21
hisobdan chiqarilgunga qadar bo‗lgan xizmat muddati yoki resursi (gektarlarda,
soatlarda yoki bosib o‗tgan yo‗lining kilometrlarida) kiradi.
Ta‟mirlashga yaroqlilik – mashina (agregat, uzel)
ning texnik xizmat
ko‗rsatish va ta‘mirlash yo‗li bilan ishlamay qolishi hamda nuqsonlarining oldini
olish, aniqlash va bartaraf etishga moslashganligidan iborat bo‗lgan xususiyati.
Saqlovchanlik – buyumning o‗z ish ko‗rsatkichlarini
saqlashi va saqlanish
muddati davomida va bu muddat tugagandan keyin ham texnik hujjatlarda (Dav
ST 27.002 – 83) ko‗rsatilgan qiymatlarda saqlanib turish xususiyati.
Bajargan ishi – obyektning ishlash davomliligi yoki hajmi.
Agar obyekt
tanaffuslar bilan ishlaydigan bo‗lsa, u holda jami bajargan ishi hisobga olinadi.
Obyektning bajargan ishi vaqt, uzunlik, maydon (gektarda), hajm, massa va boshqa
birliklarda o‗lchanishi mumkin. Ushbu atama Dav ST 27.002 – 83 ga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: