Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Puxtalik muammosining falsafiy asoslari
Download 4,07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Puxtalik muammosining falsafiy asoslari
Dialektik materializm nuqtai nazaridan puxtalikni ko‗rib chiqib, birinchi navbatda bir-biri bilan bog‗liq bo‗lgan ikkita savolga javob topish lozim. Birinchidan, vaqt o‗tishi bilan mashinaning boshlang‗ich tavsifnomalarini yo‗qotishi majburiy jarayon hisoblanadimi, boshqacha qilib aytganda, ishonchsizligini o‗rganishdan ko‗ra absolyut puxta mashinani yaratish afzalroq emasmi? Ikkinchidan, qaysi falsafiy kategoriyalar va qonuniyatlar puxtalik muammosining uslubiy jihatlarini aniqlaydi? Istalgan mashina ma‘lum funksiyani bajarishda atrof-muhit bilan, mashinani boshqaradigan inson bilan, u mo‗ljallangan obyekt bilan (texnologik mashina material bilan, tashish mashinasida tashiladigan yuk bilan va hokazo) o‗zaro ta‘sirda bo‗ladi . Bunda tabiatdagi hodisalarning umumiy universal aloqasini namoyon bo‗lishi shaklida turli xildagi sabab-oqibatli aloqalar paydo bo‗ladi. Mashinaga turli xil ta‘sirlar miqdorining to‗planishi uning sifat ko‗rsatkichlarining o‗zgarishiga va dialektika qonunlari bilan mos ravishda boshqa sifat holatiga o‗tish imkoniyatiga olib keladi. 15 Shuning uchun ishlatish paytida mashinada sodir bo‗ladigan o‗zgarishlar barcha material obyektlarning muhim va ajralmas xossasi bo‗lgan harakatning qonuniy namoyon bo‗lishi hisoblanadi. Mashinani u ishlaydigan muhit ta‘siridan, ishchi funksiyalarni bajarishda unda kechadigan jarayonlar ta‘siridan, mashinani tayyorlashda qo‗llanilgan texnologik jarayonlarning oqibati hisoblangan qoldiq hodisalar ta‘siridan ajratib bo‗lmaydi. Bunda mahsulot materiallarining yemirilish jarayonlarini sodir bo‗lish ehtimoli hisobga olinishi kerak. Shuning uchun mashinalarni puxtalikka hisoblash va ish qobiliyatini yo‗qotishini oldindan aniqlashga e‘tiborni kuchaytirish lozim. Energiyaning barcha turlari – mexanik, issiqlik, kimyoviy, elektromagnit energiyalar mashinaga ta‘sir qiladi va unda boshlang‗ich tavsifnomalarini pasaytiruvchi qaytar va qaytmas jarayonlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun mashinaga ta‘sir qiluvchi zararli ta‘sirlar manbalari va sabablarini o‗rganish, mashinaning ish qobiliyatini pasaytiruvchi jarayonlarning fizik mohiyatini tadqiq qilish, turli xil ta‘sirlarga mashinaning reaksiyasini o‗rganish va shu asosda tashqi muhit bilan o‗zaro ta‘siridan xavfsiramagan holda ma‘lum vaqt davomida berilgan funksiyalarni bajaradigan tizimlarni yaratish zarur. Mashina puxtaligi uning asosiy sifat ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Falsafiy nuqtai nazardan sifat – bu bir obektning boshqa obektlardan farqi va o‗ziga xos xususiyatini ifodalovchi ajralmas belgilari yig‗indisidir. Texnik qurilmaning sifati deganda odatda vazifasi bo‗yicha qo‗llanilishi uchun uning yaroqlik darajasini aniqlovchi xossalarini yig‗indisi tushuniladi. Biroq vazifasi bo‗yicha ushbu mahsulotdan uzoq vaqt davomida foydalanilishi tufayli, turli xil omillar ta‘siri ostida uning sifatini aniqlovchi xossalari o‗zgarishi mumkin. Shuning uchun sifat ko‗rsatkichlarining vaqt bo‗yicha o‗zgarishini o‗rganuvchi puxtalik ―sifat dinamikasi‖ bo‗lib hisoblanadi. Download 4,07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling