Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
sifatining darajasini baholash
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
sifatining darajasini baholash deb ataladi.
Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo‗linadi: 1. Foydalanishda sarflanadigan mahsulot. 2. O‗z resursini sarflaydigan mahsulot (1.3-rasm). 1.3-rasm. Sanoat mahsulotlarining sinflanishi 31 I guruhga xomashyo, tabiiy yonilg‗i (foydali qazilmalar, tabiiy qurilish materiallari, qimmatbaho toshlar, minerallar va h.k.)lar kiradi. II guruhga materiallar (yonuvchi-moylovchi, to‗qimachilik, yengil, og‗ir va boshqa sanoat, o‗rmonchilik, elektr va radiotexnika hamda sanoat materiallari va h.k.) kiradi. III guruhga sarf bo‗luvchi mahsulotlar (oziq-ovqat mahsulotlari, dori- darmon vositalari va h.k.) kiradi IV guruhga ta‘mirlanmaydigan mahsulotlar (radiotexnika elementlari, masalan, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar; mashinasozlik elementlari mahsulotlari, masalan, gaykalar, boltlar, tishli g‗ildiriklar va boshqalar; dvigatellar va bir martalik foydalaniladigan harakatlanuvchi qismlar; pirotexnika mahsulotlari va boshqalar) kiradi. V guruhga ta‘mirlanadigan mahsulotlar (radiotexnik qurilmalar, texnologik va sinov qurilmalari, qishloq xo‗jaligi va transport mashinalari, turli xil maqsadlarga mo‗ljallangan kompleks va optik-mexanik tizimlar) kiradi. Sanoat mahsulotlarining birinchi sinfiga I, II, III; ikkinchi sinfiga esa IV, V guruhlari mansubdir. Mahsulotning ko‗rsatilgan tavsiflanishining qo‗llanishi quyidagi amallarni bajarishda bir qator yengilliklar yaratadi: - muayyan guruh mahsulotining birgina ko‗rsatkichining nomlarini tanlashda; - mahsulotdan foydalanish sohasini aniqlashda; - bir yoki bir nechta asos bo‗luvchi namunalar sifatida tanlab olishda; - mahsulotning sifat ko‗rsatkichlari nomlariga davlat standartlarining tizimlarini yaratishda. Sifatni har taraflama o‗z ichiga oluvchi, uning hamma tomonlarini ta‘minlovchi hamda mahsulotning barcha hayotiy bosqichlarini qamrab oluvchi faoliyat sifat tizimlarini bildiradi. Sifatli ish marketing (bozor tahlili va savdo-sotiq ishlari) sohasidan boshlanib, mahsulotning ishlatilishidan hosil bo‗ladigan chiqindilardan foydalanish bosqichi bilan yakunlanadi (1.4-rasm). Bu bosqichlarning yig‗indisini sifat halqasi tashkil qiladi. 32 Sifat tizimlarida mahsulot sifatini baholashning uslubiy asoslariga, ayniqsa, mahsulotni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishga alohida talablar qo‗yiladi, bunda quyidagilar deyarli to‗liq ta‘minlanadi: - mahsulotning iste‘moldagi hamma xossalarining kompleks tahlili va xolisona baholanishi, xavfsizliligi va ekologikligi namoyon bo‗lish imkoniyati; - keltirilgan baholanishga asoslanib, iste‘molchi tomonidan mahsulotning ishlatilishdagi va ekologik hamda mahsulot va uning sifatini (amaldagi bozor sharoitida) noto‗g‗ri baholanish xavfidan ijtimoiy himoya qilishga zamin yaratish. Mahsulot sifatini boshqarish bu mahsulotni yaratish davrida, ekspluatatsiya qilish jarayonida yoki iste‘mol qilishda sifat ko‗rsatkichlarini kerakli darajada tutib turish uchun harakatdir. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling