Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni 
qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi. 
Mahsulot sifati uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog‗liq. Agar 
mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo‗lsa, u mahsulotning 
sifatini belgilovchi, uning ayrim buyumlari hamda birxillik, o‗zaro 
almashuvchanlik va boshqa shunday xossalarning majmuasidan tashkil topadi. 
Masalan, paxta terish mashinasining sifati uni tashkil etuvchi dvigatel, shpindellar, 
bolt va gaykalar, g‗ildirak va undagi rezina kabilarning sifatiga bog‗liq. Mahsulot 
sifati — o‗zida aniqlangan ehtiyojlarni qanoatlantiruvchi, uning yaroqliligini 
ta‘minlovchi xossalar majmuasini
namoyon etadi. Mahsulotning har bir xossa yoki 
bir necha xossalarining darajasini aniqlash sifat ko‗rsatkichlari yordamida 
baholanadi. Bunda ulkan ko‗p xildagi mahsulotlar turlarini tavsiflovchi turli xil 
xossalar mavjud va unda xuddi shuningdek, mahsulot sifati ko‗rsatkichlari ham 
ko‗p bo‗ladi.
Mahsulotlarning murakkab xossasini tavsiflovchi, uning ehtiyoji, maqsadi va 
topshiriqqa asosan berilgan vazifalarni bajarishga mahsulotning funksional 
layoqatligi deb ataladi.
Mahsulotning badiiy ifodalanishi, shaklning to‗g‗riligi, kompozitsiyaning 
butunligini tavsiflovchi murakkab xossa mahsulotning estetikligi deb ataladi.
Mahsulotning xavfsizligi uning murakkab xossasi bo‗lib, inson uchun 
zararli ta‘sir etish miqdorini belgilaydigan ko‗rsatkichidir.
Mahsulotning ekologikligi uning murakkab xossalaridan biri hisoblanib, 
atrof-muhitga zararli ta‘sir etish miqdorini belgilaydi. Tayyor mahsulot o‗zining 


30 
iste‘moldagi bahosi va boshqalariga hamda uning iste‘mol yoki ishlatilishdagi 
xarajatlarning yig‗indisiga mahsulotning iste’mol bahosi deb ataladi.
Mahsulotning ham muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi, ham shu 
ehtiyojni qanoatlantirishdagi xarajatlar bo‗yicha raqobatlanuvchi mahsulotlardan 
uning ajralib turishini ifodalovchi mahsulotning tavsifi uning raqobatbardoshligi 
deb ataladi. 
Sifat ham boshqa tushunchalar kabi o‗zining tizimiga egadir. Sifat tizimi 
tashkiliy tuzilish, mas‘uliyat, ish tartibi, jarayonlar, resurslar yig‗indisi bo‗lib, 
sifatning umumiy boshqaruvining amalga oshirilishi tushuniladi.
Sifat halqasi — ehtiyojni aniqlashdan to ularning qanoatlanishini 
baholashgacha bo‗lgan turli xil bosqichlarda sifatga ta‘sir etuvchi o‗zaro bog‗liq 
faoliyat turlarining konseptual modelidir.
Belgilangan mahsulotning sifat ko‗rsatkichlarining nomenklaturasini 
tanlash, bu ko‗rsatkichlarning qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo‗luvchi 
qiymatlar bilan taqqoslashni o‗z ichiga oluvchi ishlarning yig‗indisi mahsulot 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling