Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
1.3. Mahsulot sifati
Mahsulotlarning sifatini baholash. Har qanday davlatda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatli va jahon standartlari darajasida bo‗lishi xalqning turmush darajasini yaxshilaydi, davlatning eksport salohiyatini oshirishning asosiy omillaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohalarining rivojlanishi va yetakchi davlatlar darajasida bo‗lishi yuqorida qayd etilgan ko‗rsatkichlarga erishishning tarkibiy qismlaridan biridir. Barcha korxonalarning bozor sharoitidan kelib chiqib, amalda hal qilish lozim bo‗lgan asosiy masalalardan biri ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ko‗rsatiladigan xizmatlar sifatini yuqori darajaga ko‗tarishdir. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan bu jiddiy masalaga e‘tibor bermaslik, mahsulot sotish bozorida raqobatni xis qila olmaslik va uni inobatga olmaslik unga hech qachon muvaffaqqiyat keltira olmaydi. Bu esa ham moliyaviy tomondan, ham ilmiy texnikaviy tomondan taraqqiy etish imkoniyatlaridan mahrum bo‗lish bilan barobardir. Sifat muammosi (masalasi) o‗ziga bo‗lgan yuzaki munosabatga chidash bera olmaydi, u doimiy e‘tiborni va takomillashtirishni talab etadi. Jahon bozori eshigini ochadigan, binobarin iqtisodiy muvaffaqiyatga yetaklaydigan asosiy kalitlardan biri, bu ishlab chiqariladigan mahsulotlarimizning jahon standartlari talabi darajasida ishlab chiqarilishi yoki undan yuqori bo‗lishini kafolatlay oladi. Xalqaro tan olingan standartlar talablariga javob bera olmaydigan mahsulotlar o‗z- o‗zidan raqobatning qattiq shartlariga bardosh bera olmasligini hamma tan olgan. Birlashma hissadorlik jamiyatlari sanoati korxonalarining asosiy ko‗rsatkichlaridan biri bu mahsulot sifatidir. Mahsulot sifatini yaxshilash ilmiy texnikaviy rivojlanish darajasiga, korxonaning moddiy va moliyaviy resurslarini samaradorligini oshirishga, ishchilarni malakasiga bog‗liq bo‗lib, bir xil jonbozlikda borishini talab etadi. Dav ST 15467-79 bo‗yicha mahsulotni sifati - uni xossalari to‗plami, talab etilgan shart va sharoitda yaratilishi, ishlatilishi va iste‘mol qilinishi tushuniladi. Mahsulotni sifati quyidagi sifat ko‗rsatgichlari orqali ta‘minlanadi: 29 - mehnat; - texnologik jarayonlarni jihozlanishi va vositalari; - xom ashyo; - materiallar; - yarim fabrikatlar; - texnikaviy hujjatlarni sifati; - mahsulot namunasi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling