Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Puxtalikning iqtisodiy jihatlari


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Puxtalikning iqtisodiy jihatlari 
Puxtalikning erishilgan darajasini baholash va uni oshirish zaruriyati birinchi 
navbatda iqtisodiy tomondan yechilishi kerak, chunki iqtisod puxtalikning ko‗plab 
amaliy masalalarini yechish uchun asosiy mezon bo‗lib hisoblanadi. Vaholanki


16 
texnika rivojlanishining zamonaviy darajasi amaliy jihatdan istalgan sifat va 
puxtalik ko‗rsatkichlariga erishish imkonini beradi va barcha ish qo‗yilgan 
maqsadga erishishdagi xarajatlarda yakunlanadi.
Sarflangan xarajatlar juda yuqori bo‗lib, obyektning puxtaligini oshirish 
samaradorligi bularning o‗rnini bosmasligi mumkin va o‗tkazilgan tadbirlar salbiy 
natijalarni keltirib chiqaradi. 
Puxtalikni talab etilgan darajasiga erishishning turli xil variantlarini 
solishtirish mashinani ishlab chiqarish va ishlatish doirasidagi xarajatlarni hisobga 
olib, eng katta iqtisodiy samaradorlikka erishish shartidan, hamda mashinadan 
vazifasi bo‗yicha foydalanishda olinadigan iqtisodiy samaradorlikdan kelib 
chiqishi kerak. Umumiy holda mashinani ishlatishda jami iqtisodiy samaraning 
vaqt bo‗yicha o‗zgarishi ikkita asosiy omillarning ta‘siri ostida kelib chiqadi (1.1-
rasm). Bir tomondan, loyihalash, tayyorlash, sinash, sozlash, ish joyiga yetkazib 
berish bilan birga yangi mashinani tayyorlashdagi xarajatlar Q

ni, shuningdek 
texnik xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash hamda mashinaning ish qobiliyatini saqlash va 
tiklash bilan bog‗liq barcha profilaktik tadbirlar bilan birga ishlatishga bo‘lgan 
xarajatlar Q
e
ni hisobga olish zarur. Bu xarajatlar Q
i + 
Q
e 
ning yig‗indisi 
samaradorlik balansida salbiy bo‗lib hisoblanadi. 
Boshqa tomondan, biror maqsadga qaratilgan vazifasidan bog‗liq ravishda 
mashinaning ishi ijobiy iqtisodiy samara beradi (Q
r
). Masalan, texnologik jihozlar 
uchun mahsulot ishlab chiqarish natijasida, tashish mashinalari uchun yuk 
tashishda va boshqalar. 
Ishlatishdagi xarajatlar Q
e
ning vaqt funksiyasida o‗zgarishi o‗sishga intiladi, 
chunki mashina alohida elementlarining eskirishi yo‗qotilgan xossalarini tiklash 
uchun juda ko‗p mablag‗ sarflashni talab qiladi. 


17 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling