Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Download 1.45 Mb.
bet24/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

Mikro iqtisodiy darajadagiinsoniy sarmoya korxonalardagi barcha xodimlarning umumiy malakasi va kasbiy salohiyatlarining majmui, shuningdek korxonaning mehnatni samarali tashkil etish va xodimlarni rivojlantirish yо‘lidagi yutuqlardan iborat. Bu darajadagi insoniy sarmoya korxonaning ishlab chiqarish va tijorat sarmoyasiga taqqoslanadi, chunki sarmoyaning barcha turlaridan samarali foydalanilgandagina daromat olinadi;

  • Makro iqtisodiy darajadagi insoniy sarmoya ta’lim, kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorgarlik, kasbga yо‘naltirish va ishga joylash va x.z lar singari faoliyat sohalarida jamlangan sarmoyalar bо‘lib, bular mamlakat milliy boyligining kattagina qismini tashkil etadi. Bu daraja huddi milliy boylik barcha fuqorolar va barcha yuridik shaxslarning boyliklarini о‘z ichiga olaganligi singari barcha korxonalar va barcha fuqarolar insoniy sarmoyaning butun yig‘indisini о‘z ichiga oladi.

    Demak, insoniy sarmoya – bu sarmoya kiritish hamda inson tomonidan jamlangan salomatlik, bilimlar, kо‘nikmalar, salohiyaitlar, motivatsiyalar natijasida shakllantirilgan va rivojlantirilgan sarmoya bо‘lib, undan iqtisodiy faoliyatning u yoki bu sohasida maqsadga yо‘naltirilgan holada foydalaniladi. U mehnat unumdorligining yuksalishiga imkon yaratadi va shu tufayli о‘z egasining daromadlari о‘sishiga, korxona daromadlari hamda milliy daromadning yuksalishiga ta’sir kо‘rsatadi43.
    “Insoniy sarmoya” kategoriyasini unga ijobiy motivatsiya ta’siri nuqtai nazaridan kо‘rib chiqish bizga insoniy sarmoyaning yaratilishida motivatsion jarayonlarning о‘sib borayotgan rolini aniqlashga imkon beradi. “Insoniy sarmoya”ning kengaytirilgan tushunchasi talqini mashhur iqtisodiyot sohasidagi L.Turou, Dj.Kendrik, V.I.Marsinkevichlar singari mutaxassislar tomonidan shakllantirilgan bо‘lib, u nafaqat shaxsning ishlab chiqarish sifatlari hamda tashkilot uchun daromad olish borasidagi uning salohiyatlari mavjudligini emas, balki shaxs tomonidan ijtimoiy, psixologik dunyoqarash va axloqiy-ma’naviy sifatlarni egallashini ham nazarda tutadi. Insoniy sarmoya faqat shaxs va tashkilot uchun qadriyat bо‘libgina qolmasdan, balki jamiyatning mulki hamdir. Jamiyat birinchi navbatda istiqbolda insonning nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy ne’mat sifatida kо‘rib chiqiladigan joriy hamda kelajakdagi ehtiyojlari va salohiyatlarini о‘zgartiradigan investitsiyalar loyihalaridan manfaatdordir. M.M.Kritskiyening fikriga kо‘ra insoniy sarmoyani yaratish jarayonida ishtirok etuvchi insonning salohiyatlari, ehtiyojlari zahirasi о‘zaro harakatning о‘ziga xos mexanizimi mavjudligini taqozo etadi44.
    Insoniy sarmoya nazariyasi rivojlanish holatida turibti va о‘zining turli jihatlarini tadqiq qilishni taqozo etmoqda. Iqtisodiy nazariyada motivatsiyalash jarayoni quyidagi sodda kо‘rinishda: manfaat – motivlar – rag‘batlar – ehtiyojlarni qondirish sifatida tasavvur qilinadi.
    Ehtiyojlarni qondirish va manfaat о‘rtasidagi bog‘lovchi bо‘g‘in bu motivlar va rag‘batlardir. Ushbu modelni ijobiy motivatsiya nuqtai nazardan kо‘rib chiqqan holda biz motivatsiyalash mexanizmining quyidagi kо‘rinishini tavsiya etmoqdamiz. (Rasmga qarang) ijobiy motivatsiya modeli.


    1. Ijobiy motivatsiya modeli bо‘g‘inlari о‘rtasidagi aloqa yopiq xususiyatga ega, chunki ehtiyojlarni qondirish davriy jarayondir.

    2. О‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish ijobiy motivatsiya modelining harakatlantiruvchi kuchidir.

    3. Shaxsning axloqiy-ma’naviy, g‘oyaviy-vatanparvarlik, ijtimoiy-psixologik maqsadlari tо‘g‘ri bо‘lgan sharoitdagina jamiyatni rivojlantirish maqsadlari amalga oshadi.

    4. Ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadlarni shakllantirish shaxs va jamiyat ehtiyojlari birligidan vujudga keladigan faoliyat motivini shakllantiradi.

    Bizning fikrimizga kо‘ra insoniy sarmoya shaxsning nafaqat salohiyatlari, kо‘nikmalari, bilimi va ma’lumoti hamda salomatlikdan emas, balki mehnat hayoti sifatiga bog‘liq bо‘lgan о‘sib borayotgan ehtiyojlardan ham shakllanadi.
    Insoniy sarmoyani shakllantirish jarayonidagi ijobiy motivatsiya sarmoyani yaratish va insoniy zahiralar sifatini orttirish uchun bog‘lovchi bо‘g‘inga aylanadi.
    Insoniy sarmoyaning amal qilish samaradorligi kishining shaxsiy manfaatlari va afzal kо‘rgan narsalari, uning bilimi, bilimi darajasi, axloqiy ma’naviy va g‘oyaviy vatanparvarlik vazifalari, madaniyat saviyasiga bevosita bog‘liqdir.
    Ijobiy motivatsiyani shakllantirish bizning fikrimizcha, tashkilotning insoniy sarmoyasini yaratuvchi tashkilot ishchisining innovatsion salohiyatining asosiy omillarini topishga va rivojlantirishga imkon beradi. Tashkilotda tashabbuzkorlar, sarmoya qо‘yuvchilar, jarayonlarni yо‘lga soluvchilarning mavjudligi, shuningdek boshqaruvninng bozor falsafasi vositasida mehnat iqlimini yaratish ana shunday omillar jumlasiga kiradi. Boshqaruvning bozor falsafasida tashkilot xodimlarining mehnat faoliyati omillaridan qoniqishi, mehnat hayoti sifatining yuksalishi kuzatiladi.
    Tashkilotning insoniy sarmoyasini kо‘paytirishga yordam beruvchi xodimlarning innovatsion salohiyatiga, tashabbuslar, ularni amalga oshirish salohiyati, aqliy salohiyatlar, motivatsiya va qadriyatlar kiradi.
    Tashkilot boshqaruvining bozor falsafasini yaratish ijodiy motivatsiyaning shakllantirishning asosiy unsurlaridan biridir. Tashkilot boshqaruvining falsafasini shakllantirish – bu ijtimoiy-psixologik iqlimga, xodimlarning xatti-harakatiga samarali ta’sir kо‘rsatish vositasi bо‘lib, u maqbul qiyofani yaratadi, tashkilot maqsadlarga erishishga ta’sir kо‘rsatadi va ishbilarmonlar orasida tashkiloning obrо‘sini kо‘rsatadi.
    Tashkilot rivojlanishida har qanday sharoitlarda о‘z izini qoldiruvchi boshqaruv falsafasi bozor vositasida tashkilot jamoasi hamda jamiyatning о‘zaro aloqalariga qarashlarning ijtimoiy tizimini о‘rnatishdagi asosiy maqsadga aylanadi.
    Boshqaruv falsafasining birinchi unsuri bu falsafaning vazifasi bо‘lib, u tashkilotning jamiyatdagi rolini aks ettiradi, tashkilot mavjudligi sabablarini asoslab beradi, tashkilot faoliyatining asosiy umumiy maqsadini ochib beradi45.
    “Boshqaruv falsafasi”ning ikkinchi unsuri, tashkilot ishlayotgan jamiyat uchun mehnat jamoasi va jamiyat о‘rtasidagi о‘zaro harakatlarning bozor tamoyillaridir. Tashkilot faoliyat kо‘rsatishining ta’sirchanligi manashu munosabatlarning qanchalik samarali bо‘lishiga bog‘liqdir. Mehnat jamoasi va jamiyat manfaatlarini muvozanatga keltirish ushbu muvozanatlarning mohiyatidir.
    Tashkiliy madaniyat “Boshqaruv falsafasi”ning uchinchi unsuri bо‘lib xizmat qiladi. Xatto eng tо‘g‘ri shakllantirgan vazifa va о‘zaro harakatning bozor tamoyillari muvoffaqiyatga erishish uchun yaxshi sharoit, о‘ziga xos texnologiya ekanligi barchaga tushunarli. Biroq, muvoffaqiyatga erishish uchun ushbu texnologiyani amalga oshirish zarur. Buning uchun korxonadagi har bir xodimning muayyan xatti-harakatini shakllantirish lozim. Bunga esa samarali tashkiliy madaniyat ta’siri orqali eishiladi.
    Tashkiliy madaniyat jamoaning ma’naviy va moddiy hayotidagi hodisalarning kattagina qismini qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy meyorlar, xatti-harakatlarning qabul qilingan kodeksi, shakllanib ulgurgan marosimlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining belgilangan mezonlari tashkiliy madaniyatning ustuvor jihatlaridir.
    Bizning fikrimizcha, О‘zbekiston iqtisodiyotini axborotlashgan jamiyatga о‘tkazishni ta’minlash quyidagi yо‘nalishlarni rivojlantirish bilan birga borishi lozimdir:

    • Birinchidan, xodimlarning mehnat hayoti sifati о‘zgarishini ularning motivatsion turi, salohiyatlari va ehtiyojlariga mos keladigan sharoitlarni yaratish zarur;

    • Ikkinchidan, mehnat hayoti sifati ijobiy tomonga о‘zgarishi uchun uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimini yaratish, tashkilotning intellektual iulkini jamlash, insoniy sarmoyani о‘stirish zarur;

    • Uchinchidan, boshqarishning bozor falsafasi va mehnatga haq tо‘lashning adolatli tizimini vujudga keltirish hisobiga motivatsion mexanizmlarini yaratish zarur.

    Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda insoniy sarmoyaning amal qilishi va yaratilishida ijobiy motivatsiyaning bir qator muhim о‘ziga xosliklarini kо‘rsatib о‘tish mumkin, bular:

    1. Boshqaruvning bozor falsafasini tashkilotga joriy etish va mehnatga haq tо‘lashning adolatli tizimini yaratish, motivatsiya mexanizmining asosiga aylanishi lozim. Insoniy sarmoyalarning egalari daromadlarning о‘sishi hamda ularning nomoddiy xususiyatga ega bо‘lgan boshqa samaralarga erishishi bilan birga kechuvchi mehnat unumdorligini о‘sishi, tashkilot insoniy sarmoyasining yuksalishida aks etishi zarur.

    2. Insoniy sarmoyaning о‘sishi va daromadlarning ortishi ehtiyojlar miqdorining ortishi, ularning darajasi kо‘tarilishiga sharoilar yaratadi. Investitsiyalarni insoniy sarmoyaga aylantirishdan manfaatdorlikning motivatsion mexanizmini yaratadi.

    3. Motivatsion mexanizmlar insoniy sarmoyani yaratishag ta’sir kо‘rsatadi.

    Kishilar turli-tuman ekanligini hisobga olgan holda motivatsiyalash uchun qandaydir birgina usulni qо‘llash samarasiz bо‘lib kо‘rinadi, shu bois boshqaruv amaliyotida aksariyat hollarda barcha uch usul va ularning birikmasidan foydalaniladi. Masalan, faqat tashkiliy-ma’muriy yoki iqtisodiy usullarni qо‘llash xodimlarning ijodiy salohiyatini faollashtirishga imkon bermaydi. Faqat ijtimoiy-psixologik yoki tashkiliy-ma’muriy usullarni (nazorat qilish, kо‘rsatma, yо‘riqnoma berish) moddiy rag‘batga (maosh, mukofotlar, bonuslarning oshib borishi) qiziquvchi kishilarni ishlashga majbur eta olmaydi. Motivatsiyani yuksaltiruvchi chora-tadbirlar muvaffaqiyat i ularni oqilona va yalpi amalga oshirish, shuningdek xodimlarni muntazam kuzatib borish hamda har bir xodimning ehtiyojlarini mohirona aniqlashga bog‘liqdir.



    Download 1.45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling