Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Ishga qobiliyatlilik sharti
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik jihozlarning puxtaligi, ishlash qobiliyatini yo„qotish jarayonini formallashtirish to„g„risida
Ishga qobiliyatlilik sharti. Mashinaning ishga qobiliyatliligi deganda uning
normativ texnik hujjatlar, texnik shartlar va standartlarda qo‗yilgan talablardagi parametrlarini saqlab qolgan holda topshirilgan funksiyani to‗liq bajarishi tushuniladi. Mashinalar puxtaligi nazariy hisoblar, tajribaviy va ishlab chiqarish sinovlaridan o‗tkazilib tekshiriladi. Hamma holatlarda mashinani aniq ishlatish sharoitlarida tekshirish kerak: ya‘ni atrof-muhit sharoitida; ishlov berilayotgan materiallar va qo‘shimcha mahsulot sifatiga; texnik ta‘minlash va ehtiyot qismlar sifatiga qarab tekshirilishi kerak. Texnologik jihozlarning puxtaligi, ishlash qobiliyatini yo„qotish jarayonini formallashtirish to„g„risida Mashinaning ishlash qobiliyatini aniqlash uchun uning bajaradigan funksiyasiga qarab asosiy parametrlari aniqlanadi. Uzel va detallarning birikish buzilishlari, yeyilishi natijasida mashinaning ishga qobiliyatligi yo‗qolib inkor bo‗lishi mumkin. 23 Mashina ishlash qobiliyatini yo‗qotish matematik modelini tuzish juda murakkab va ko‗p hollarda hal etilishi qiyin bo‗lgan masaladir. Tasodifiy omillarning mavjudligi to‗la determinirlangan modellarni qurishga imkon bermaydi, boshlang‗ich ko‗rsatkichlar va ta‘sir etuvchi omillarning ma‘lum yig‗indisi esa chiqish ko‗rsatkichlarining vaqtda o‗zgarishini belgilaydi. N.P. Buslenkoning ko‗rsatishicha, ―... matematik model yordamida, boshlang‗ich shartlar uchun ehtimolliklarning taqsimlanishi berilgan bo‗lsa, tizim holatlari, tizim ko‗rsatkichlari va elementlarga ta‘sir etuvchi to‗siqlarni tavsiflash uchun ehtimolliklarni taqsimlanishini aniqlash mumkin‖. Matematik model mashinaning ishlash qobiliyatini yo‗qotishi jarayoni ta‘rifini formallashtirish natijasi bo‗lishi va jarayonning barcha asosiy qonuniyatlarini hisobga olishi kerak. Bunda ta‘sir etuvchi omillar katta miqdorining hisobga olinishi modelning murakkablashuviga olib keladi, bu esa doimo ham oqlanmaydi. Matematik modelni formallashtirish va qurish odatda quyidagi bosqichlardan iborat bo‗ladi: Jarayon ta’rifi eskirish jarayonni borishi tabiati, mahsulotni ekspluatatsiya qilish shartlari, mahsulot ekspluatatsiyasi va sinovlarida ishlashini kuzatish natijalari, elementar hodisalarning miqdoriy tavsiflarini o‗z ichiga oladi. Jarayonning formallashtirilgan sxemasi – bu matematik modelni qurishdagi oraliq bosqichdir. U jarayonni eksperimental o‗rganish ma‘lumotlaridan to‗liq foydalanadi. Jarayon sxemasida, odatda, grafik yoki jadvallar ko‗rinishida eksperimental materialning interpolyatsiyasi va ekstrapolyatsiyasi bilan bog‗liq bo‗lgan barcha masalalar aniqlanadi va asosiy bog‗lanishlar beriladi. Matematik model – jarayon tavsiflari va mahsulot boshlang‗ich ko‗rsatkichlarini uning chiqish ko‗rsatkichlari bilan bog‗lovchi nisbatlar tizimini tashkil etadi. Jarayon ta`rifi Jarayonning formallashtirilgan sxemasi Matematik model 24 Matematik model jarayon sxemasiga asoslansa ham, bunda hodisaning keyingi formallashuvi ro‗y beradi, va umumiy holda, olinuvchi natijalar eksperimental ma‘lumotlar bilan to‗liq mos kelmaydi. Hodisalarning murakkabligi tufayli ish qobiliyatini yo‗qotilish jarayonini ko‗pincha bir necha elementar jarayonlarga ajratishadi, ularni soddaroq matematik bog‗liqliklar bilan ta‘riflash mumkin. Bunda matematik modelning to‗g‗rilik darajasi doimo baholangan bo‗lishi kerak. Masalan, murakkab mahsulotning chiqish ko‗rsatkichlari mustaqilligi to‗g‗risidagi shart-sharoitlar ko‗pincha haqiqatga yaqin, shunga ko‗ra mashina ekspluatatsiyasi jarayonida har bir ko‗rsatkichning o‗zgarishini alohida qarab chiqish mumkin. Bunday modellar quyida ko‗rib chiqilgan. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling