenosi; qo‗zg‗almas o‗q atrofida faqat 
to‗liqmas burila oladigan ikki yelkali richag. 
Korroziya (lotincha corrodo – kemiraman). Metallarda korroziya – 
metallarning tashqi muhit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy ta‘sirlashuvi 
natijasida yemirilishi. Korroziya quyidagicha sinflanadi: Korrozion yemirilishning 
geometrik xarakteri bo‗yicha (masalan, sirt ostidan, kristallararo, u yer – bu 
yeridan); metalning muhit bilan ta‘sirlashuv xarakteri bo‗yicha – elektr toki 
o‗tkazmaydigan muhitlarda boradigan elektrokimyoviy; korrozion muhit xili 
bo‗yicha (masalan, atmosferada, gazda); metal korrozion muhit ta‘siri bilan bir 
vaqtda uchraydigan qo‗shimcha ta‘sir xarakteri bo‗yicha (masalan, kuchlanish 
ostidagi korroziya, ishqalanishdagi korroziya, kontakt korroziya va boshqalar). 
Korroziya natijasida buyumlar o‗z xossalarini materialning to‗la yemirilishiga 
qadar yo‗qotadi. Korroziyaning oldini olish uchun metalga korroziyabardosh 
komponentlar qo‗shiladi (zanglamaydigan, korroziyabardosh maxsus po‗latlar 
shunday olinadi), metal sirtiga boshqa metallar asosidagi himoya qoplamalari 
beriladi (xromlash, nikellash va boshqalar), buyumlar bo‗yaladi va boshqalar. 
Krivoship – krivoshipli mexanizmning qo‗zg‗almas o‗q atrofida to‗liq 
(360
0
) aylanadigan zvenosi. Silindrik chiqiq-shipga ega; shipning o‗qi 
krivoshipning aylanish o‗qiga nisbatan o‗zgarmas yoki rostlanuvchan masofalarga 
siljigan bo‗ladi. Krivoship tirsakli val ko‗rinishida tayyorlanadi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling