Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Texnik foydalanish koeffitsienti
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Texnik foydalanish koeffitsienti. Texnik foydalanish koeffitsienti deb,
mashinaning normal ishlash vaqtining texnik ta‘mirlash, inkorlarni tuzatishga ketadigan vaqtlar yig‗indisi nisbatiga aytiladi. (1.25) Texnik foydalanish koeffitsienti jihozning umumiy vaqtidan qanchasi ish holatida ekanligini bildiradi. Yangi mashinalar yaratishda me‘yor belgilovchi tayyorgarlik koeffitsienti sifatida eng katta tayyorgarlik koeffitsienti olinadi. Texnik foydalanish koeffitsienti foydalanish jarayonida mashinaning majburan to‗xtab turish vaqti yig‗indisi foizda yoki birlik ulushlarida aniqlashga imkon beradi. To‗qimachilik va yengil sanoatning zamonaviy jihozlari va paxta terish mashinalari uchun texnik foydalanish koeffitsienti 0,6–0,8 atrofida bo‗ladi, bu esa mazkur mashina va jihozlarning ta‘mirlashga yaroqlilik darajasi pastligidan dalolat beradi. Iste‘molchi texnik foydalanish koeffitsientining o‗rtacha qiymatini bilsa, mashinalar 1 yil mobaynida o‗rtacha qancha vaqt ishga yaroqli holatda bo‗lishini aniqlay oladi. Chunonchi, agar xo‗jalikda K t.f.k = 0,6 bo‗lgan 50 ta paxta terish mashina bor bo‗lsa, bu hol paxta terish mavsumi mobaynida ulardan faqat o‗rtacha 30 tasi uzluksiz ishlashi mumkinligini anglatadi. Texnik foydalanish koeffitsientini mashinaning ishlash qobiliyati koeffitsienti kabi talqin qilish ham mumkin, ya‘ni K t.f.k= 0,6 bo‗lganda mashina ishga yaroqli deb yoki mashina vaqtning 60 foizida ishlaydi, qolgan 40 foizida esa texnik sabablar tufayli ishlamaydi, deb hisoblash mumkin. Shuni ta‘kidlash 65 kerakki, texnik foydalanish koeffitsientining qiymatiga faqat mashinaning puxtalik darajasi emas, balki unga texnik xizmat ko‗rsatishning va ayniqsa ta‘mirlashining tashkil qilinishi ham ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, jamoa va davlat xo‗jaliklarida mashinalarni ta‘mirlashning agregat usuli joriy qilinganda ulardan texnik foydalanish koeffitsienti ancha kattalashishi (ta‘mirlashda mashinaning bekor turib qolish vaqti qisqarishi hisobiga) mumkin. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling