Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
9 I BOB. ZAMONAVIY MASHINALAR UCHUN PUXTALIK MUAMMOSINING AHAMIYATI 1.1-§. Mashinalar puxtaligi haqidagi fanning o‟rganadigan muammolari Texnikaning rivojlanishi murakkab, takomillashgan mashina va jihozlarni yaratish, ularning tavsifnomasiga qo‗yilgan talablarni doimiy oshirib borish, turli xildagi texnik qurilmalarni yagona kompleksga birlashtirish zaruriyatlari bilan bog‗liqdir. Bularning barchasi kelgusida jamiyat ishlab chiqarish kuchining rivojlanishi uchun yechimi zaruriy shart bo‗lib hisoblangan yangi fan–texnika muammolarining paydo bo‗lishiga olib keladi . Puxtalik – bu mashinasozlikdagi asosiy muammolardan biridir. Zamonaviy mashinalarning rivojlanishi uchun avtomatlashtirish darajasini va yuklanish, tezlik, harorat kabi ishchi parametrlarini oshirish, gabarit o‗lchamlari va massasini imkoni boricha kamaytirishga erishish, aniq ishlashi va ish samaradorligiga bo‗lgan talablarni oshirish, mashinalarni yagona boshqaruv tizimiga birlashtirish kabi yo‗nalishlar xarakterlidir . Puxtalik butun ishlatish davrida mashinaning talab etilgan sifat ko‗rsatkichlarini saqlash xossalarini o‗zida aks ettiradi. Mashinalar puxtaligi muammosining yechimi – bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning ulkan zaxirasidir. Puxta tayyorlanmagan mashinaning ish samaradorligi ham past bo‗ladi, chunki alohida elementlarining shikastlanishi tufayli uning har bir to‗xtashi ko‗plab material xarajatlarini keltirib chiqaradi. Hozirgi vaqtda hatto rivojlangan davlatlarning sanoati ham ishlab chiqarilayotgan mashinalarning puxtaligi va umrboqiyligi pastligi tufayli ulkan yo‗qotishlarga duch kelmoqda. Vaholanki, butun ishlatish davrida mashinalarni yeyilishi tufayli ta‘mirlash va texnik xizmat ko‗rsatishga sarflanadigan xarajatlar yangi mashinaning narxidan bir necha marta ortiqdir. Masalan, avtomobillar uchun 6 baravar, samolyotlar uchun 5 baravar, stanoklar uchun 8 baravar, radiotexnik 10 apparatura uchun 12 baravar, korroziya tufayli har yili 10% gacha metal yo‗qotiladi. Bug‗ turbinalari, domna pechlari, og‗ir kranlar va boshqa shu kabi mashinalarning ishdan chiqishi ulkan vaqt va mablag‗larning yo‗qotilishi bilan bog‗liqdir. Texnologik jihozlarning ishonchsiz ishlashi sifatsiz va ishonchsiz mahsulotlar ishlab chiqarishga olib kelishi mumkin. Mashinani loyihalash, tayyorlash va undan foydalanishning barcha bosqichlari bilan puxtalik muammosining bog‗liqligi uning xususiyati bo‗lib hisoblanadi. Mashinani loyihalash yoki tayyorlash bosqichida puxtalik bo‗yicha qabul qilingan asosiy yechimlar ko‗pincha o‗zaro qarama-qarshilikka duch keladigan ishlatish va iqtisodiy ko‗rsatkichlariga bevosita ta‘sir qiladi. Shuning uchun puxtalik ko‗rsatkichlari va mashinani loyihalash, tayyorlash va ishlatish bosqichlarida puxtalikni oshirish imkoniyatlari orasidagi bog‗liqlikni aniqlash zarur. Mashinani hisoblash va loyihalashda uning puxtaligi asoslanadi. Bunda puxtalik mashina va uning uzellarini konstruksiyasidan, qo‗llaniladigan materiallardan, har xil zararli ta‘sirlardan himoya qilish usullaridan, moylash tizimidan, ta‘mirlash va xizmat ko‗rsatishga moslanganidan va boshqa konstruktiv xususiyatlaridan bog‗liqdir. Mashinani tayyorlashda uning puxtaligi ta’minlanadi. Bunda puxtalik tayyorlangan detallarning sifatidan, ishlab chiqarilgan mahsulotni nazorat qilish usullaridan, texnologik jarayonning borishini boshqarish imkoniyatlaridan, mashina va uning uzellarini yig‗ish sifatidan, tayyor mahsulotni sinash usullaridan va texnologik jarayonning boshqa ko‗rsatkichlaridan bog‗liqdir. Mashinani ishlatishda uning puxtaligi joriy qilinadi. Buzilmasdan ishlash va umrboqiylik ko‗rsatkichlari faqat mashinadan foydalanish jarayonida namoyon bo‗ladi va mashinani ishlatish usul va shartlaridan, ta‘mir tizimidan, texnik xizmat ko‗rsatish usullaridan, ish tartibotidan va boshqa ishlatish omillaridan bog‗liq bo‗ladi. 11 Texnikaning rivojlanib borishi sharoitlarida amaliyot mashinalarni loyihalash, ishlab chiqarish va ishlatish sohasida puxtalik haqidagi fan oldida maqbul konstruktiv yechimlarni izlab topish bo‗yicha, mashinaning texnik holatini baholash, diagnostika, og‗ir ishlatish sharoitlarida va kutilmagan vaziyatlar paydo bo‗lishida ish qobiliyatini ta‘minlash bo‗yicha yangi vazifalar qo‗yadi. Puxtalik haqidagi fan texnik qurilmalar va tizimlarning sifat ko‗rsatkichlarini o‗zgarishi qonuniyatlarini o‗rganadi va shu asosida kam vaqt va vositalarni sarflagan holda ularning uzoq muddat buzilmasdan ishlashini ta‘minlaydigan usullarini ishlab chiqadi. Bu fan tizimning holatini oldindan aytib berish asosida puxtalikning talab etilgan darajasini ta‘minlash uchun maqbul qarorlar qabul qilish (yechimlar) nazariyasini ishlab chiqadi. Puxtalik masalalarining o‗ziga xos xususiyatlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: a) vaqt omili, modomiki mashinani ishlatish jarayonida boshlang‗ich parametrlarning o‗zgarishi baholanadi; b) chiqish parametrlarini (sifat ko‗rsatkichlarini) saqlash nuqtai nazaridan obyektning holatini oldindan aytib berish. Mashina sifat ko‗rsatkichlarining o‗zgarishi absolyut va nisbiy bo‗lishi mumkin. Sifatning absolyut o‗zgarishi mashinaga ta‘sir qiladigan va uning materiali xossalari yoki holatini o‗zgartiradigan turli xil jarayonlar bilan bog‗liqdir. Bu jarayonlar ta‘sirida mashinaning ko‗rsatkichlari pasayadi va u fizik yemiriladi. Mashina sifatining nisbiy o‗zgarishi takomillashgan yangi mashinalarning paydo bo‗lishi bilan bog‗liqdir. Bunda uning ko‗rsatkichlari o‗rta darajaga nisbatan past bo‗ladi, ya‘ni mashina ma‘naviy eskiradi. Puxtalik haqidagi fan mashina xossalarining absolyut o‗zgarishiga olib keluvchi sabablar ta‘sirida sifat ko‗rsatkichlarining o‗zgarishini o‗rganadi. Puxtalik muammosi birinchi navbatda aynan oldindan aytib berish bilan bog‗liqdir, chunki o‗z resursini ishlatib bo‗lgan mashina uchun puxtalik darajasini 12 qayd qilish katta ahamiyatga ega emas. Xususan, mashinani yaratishning ilk bosqichlarida – uni loyihalash yoki tajriba namunasini tayyorlashda ishlatishning mo‗ljallangan sharoitlarida uning puxtaligini baholash zarur. Puxtalik bo‗yicha fan va tadqiqotlar asosan ikki yo‗nalishda rivojlanadi. Radioelektronikada paydo bo‗lgan birinchi yo‗nalish puxtalikning yuqori darajasini ta‘minlovchi puxtalikni baholashning matematik usullarini rivojlanishi, axborotni statistik ishlash va murakkab tizimlar strukturasini ishlab chiqish bilan bog‗liqdir. Mashinasozlikda paydo bo‗lgan ikkinchi yo‗nalish mashinaning zaruriy puxtaligini ta‘minlovchi inkorlar fizikasini o‗rganish (yeyilish, toliqib yemirilish, korroziya), mustahkamlikka, yeyilishga va boshqalarga hisoblash usullarini ishlab chiqish hamda texnologik usullarini qo‗llash bilan bog‗liqdir. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling