Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
TNB ning asosiy vazifasi:
1. TNB ishlab chiqarish zvenolarida nazorat qiluvchi xodimlarni tanlash va joylashtirish. 2. Nazorat usullarini ishlab chiqish. 3. Nuqsonni hisobga olish va tahlil qilish 41 4. Mahsulot sifatini nazorat qilishda jahon andozalari, ilg‗or texnologiya usullarini tashkil qilish va tadbiq etish. 5. Xom ashyoni texnologik jarayonga kirishini nazorat qilish. 6. Tayyor mahsulotlar sifatini tanlash yo‗li bilan tekshirish. 7. Mahsulotni yangi namunasini sinovdan o‗tkazishda qatnashish. 8. Mahsulotni attestatsiyadan o‗tkazishga tayyorlashda qatnashish. Hozirgi vaqtda detallarni ishlab chiqarish jarayonida nazorat qilishning eng zamonaviy usullari (avtomatlashtirish, yoppasiga nazorat qilish)ni yaratishga keng e‘tibor qaratilgan. Texnik nazorat ishlab chiqarishning barcha qismlari (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlar, texnologik jarayonlar, asboblar, dastgohlar, uskunalar, tayyor mahsulotlar va boshqa) da amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan obyekt xususiyatiga ko‘ra, nazoratning kuzatib nazorat qilish, mexanik xususiyatlarni nazorat qilish, kimyoviy tahlil, metallografik tadqiqotlar o‘tkazish, sinab ko‘rib nazorat qilish va boshqa usullari bor. Tashkiliy jihatdan uning texnologik jarayonlarni nazorat qilish; operatsion nazorat (mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq operatsiya bajarib bo‘lingach, o‘tkaziladi); inspeksion (yoki tanlab) nazorat qilish; boshlang‘ich nazorat (korxonaga yetkazib berilgan materiallar, xom ashyo, yarim fabrikatlar, butlovchi detallar nazorat qilinadi); faol nazorat (mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida o‘lchov asboblari yordamida nazorat qilish); tayyor mahsulotni qabul qilish jarayonidagi nazorat va boshqa turlari bor. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling