Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Mashina va uning elementlaridagi inkorlarining sinflanishi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Mashina va uning elementlaridagi inkorlarining sinflanishi 
Mehnat unumdorligini oshirishda yangi texnikani yaratish va mavjud 
mashinalarni takomillashtirish muhim o‗rin egallaydi. 
Inkorlarni tavsifi. Mashinalarning yoki uning elementlarini ishonchliligi 
inkor ta‘sirida buziladi. Umuman inkor deganda mashinalarni yoki uning alohida 
qismlarining kutilmaganda to‗xtab qolishi tushiniladi. Masalan, tikuv mashinasini 
elektr dvigatelini ishdan chiqishi butun mashinani to‗xtab qolishiga sabab bo‗ladi, 
yoki tikuv mashinasida ipni uzilishi yoki mokida ipni tugab qolishi ham mashinani 
to‗xtab qolishiga sabab bo‗ladi. Shunday qilib, inkor tushunchasi ancha keng, 
shuning uchun ham inkorni turi va belgilari har qaysi hodisa uchun alohida ko‗rilib 
chiqishi maqsadga muvofiqdir. Quyida mashina va uning elementlarining inkori 
turli belgilar bo‗yicha sinflanishi keltirilgan: 
- inkor vujudga kelgan sharoit - me‘yordagi va me‘yordan tashqari; 
- inkorni vujudga kelish sabablari - konstruksiya, texnologik jarayon 
ekspluatatsiyasi; 
- inkorni vujudga kelishini tavsifi - asta-sekin, to‗satdan; 
- inkorni mashinaning ishchanlik qobiliyatiga ta’sir darajasi - qisman, to‗la; 
- inkorlar orasidagi bog‘liqlik – bog‗liq, bog‗liq bo‗lmagan inkorlar; 
- inkor natijasining darajasi - xavfli, xavfsiz, og‗ir, yengil; 
- inkorni bartaraf etish mumkinligi - mumkin, mumkin bo‗lmagan; 
- inkorni bartaraf etish yo‘llari - detallarni almashtirish, sozlash, tozalash, 
moylash; 
- inkorni bartaraf etish murakkablik darajasi - murakkab, murakkab 
bo‗lmagan; 


66 
- inkorni vujudga kelishining takroriyligi - alohida (ayrim holda), davriy 
takrorlanib turadigan; 
- inkorni vujudga kelish sharoiti - tabiiy, tabiiy bo‗lmagan inkor. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling