Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Sifatni boshqarish — loyihalash va konstruksiyalash bosqichida maqbul
darajani ta‘minlash, zamonaviy ilmiy-texnik imkoniyatlar va xaridor talabiga mos keltirish, so‗ngra ishlab chiqarish jarayonida bu sifat ko‗rsatkichlarini real mahsulotda ta‘minlab berish demakdir. 1.4-rasm. Sifat halqasi. 33 Bu darajaga mahsulot sifatini kompleks boshqarish tizimlarni ishlab chiqib va tatbiq etib erishish mumkin. Davlat standartlashtirish tizimi mahsulot sifatini boshqarishning asosiy omili bo‗lib xizmat qiladi. Sifatni boshqarishning kompleks tizimiga quyidagilar kiradi: standartlar — maqsadni belgilovchi, ya‘ni mahsulot sifatiga qo‗yilgan talablar me‘yorlari; maqsadga erishishni ta‘minlovchi standartlar, ya‘ni sifatga ta‘sir etuvchi omillarni reglamentlashtirish. Ehtiyojni oldindan bilish standartlari, mahsulot sifat texnik darajasi standartlari savdo assortimenti va sifatni boshqarishning hamma bosqichlarida ishtirok etishi kerak. Loyihalash va tadqiq qilish bosqichida savdo tashkilotlari ishlab chiqarish va loyihalash korxonalariga yangi turdagi mahsulotni yaratish yoki yangilashga buyurtmalar berishlari kerak. Tajribaviy namunani qabul qilishda savdo xodimlari hal qiluvchi ovozlardan birini beradi, chunki yangi mahsulotning iste‘mol xossalariga to‗g‗ri baho berishi kerak. Tayyorlash bosqichida mahsulot attestatsiyadan o‗tkaziladi. Savdo xodimlari Davlat attestatsiya komissiyasiga a‘zo bo‗lib kirishadi. Bunda aholi talabi va ehtiyojidan kelib chiqqan holda mahsulot sifatiga xolisona baho berish kerak. Muomala va taqsimot bosqichida savdo xodimlari tovarlarni saqlash, tashish, sotish sharoitlarini shunday yaratishlari kerakki, unda mahsulot sifatiga zarar yetmasligi lozim. Bu bosqichda mahsulotlar sifat ko‗rsatkichlari bo‗yicha qabul qilinishi kerak. Ekspluatatsiya va iste‘mol qilish bosqichida tovarlarni to‗g‗ri ekspluatatsiya qilish, ularga xizmat qilish, sifatini tiklash, eskirgan mahsulotlarni chiqitga chiqarish jarayonlarini tashkil qilish kerak. Savdo bu haqdagi axborotni xaridorlarga yetkazishi lozim. 34 Yurtimizda mahsulot sifatini boshqarishning yagona davlat tizimi mavjuddir. Uning asosiy maqsadi kam mablag‗ sarf qilgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bunday maqsad faqat ilm-fan, texnika yutuqlari, ilg‗or tajribani ishlab chiqarishga keng va izchil joriy qilish bilangina amalga oshirilishi mumkin. Yuqoridagi tizim davlat standarti asosida mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan. Mahsulot sifatini boshqarishning yagona davlat tizimi keng assortimentli yangi mahsulotni ishlab chiqish va o‗zlashtirishga mo‗ljallangan. Bu tizim Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahsulot sifatini boshqarishning yagona davlat tizimi quyidagi vazifalarni o ‗z zimmasiga olgan: - mahsulotning iste‘mol va texnik darajasi to‗g‗risida ma‘lumot berish; - ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish; - mahsulot sifat darajasini baholash; - yangi xil mahsulotni ishlab chiqish va u bilan ta‘minlash; - mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasini tayyorlash; - material-texnik ta‘minot; - metrologik ta‘minot; - kadrlarni tanlash va tayyorlash; - doimiy birxillikni ta‘minlash; - tashish, saqlashni ta‘minlash; - soha tekshiruvini ta‘minlash; - sifatni rag‗batlantirish. Hozirgi kunda ishlab chiqarish tashkilotlari va koxonalarida ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etilib, sertifikatlashtirilmoqda. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling