Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Puxtalik haqidagi fanning nazariy bazasi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Puxtalik haqidagi fanning nazariy bazasi
Ilmning har qanday sohasi kabi puxtalik haqidagi fan asosiy matematik va tabiiy fanlarga, ularning qo‗yilgan masalalarni yechishga ko‗maklashuvchi bo‗limlari va nazariy ishlanmalariga asoslanadi. Hozirgi vaqtda puxtalik nazariyasining matematik usullari keng rivojlandi. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, shuningdek ular bilan o‗zaro bog‗langan fanlar asosida mahsulotlar puxtaligi muammolari asosiy jihatlari bilan bog‗liq bo‗lgan maxsus hisoblash usullari yaratildi va ishlab chiqildi. Biroq, mashinasozlikda puxtalikni hisoblash uchun qo‗llaniladigan matematik usullarning tahlili shuni ko‗rsatadiki, ular hamma vaqt ham sodir bo‗ladigan hodisalar bilan mos ravishda qo‗llanilmaydi. Matematika – bu foydalanish samaradorligi imkoniyatlarining qo‗yilgan masalaga mos kelishi darajasidan bog‗liq bo‗lgan asbobdir. Mashinasozlik uchun bu apparat inkorlar paydo bo‗lishi va bartaraf etishning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Bu o‗ziga xos xususiyat puxtalik masalalarini yechish uchun nafaqat inkorlar statistikasi kalit bo‗la olmasligini bildiradi. Puxtalik nazariyasining matematik usullarini rivojlantirish zarur, biroq bu fanning nazariy asoslarini shakllantirish uchun yetarli emas. 13 Mashinalar tayyorlangan va ularning ishlashi uchun zarur bo‗lgan materiallar (yoqilg‗i, moylash materiallari va h.k.) xossalarining o‗zgarishi, buzilishi va eskirishidagi fizik-kimyoviy jarayonlarni o‗rganuvchi tabiiy fanlarning tadqiqot natijalari puxtalik haqidagi fanning ikkinchi nazariy asosi bo‗lib hisoblanadi. Materiallarning mexanik buzilishi turlarini (materiallar qarshiligi), materiallar va ularning sirtqi qatlamlarida sodir bo‗ladigan o‗zgarishlarni (fizik- kimyoviy mexanika, tribotexnika), materiallar yemirilishining kimyoviy jarayonlarini (metallar korroziyasi, polimerlar eskirishi) va boshqalarni o‗rganadigan fanlar bunga misol bo‗la oladi. Inkorlar fizikasi mashinani ishlatishda materialning boshlang‗ich xossalarini yo‗qotishiga olib keluvchi qaytmas jarayonlarini o‗rganadi. Bunda barcha hodisalarni vaqt bo‗yicha ko‗rib chiqish ushbu tadqiqotlarning asosiy xususiyati bo‗lib hisoblanadi. Inkorlar fizikasining vaqtinchalik qonuniyatlari puxtalikning asosiy masalalarini yechish uchun baza bo‗lib hisoblanadi. Puxtalik nazariyasida berilgan tipdagi mashinalarni hisoblash va loyihalash sohasidagi erishilgan barcha yutuqlar, shuningdek mashinani ishlab chiqarish va ishlatish jarayonida o‗zgarishi mumkin bo‗lgan omillar bilan sifat ko‗rsatkichlarining bog‗liqligini o‗z ichiga oluvchi ularni tayyorlash texnologiyasi qo‗llaniladi. Masalan, mashinaning ishchi jarayonini tavsiflovchi tenglama va bog‗liqliklar, yuzaga keluvchi dinamik zo‗riqishlar, ishchi organlarning siljish qonunlari, quvvat tavsifnomalari, F.I.K. hamda mashina boshlang‗ich ko‗rsatkichlarining o‗zgarishini tahlil qilish va matematik tavsiflash uchun zarur bo‗lgan boshqa ko‗rsatkichlar. Mashinalar puxtaligi to‗g‗risidagi fan uchun ularning sifat parametrlarini o‗zgarishi jarayonlarining ehtimolli baholash usullarini, eskirish va yemirilish jarayonlarini aniqlovchi qonuniyatlar bilan qo‗shilishi xarakterlidir. Puxtalikning talab etilgan ko‗rsatkichlarini ta‘minlash shartlaridan kelib chiqqan holda mashinalar va ularning elementlarini hisoblash usullarini berish mashinalar puxtaligi fanining vazifasidir. 14 Muhandislik masalasining asosida yeyilish, korroziya, toliqish va boshqa ko‗rsatkichlarini hisobga olgan holda mashina parametrlarini aniqlashda fizik mohiyati va tavsifnomasi bo‗yicha turli xil jarayonlar yotganligi tufayli mashinalarni puxtalikka hisoblash murakkabdir. Biroq, mashina materialining yemirilish jarayoni qonuniyatlari qanchalik murakkab bo‗lishiga qaramasdan – bu puxtalikka muhandislik hisoblashlarining birinchi bosqichidir. Bundan tashqari, ta‘sir qiluvchi kuchlar xarakteri va tezliklarni, birikmalarning o‗lchamlari va konfiguratsiyasini, ishlatish shartlarini, vazifasini va uning chiqish parametrlariga qo‗yilgan talablarni hisobga olgan holda mashinaning har xil elementlarini umrboqiylikka va buzilmasdan ishlashiga hisoblash usullari ishlab chiqilishi kerak . Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling