Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Mashinaning muhit bilan avtomatik tartibga solish tizimi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Mashinaning muhit bilan avtomatik tartibga solish tizimi
sifatida o„zaro ta‟siri Vaqtda chiqish ko‗rsatkichlarining o‗zgarishida namoyon bo‗luvchi mashinaning ishlash qobiliyatini yo‗qotish jarayonini ko‗rib chiqishda, bu jarayonning formallashtirishda doimo bu hodisalarni keltirib chiqaruvchi sabablarni hisobga olish zarur. Yuqorida ko‗rsatilganidek, bu sabablar jarayonlar paydo bo‗lishiga olib keluvchi har xil energiya turlarining mashinaga ta‘siri bilan bog‗liq. Faza tekisligida holat o‗zgarishi trayektoriyasini ta‘riflovchi tasodifiy funksiyalar realizatsiyalari xarakteriga eskirish jarayonlari fizikasi va ularning mahsulot bilan o‗zaro ta‘siri hal etuvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Mashinaning chiqish ko‗rsatkichlariga turli jarayonlarning ta‘sirini ko‗rib chiqishda mashina holati va unda ro‗y beruvchi jarayonlar o‗rtasidagi qaytarma aloqa ham jarayon tezligiga ta‘sir eta olishi mumkinligini hisobga olish zarur. Masalan, mashina alohida mexanizmlarining eskirishi nafaqat uning ishlash aniqligini kamaytirishga, balki mashina elementlarining eskirishi jarayonini intensifikatsiyalovchi dinamik yuklamalarning oshishiga ham olib kelishi mumkin. Alohida bo‗g‗inlarning harorat deformatsiyalari nafaqat mashina tugunlarining joylashuvini buzishi va bu bilan ishlash aniqligiga ta‘sir etishi, balki 25 ortiqcha yuklamalarga olib kelishi, hamda, natijada mexanizmlarda yuqori issiqlik ajratilishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, mashinada tebranishlar paydo bo‗lishida uning tarang tizimi va tebranishlar manbai bo‗lgan ushbu ish jarayoni yoki ishqalanish o‗rtasida qaytarma aloqa mavjudligi ham ma‘lum. Aytilganlar asosida mashina va unda ro‗y beradigan jarayonlar o‗zaro ta‘sirini yopiq avtomatik tartibga solish tizimi sifatida ko‗rsatish mumkin (1.2- rasm). Mashinaning chiqish ko‗rsatkichlari (masalan, uning ishlash aniqligini belgilovchi) turli tezlikdagi jarayonlarning mashinaga ta‘siri natijasida o‗zgaradi. Bu jarayonlarning borishiga tashqi ta‘sirlar ham (yuklamalar, muhitning kimyoviy ta‘siri, harorat), mashinaning holati o‗zgarishi natijasida paydo bo‗luvchi ichki ta‘sirlar ham ta‘sir ko‗rsatadi. Shu sababli murakkab tizimlar holatining o‗zgarishini tahlil qilish uchun avtomatik tartibga solish nazariyasi apparati qo‗llanilishi mumkin. Bu yerda boshqaruvchi ta‘sirlar va tashqi to‗siqlar o‗rnida mashinaga kuch, harorat, kimyoviy va boshqa ta‘sirlar o‗ringa ega bo‗ladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling