Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


-rasm. Mashinaning muhit bilan avtomatik tartibga solish tizimi sifatida o„zaro ta‟siri


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

1.2-rasm. Mashinaning muhit bilan avtomatik tartibga solish tizimi sifatida o„zaro ta‟siri 


26 
O‗zgartiruvchi bo‗g‗inlar rolini mashina elementlarida ro‗y beruvchi va 
chiqish ko‗rsatkichlari o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi jarayonlar o‗ynaydi. 
Ushbu holda tashqi to‗siqlarga turli bo‗g‗inlarning reaksiyasini o‗tish 
tavsiflari yoki uzatish funksiyalari bilan baholash mumkin. Ma‘lumki, o‗tish tavsifi 
chiqish ko‗rsatkichining yakka bosqichli funksiya ko‗rinishidagi to‗siq kirishida 
o‗zgarish jarayonini ta‘riflaydi. 
Mashina va uning elementlari ish qobiliyatini yo‗qotishi jarayonlariga 
tegishli tipik o‗tish tavsiflari 1-jadvalda ko‗rsatilgan. 
1-jadval 
Mahsulot ish qobiliyati o„zgarishidagi o„tish jarayonlari 
Bo„g„in 
O„tish jarayoni 
Jarayonlar namunasi 
Inersiyasiz 
Statik deformatsiya 
Inersiyali (aperiodik) 
Issiqlik deformatsiyasi 
Tebranma 
Vibratsiyalar 
Integratsiyalovchi ideal 
Eskirish 
Integratsiyalovchi inersion 
Eskirish yoriqlari ko‗payishi 
Kech qoluvchi 
O‗sish hosil bo‗lishi 
Differensiyalovchi inersion 
Notekisliklar o‗zgarishi 
O‗tish tavsiflarining tizim statik deformatsiyali, uning issiqlik 
deformatsiyalari va vibratsiyalarini ta‘riflash uchun oddiy qo‗llanishidan tashqari 


27 
integratsiyalovchi bo‗g‗in element eskirishini ta‘riflashi mumkin, chunki kirishda 
doimiy ta‘sir (kuchlanish, juftlikda sirpalanish tezligi) chiqish ko‗rsatkichining 
chiziqli o‗zgarishiga olib keladi (ishqalanish yuzasi eskirishi). 
Inertsion integratsiyalovchi bo‗g‗in eskirish yoriqlarining ko‗payishini 
ta‘riflashi mumkin bo‗lib, ularning ko‗payishi intensivligi ushbu daraja tashqi 
ta‘sirlari ostida vaqt o‗tishi bilan oshadi.
Bo‗g‗in kechikish bilan o‗sish holini ta‘riflashi mumkin, masalan gidrotizim 
filtri to‗rida yacheykalar ifloslanishida yoki avtomobil svechasida qurumning 
uchqun o‗tishi imkoniyatiga ta‘siri.
Ushbu daraja ta‘siri boshida (ifloslangan suyuqlikning oqib o‗tishi) filtrning 
ushbu yacheykasi ishlamay qolishni chaqirmaydi, keyin u sakrash bilan o‗z 
holatini o‗zgartiradi.
Eskirishning boshqa jarayonlari ham bo‗g‗inning tashqi ta‘sirlarga 
reaksiyasini tavsiflaydi. 
Bunday yondoshuv mashinaning ish qobiliyatini yo‗qotishini vaqtda to‗laroq 
baholashga, ya‘ni puxtalikning asosiy masalasini hal etishga imkon beradi. U, 
avtomatik tartibga solish nazariyasi metodlaridan foydalanib, tizim chidamliligini 
baholash (buzilishlarga nisbatan), optimal varianti tanlash va boshqa masalalarni 
hal etishga imkon beradi. 
Izlanishlarning birinchi bosqichida qator hollarda yopiq bo‗lmagan tizimni, 
ya‘ni qaytarma aloqani hisobga olmagan holda ushbu jarayonning chiqish 
ko‗rsatkichlariga ta‘sirini baholash mumkin.
Murakkab mahsulot chiqish ko‗rsatkichlarining o‗zgarishi – turli vaqt 
davrlarida tizimning alohida bo‗g‗inlaridagi ko‗p sonli o‗zgarishlar natijasi 
ekanligini ko‗zda tutish lozim. Shu sababli mashina puxtaligini o‗rganishda 
funksional aloqalar va fizikaviy qonuniyatlarni o‗rganish doimo mahsulotning 
boshlang‗ich holati o‗zgarishini tavsiflovchi stoxastik jarayonlarni baholash bilan 
qo‗shilishi lozim.


28 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling